152
yuqori bo‘lganligi bilan izohlanadi. 2006 yildan boshlab respublikamizda YAIM
yuqori o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi. Buning natijasida ICORning haqiqatdagi darajasi
oldingi yillarga nisbatan pasaydi. Masalan, 2014 yilda YAIMning o‘sish sur’ati 8,2
% bo‘ldi. Bu juda yuqori darajadagi o‘sish sur’ati bo‘lib, ICORning 2,8 foizga tushib
qolishiga sabab bo‘ldi.
SHu
bilan birga, so‘nggi yillarda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning
yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘layotganligi ICOR ko‘rsatkichini barqaror darajada
saqlab turish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish maqsadida
investitsiyalar hajmining oshirilayotganligi yalpi investitsiyaning YAIMdagi
salmog‘ining yuqori darajada bo‘lishiga imkon bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhiti yildan-yilga barqarorlashib
borayotgan bo‘lsada, lekin hozircha respublika iqtisodiyotiga
yirik hajmdagi
investitsiyalar asta-sekinlik bilan kirib kelmoqda. Bunga: O‘zbekistonning dengiz
savdo
yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmasligi; telekommunikatsiya
aloqalarining etarlicha rivojlanmaganligi; iqtisodiyotda
milliy valyutaning erkin
almashadigan valyuta kursiga nisbatan pastligi; ayrim qonunlar va me’yoriy
hujjatlardagi kamchiliklar mavjudligi va xususan, foydali qazilmalar bo‘yicha
maxsus
qonunlarning
qabul
qilinmaganligi;
kredit
tizimida,
valyutani
konvertatsiyalashdagi mavjud kamchiliklar; qimmatli qog‘ozlar bozorining sust
rivojlanayotganligi; hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar
jahon amaliyotiga
muvofiqlashtirilmaganligi kabilar sabab bo‘lmoqda, deb bilamiz.
Demak, bugungi kunda respublika iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga
yaqinlashtirish zarur. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada
erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi sub’ektlarga xorijiy sheriklar bilan
bevosita aloqalar o‘rnatish, tovarlarni eksport-import qilishda birmuncha imtiyozli
tartiblarni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat olib borish lozim.
Hozirgi paytda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar
sifatida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
investitsiya infratuzilmasining etarlicha rivojlanmaganligi – banklar,
153
investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish va
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga
qo‘yish;
tadbirkorlarning biznes-ko‘nikmalari, shu jumladan
investitsiya loyihalari
bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari etarli emasligi – hududlarda konsalting,
marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va foliyatini
rivojlantirish;
investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining sifatli ishlab
chiqilmaganligi – tashabbuskorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat
banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul idoralar tomonidan
amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va
doimiy nazoratga olish;
loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoli og‘irligi –
investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-
iqtisodiy ahvolini mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil
qilinishi;
mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni hudud to‘g‘risida
batafsil
ma’lumotlar bilan ta’minlashda faol emasligi – xorijiy investorlarni to‘laqonli
ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot
nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar)
bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo‘yicha “Viloyat investitsiya salohiyati” veb-
portalini tashkil etish, shuningdek investitsiya faoliyatiga oid konferensiyalar,
seminarlar va taqdimotlar (respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda) o‘tkazish;
xom ashyo sotib olishga aylanma mablag‘lar etishmasligi – korxonaning
moliyaviy-iqtisodiy ahvolini o‘rganib chiqib, uni moliyaviy sog‘lomlashtirish,
qarzlarini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik ko‘rsatish orqali joriy yil
eksport istiqbolini bajarishga amaliy yordam ko‘rsatish;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda xom ashyoning
etishmasligi (pomidor, o‘rik va boshq.) - ishlab chiqarish
kuchlarini ratsional
154
joylashtirish va xom-ashyo bazasi bilan bog‘liq masalalarni loyiha tashabbuskorlari
bilan birga ishlab chiqish;
infratuzilmaga oid muammolar, jumladan korxonalarning elektr energiyasi
bilan muntazam ta’minlanmayotganligi yoki tabiiy gaz va yoqilg‘i mahsulotlari
bilan ta’minlashda uzilishlar borligi – eksporter korxonalarni uzluksiz ravishda
elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taminlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish;
texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi,
ishlab chiqarilgan
mahsulotning standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh emasligi –
texnologik asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish maqsadida xalqaro ko‘rgazma-
savdolarda ishtirok etish, tejamkor texnologiyalarni tanlash va moliyalashtirish
manbalarini aniqlash;
korxonalarda marketing xizmatining to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, tovar
ishlab chiqaruvchilarning
chet el bozorlari, ishlab chiqaruvchilari va xaridorlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanmaganligi, korxonalarda marketing bilan
shug‘ullanuvchi xodimlar bilimining past darajadaligi - o‘rta va kichik biznes
sub’ektlarining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, marketing va mahsulotlarni
sotishga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari, seminarlar va ko‘rgazmalarni tashkil
etishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: