Makrodarajadagi ish bilan bandlik siyosati ijtimoiy bozor iqtisodiyotidagi
ish bilan bandlikning asosiy xususiyatlarini shakllantirishga; fuqarolaming mehnat
qilish huquqini amalga oshirish va yuqori turmush darajasiga erishishning zarur
sharti bo'lgan ish bilan to‘liq bandlikni ta’minlashga qaratilgandir. Maiumki, bozor
iqtisodiyoti boshqaruv usullarida iqtisodiyot samaradorligini oshirishga, xo‘jalik
yuritish sohasi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boimagan ish o‘rinlarini siqib
chiqarishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining iste’mol talabini
qondirish uchun ishchi kuchini qayta guruhlaiga bo‘lishga qaratilgandir. Bunday
sharoitda ish bilan toiiq bandlikka ko‘maklashish strategik maqsad boiib qoladi.
Eng yaqin taktik maqsad ish o'rinlariga b o ig an talab va taklifning
balanslanishidir. Bunga faqat ishchi kuchiga b oigan talab va taklif balansli
boiishiga erishish shartlariga kompleks yondashuv bilan erishish mumkin.
Ko‘pincha bu muammoni hal qilishda ommaviy ishsizlikning oldini olishning
zarur sharti boigan ish o'rinlari tizimini rivojlantirishga e ’tibor beriladi.
Aholining ish o'rinlariga boigan talabining pasayishiga, uning ayrim
guruhlarining haddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning
uchun bolali ayollar, ishni o‘qish bilan qo‘shib olib borayotgan yoshlarga,
pensionerlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturini takomillashtirishga mehnat
unumdorligini oshirishni jadallashtirish sharoitida ish bilan to iiq bandlikni
ta ’m inlashning zarur sharti deb qaralishi kerak. Bu yerda gap m ehnat
resurslarini m ehnat sohasi, o‘qish va ish bilan ixtiyoriy bandlik sohalari
o'rtasida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qayta guruhlatga boiish haqida bormoqda.
Ish bilan bandlik sohasini demokratlash, mehnat kishisini ozod qilish
ish bilan bandlikning qattiq tartibga solingan shartlaridan voz kechish,
mehnatga qobiliyatli aholining turli guruhlari shaxsiy manfaatlari bilan kasb
im koniyatlarini baravarlashni bildiradi. Tadbirkorlik yoki bajaruvchilik
faoliyati, davlat xizmatini yoki o ‘z tijorat ishlarini m a’qul ko'rish butun
mehnatga qobiliyatli davr mobaynida yoki uning ayrim bosqichlarida ishlash,
m ehnat rejimining turli-tum anligi — bularning hammasi fuqarolam ing
xilma-xil kasbiy manfaatlarini qondirish uchun zarurdir. Shu sababli ish
bilan bandlik sharoitlarining xilma-xilligiga o ‘tish qanchalik faolroq amalga
oshirilsa, yuqori unumli mehnatning yangicha m ehnat sababi shunchalik
tez paydo bo iad i va ish bilan to iiq bandlikni ta’minlash imkoniyati kengayadi.
Dunyoda bozor iqtisodiyoti rivojlangan biror mamlakat yo‘qki, unda ish
k u c h ig a b o i g a n ta la b va ta k lif m u v o z a n a tig a m e h n a t so h asid a
moslashuvchanlikni— to‘liq ish vaqtiga ega boimagan mehnat rejimini, alohida
boiingan ish o'rinlarini va hokazolarni keng tatbiq etmasdan turib erishib
boisin. Misol uchun Shvetsiyani oladigan boisak, u yerda mehnat qilish
huquqini amalga oshirish muammosi muvaffaqiyatli hal etilmoqda, ishlovchi
ayollaming 45 %ga yaqini to iiq boimagan ish vaqtida mehnat qiladi.