Investitsiya muhiti – 1) investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui;
2) xorijiy investitsiyalarning risklilik darajasini va ulardan mamlakatda samarali
foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va
ijtimoiy omillar yig’indisi.
Investitsion kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish, yangi bino va
inshootlarni qurish uchun zarur bo’lgan vositalarni sotib olish maqsadida beriladigan
uzoq muddatli kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |