V BOB
MEHNAT RESURSLARINING SHAKLLANISHI VA ULARDAN
FOYDALANISH
5.1. Mehnat resurslari ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish ikkita zarur
tarkibiy qismdan: bir tom ondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-
uskunalar va hokazo)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, ya’ni
kasb malakalari va bilimlariga ega bo‘lgan xodimlardan iborat. Boshqacharoq
qilib
aytganda, mamlakat aholisining bir qismi b o ig an inson resurslari
moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham
namoyon boiadi. Biroq bu omillar o‘z xususiyatlariga qarab bir-birlaridan
muhim belgilari bilan farqlanadi.
Inson resurslari
- bular odam lardir, ylar faqat m oddiy n e’m atlar
yaratib qolmay, shu bilan birga ulam i iste’mol ham qiladilar. Odamlar
o‘zlarning moddiy va m a’naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir xil emaslar.
Bunga ylaming jinsi, yoshi, so g iig i,
oilaviy ahvoli, m aium ot darajasi va
boshqa ijtimoiy, psixo-flziologik sifatlari sabab boiadi. Shuning uchun bir
kishi ikkinchisiga o'xshamaydi.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o'zgarishlar davrida hamma
narsalami inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Mehnat resurslari mamalakat aholisining o ‘z psixofiziologik va aqliy
sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga
qodir boigan qismidan iboratdir.
Mehnat resurslari deb, ozining aqliy va Jismoniy mehnati bilan ijtimoiy
ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatii kishilar to plamiga
aytiladi.
Bu ta’rifdan
shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari o‘ziga iqtisodiyotda
mehnat bilan band b oigan kishilami ham, m ehnat bilan band boim asa
ham m ehnat qilishlari mumkin b o ig a n kishilam i ham qamrab oladi.
Boshqacha aytganda, m ehnat resurslari haqiqiy (real) va potentsial
xodimlardir.
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda um um taiim va kasbiy bilimlar
ham da ko‘nikm alar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar
insonning tanlagan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur
shart hisoblanadi.
Insonning har ikkala sifati b o ig a n jism oniy va m a ’naviy
rivoji
tasvirlarining ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy
holda o‘zgarib boradi. Bu hoi, o‘z navbatda mehnat sohasidagi mavjud jahon
54
tamoyilini to iiq aks ettiradi, iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va
chuqur o'zgarishlar b o iib turgan davrlarda kishilaming jismoniy va m a’naviy
fazilatlari roli ayniqsa ortadi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish esa aksincha, insonning tashabbuskor va faol
boiishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o‘zining yangi iqtisodiy
tizimga singib u bilan hamohang bo‘lib ketish mahoratiga bogiiq. Insonning
jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, m a’naviyati qanchalik yuqori
bo‘lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Zarur jismoniy va m a’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bogiiq.
Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi,
qarilik chog'ida esa, tabiiy ravishda birmuncha kamayib boradi.
Yosh chegarasi jihatdan mehnatga layoqatli yosh»ning quyi chegarasi 16
yosh boisa, yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh va ayollar uchun 54
yosh hisoblanadi. Biroq, pensiya olish huquqi yosh chegarasi erkaklar 60
yoshga, ayollar 55 yoshga yetgandan so‘ng o ‘z kuchiga egaligi qonunda o‘z
aksini topgan.. Biroq bu qoidadan istisno ham bor. Organizmga yuksak ruhiy
fiziologik bosimlar bilan bogiiq kasb faoliyatining ayrim turlari
uchun pensiya
chizigi sezilarli ravishda 5-10 yilga pastroq, ba’zan undan ham ko'proq. Bu
yerda imtiyozli shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun
pensiya yoshi odatdagi xalqaro tajriba darajasida boisa-da, hamma joyda
erkaklaming o'rtacha umr ko'rishi ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir.
Bu narsa ko‘p hollarda noqulay og‘ir mehnat sharoitlari bilan bogiiqdir.
Shuningdek, bu narsa zarur boiadigan “mehnat shakli”ni saqlash imkoni
yillar o'tishi bilan yo‘qolib boradigan kasblar bilan shug‘ullanish uchun
(masalan, balet) ham taalluqlidir.
K uzatishlar shuni ko'rsatadiki, real hayotda ko'pgina «imtiyozli
pensionerlar* awalgi kasblarida yoki boshqa ishlarda o ‘z ishiarini davom
ettirmoqdalar, shuning uchun ham ular mehnat resurslari tarkibida qoladilar.
Ishlamayotgan pensionerlar esa mehnat resurslarining tarkibidan chiqariladi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilaming m aium
qismini sira ishlamagan
yoki sogiig‘i yomon boiganligi uchun ishlashdan to‘xtagan kishilar tashkil
etadi. Bu o'rinda gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat
ulami pensiya bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga
kiritilmaydi. Biroq 1 va II guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab
chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. Shuning uchun
ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin boigan, davlat tomonidan
pensiya yoshi belgilangan yoshgacha boigan fuqarolar mehnat resurslariga
kiradi (1 va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan mustasnodir).
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan nogironlaming soni
nisbatan kamroq va nisbatan barqarordir.
♦ M ehnatga layoqatli yoshdagi m ehnat qilishga qobiliyatli aholi*
tushunchasini t a ’riflab olgandan keyin m ehnat
resurslariga kiradigan
55
fuqarolaming boshqa kategoriyalariga - ishlaydigan o ‘smirlar va ishlaydigan
pensionerlarga o ‘tish mumkin.
Fuqarolam ing ana shu qismi mamlakat xo‘jaligidagi m ehnat bilan
bandligining huquqiy asosini hamisha qonun bilan belgilanadi. Xususan, hozirgi
vaqtda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi
qonunida mehnat huquqini po‘yobga chiqarish aholining mehnat bilan bandligi
sohasidagi davlat siyosatining eng muhim tamoyillaridan biri sifatida tilga olingan.
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon «iqtisodiy jihatdan faol aholi*
tushunchasi qaror topgan. Xalqaro andozalarga muvofiq ularga mehnat bilan
band aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, «fuqarolikjihatidan
iqtisodiy faol aholi* tushunchasi ham tarqalgan b o ‘lib, ynga harbiy
xizm atchilar kiritilmaydi.
Shunday qilib, «mehnat resurslari* o'zining mazmuniga ko‘ra, «iqtisodiy
faol aholi* tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat
resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi o'quvchilami ham, shuningdek,
ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni
ishsiz boim asa ham, qandaydir sabablarga ko‘ra, mamlakat xo‘jaligida ish
bilan band bo‘lmagan aholini ham o ‘z ichiga oladi.
Mavjud adabiyotlarda «ish kuchi* tushunchasi ko‘p
ishlatilsa-da, uning
chegarasi aniq belgilanmagan. Ba’zan ish kuchi deganda ham haqiqiy xodimlar,
ham potentsial xodimlar, ya’ni amalda o‘sha «mehnat resurslari*ning o‘zi
tushuniladi. Ko'pincha bu tushuncha tor m a’noda - xodimlaming umumiy
sonini anglatadi.
Bunga sabab shu boMganki, ko‘pgina mualliflar m ehnat bozoridagi
vaziyatga baho berar ekanlar, «ish kuchiga bo‘lgan talab” , “ish
kuchini
taklif qilish* degan tushunchalardan ham foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: