Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


Passivlarni boshqarish nazariyasi



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

Passivlarni boshqarish nazariyasi
. Ushbu nazariya himoyachilari bank 
likvidliligi muammosini bozordan qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish yo‘li bilan hal 
etish mumkin deb, ta’kidlaydilar. Boshida bu nazariyani yirik banklar ma’qullagan 
edi, lekin keyinroq bu nazariyani hamma banklar tan olishdi.
Passivlarni boshqarish nazariyasiga binoan, bank likvidliligini ta’minlash 
uchun bozordan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish kifoyadir. Bu usulga ko‘ra, 
bank aktivlarini tashkil etishda 80 foizgacha jalb qilingan mablag‘lar ishtirok etishi 
hamda jalb etilgan va joylashtirilgan mablag‘lar orasidagi farq evaziga oz miqdorda 
barqaror foyda olish mumkin. Lekin bunda bank aksiyadorlariga etarli darajada 
dividend to‘lash imkoniyatini beruvchi, bankning foydalilik darajasini ta’minlash 


77 
zarurati tug‘iladi. Ammo, bunday yondashish muayyan tavakkalchilik bilan bog‘liq 
bo‘lib, bozordagi o‘zgarishlarni hisobga olmaydi. 
Demak, banklar likvidliligining ta’minlanishi ularning mijozlari ishonchini 
yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. SHunday ekan, likvidlilikni boshqarishni 
maqsadga muvofiq holda tashkil etish zarur. 
4.5

Respublika bank tizimi rivojanish dinamikasi va unga ta’sir etuvchi 
omillar 
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarining 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash, aktivlar va passivlarni boshqarish strategiyasi 
oqilona olib borilishi, tijorat banklari faolligini oshirishning samarali shakllaridan 
foydalanishni taqozo etadi. 
Tijorat banklari bozor infratuzilmasining muhim bo‘g‘ini sifatida milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Xo‘jalik sub’ektlarining, 
aholining, hukumatning joriy va investitsiya xarajatlarining aksariyat qismi bank 
kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Darhaqiqat, bu haqda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ushbu masala xususida to‘xtalib, «...bank 
xizmatining yangi turlarini joriy etish, aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh 
mablag‘larini banklarning uzoq muddatli depozitlariga jalb etishni kamida 30 foizga 
ko‘paytirish, mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan uzoq muddatli kredit 
qo‘yilmalari ulushini ichki manbalar hisobidan oshirish uchun mustahkam asos 
yaratish masalalarini qo‘shimcha ravishda ishlab chiqshshIga e’tibor qaratdilar. 
SHuningdek, barcha xo‘jalik sub’ektlarining milliy va xalqaro hisob kitoblari tijorat 
banklari orqali amalga oshiriladi. SHu nuqtai-nazardan olganda, xo‘jalik 
sub’ektlarining pul oqimlari shakllanishiga tijorat banklari faoliyati bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. Tijorat banklarining yuqorida qayd qilingan vazifalari muvaffaqiyatli hal 
etilishi birinchi navbatda, ular aktivlari va passivlarini samarali, oqilona 
boshqarishga bog‘liq. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamiz tijorat banklarida 
aktivlar va passivlarni boshqarish borasida qator muammolar mavjudligi 
kuzatilmoqda. Ushbu holat banklar aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan 


78 
aktivlarning yirik miqdorda to‘planib qolayotganligida, banklarning depozit bazasi 
hajmida joriy depozitlar salmog‘ining yuqori ekanligida namoyon bo‘lmoqda. 
SHuningdek, tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan 
investitsiyalarining jami aktivlardagi salmog‘i pastligicha qolmoqda. 
Tijorat banklari faoliyatini tavsiflovchi muhim ko‘rstakichlardan biri bo‘lib, 
ular kapitalining etarliligi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining talabi bo‘yicha tijorat banklari umumiy kapitalining etarliligi kamida 
10%, asosiy kapitalning etarliligi esa, kamida 5% bo‘lishi kerak. 2008-2012 yillarda 
zaxira kapitalining regulyativ kapital hajmidagi salmog‘i pasayish tendensiyasiga 
ega bo‘ldi va ushbu tendensiya tijorat banklarining kapital bazasini mustahkamlash 
nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Buning sababi shundaki, respublikamiz 
tijorat banklari zaxira kapitalining asosiy qismi devalvatsiya zaxirasidan iborat. O‘z 
navbatida, devalvatsiya zaxirasi tijorat banklari faoliyatini moliyalashtirishning 
beqaror manbai hisoblanadi. 3.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil 
qilingan davr mobaynida joriy yil foydasining regulyativ kapital hajmidagi 
salmog‘ining o‘sish sur’atlariga ega bo‘lganligi kuzatildi. Ushbu holat 
foydani kapitallashtirish jihatidan ijobiy baholanadi. ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 
respublikamiz tijorat banklari regulyativ kapitalining hajmida qo‘shimcha 
kapitalning salmog‘i juda kichik. Bu esa, qo‘shimcha kapital elementlarini 
muomalaga chiqarish amaliyotining takomillashmaganligidan dalolat beradi. 
Xususan, hozirgi davrda tijorat banklarining subordinatsiyalashgan qarz 
majburiyatlari mavjud 30 ta tijorat bankining faqat ikkitasida (Kapitalbank, Ipak 
yo‘li bank) mavjud. Bundan tashqari, respublikamiz tijorat banklarida o‘zida ham 
majburiyat, ham aksiyadorlik kapitalini mujassam etgan gibrid instrumentlar mavjud 
emas.
SHuningdek, keltirilgan jadval ma’lumotida joriy yil foydasining regulyativ kapital 
hajmidagi salmog‘ining juda past darajada ekanligi ko‘rinadi. Ushbu holat TIF 
Milliy bankida foydaning kapitallashuv imkoniyatining cheklanganligidan dalolat 
beradi. 


79 
Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish zamonaviy bank ishining 
«markaziy» bo‘g‘ini hisoblanadi va boshqaruv samaradorligi darajasi tegishli bank 
faoliyati natijalarini belgilaydi. Bozor infratuzilmasi shakllanish jarayonida 
raqobatning kuchayib borishi, bozor holati o‘zgarishlariga moslashish zaruriyati 
tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarish usullarining doimiy ravishda 
takomillashtirib borilishini taqozo qiladi. 
Tijorat banklarining aktiv va passivlarini samarali boshqarish quyidagi 
vazifalarni o‘z ichiga oladi: 
1. Bank marjasini yoki daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi tafovutni barqaror 
tarzda saqlab turish. Bunga odatda «arzon» resurslarni jalb etib, keyin ularni 
nisbatan yuqori foizlar bilan joylashtirish orqali erishiladi. Jalb qilinadigan 
majburiyatlarga nisbatan kam xarajatli resurslar misol bo‘lishi mumkin. Tahlillar 
ko‘rsatishicha, mijoz hisob-varaqlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari boshqa 
resurslarga qilingan xarajatlarga nisbatan arzon bo‘lib, ularning balans passividagi 
ulushini ko‘paytirish banklarning foiz xarajatlarini qisqartiradi va daromadlarini 
oshiradi. Bank amaliyotida doim ham, bu kabi tartib qo‘llanishining iloji yo‘q. 
CHunki, bozor mexanizmi bunday imkoniyatni cheklaydi. Ayni paytda, bu oldindan 
bashorat qilib bo‘lmaydigan depozit vositasi bo‘lib, uning bank resurs bazasidagi 
ulushining yuqori bo‘lishi bank likvidliligini zaiflashtiradi. 
2. Bankning yuqori darajadagi likvidliligini saqlab turish. Bunga 
mablag‘larni davlat qisqa muddatli majburiyatlariga, qimmatli qog‘ozlarga, 
banklararo 
kreditlarga 
yo‘naltirish, 
kassalarda 
va 
vakillik 
hisobvaraqlaridagi 
qoldiqlarni 
ko‘paytirish 
orqali 
erishiladi. 
Oxirgi 
ikkita omil o‘z navbatida foydani kamaytiradi, chunki ular daromad 
keltiradigan aktivlar hisoblanmaydi. Demak, ushbu vazifaning mohiyati 
ana shu qarama - qarshi talablarni optimal ravishda uyg‘unlashtirishdan 
iborat. 
3.
Kredit 
resurslarini 
ularning 
risk 
darajasiga, 
qarzlarning 
qaytarilishini 
ta’minlash 
shakllariga, 
daromadlilik 
darajasiga 
qarab 
boshqarish. Bunda har bir kredit guruhining bank kredit mablag‘lari 


80 
umumiy summasidagi ulushlari hamda ularning kredit siyosatiga muvofiq 
ravishda o‘zgarishini aniqlash zarur. 
4.
Foiz stavkalari o‘zgarishi riskidan himoya qilish. Bu vazifani hal etish uchun 
e’tiborni kredit portfelining balansdagi aktiv, passiv qismlar doirasida foiz stavkalari 
o‘zgarishiga eng ta’sirchan tarkibiy qismlariga qaratish lozim bo‘ladi. Kreditlar va 
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromad qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha foizli 
xarajatlar qisqarishiga nisbatan tezroq pasayganda riskni kamaytirishning mumkin 
bo‘lgan yo‘llarini ishlab chiqish talab qilinadi. 
5.
Foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan aktivlar va foiz stavkalari o‘zgarishi 
bilan passivlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turish. Ushbu vazifa zamirida foiz 
stavkalarini oshirish yoki pasaytirish, uzoq muddatli va qisqa muddatli foiz 
stavkalari o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi kabi funksiyalar yotadi, negaki, 
bankning aksariyat passivlari qisqa muddatli, aktivlar (ssuda) talay qismining 
qaytarilishi esa uzoq muddatlarga ega. Jalb etilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz 
stavkalari o‘sishi havfi tug‘ilganda bank foydasini himoyalash uchun qarshi chora-
tadbirlarni qo‘llash zarur. 
Tijorat banklari aktivlarini asosan to‘rt kategoriyaga bo‘lib o‘rganish mumkin: 
kassadagi naqd pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar, ssudalar, qimmatli 
qog‘ozlarga investitsiyalar va asosiy vositalar. Bank aktivlari sifati uning tarkibi 
bilan belgilanadi. SHu sababli, respublika tijorat banklari aktivlari tarkibini tahlil 
qilish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish