Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov q. X., Xolmominov sh. R


  O'zbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakillantirish vazifalari



Download 7,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/186
Sana29.11.2022
Hajmi7,82 Mb.
#875062
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   186
Bog'liq
3782-Текст статьи-9247-1-10-20201122 (1)

15.2. 
O'zbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakillantirish vazifalari
va xususiyatlari
O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlaming markazida ijtimoiy 
siyosat masalasi turadi. Bu siyosatning zaruriyati m am lakatda amalga 
oshirilayotgan keng kulamli islohotlar natijasida aholi boshiga tushishi muqarrar 
mushkulliklami engillashtirish bilan bog'liqdir. Bundan tashqari har qanday 
jamiyatda shunday shaxslar toifasi doimo mayjudki, ular ob’yektiv sabablarga 
ko'ra (yoshi, sog'ligining yomonligi, mamlakatdagi ishsizlik darajasi va 
boshqalar) ishlab chiqarishda ishtirok eta olishmaydi. Shuning uchun ular 
to'g'risida qayg'urishni davlat o 'z zimmasiga olishi zarur, ya’ni yaratilgan 
milliy daromadning bir qismini ular foydasiga qayta taqsimlashi lozim.
Aholi o'rtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida 
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha davlat chora-tadbirlari 
tizimi 
ijtimoiy siyosat
deb yuritiladi.
Keng m a’noda ijtimoiy siyosat deganda shaxs hayot faoliyatini shunday 
sharoitlarini yaratish va tutib turish bo'yicha ko'rilgan barcha chora-tadbirlar 
tushuniladiki, u shaxsning rivojlanishiga yordam beradi va uning ijodiy 
imkoniyatlarini to'liq namoyon qilishini rag'batlantiradi.
213


Bozor iqtisodiyotiga o'tishning ilk bosqichlaridagi ijtimoiy himoya 
tadbirlari butun aholiga nisbatan qoilaniladi, bu esa mamlakatda barqarorlikni 
saqlashning muhim omili boidi. Muntazam ravishda ko‘rib chiqilayotgan 
turli miqdordagi ish haqi, pensiya, stipendiyavahar xil nafaqa, tovon puli 
ko'rinishidagi bevosita pul toiovlari keng qoilanildi, imtiyozlar hamda turli 
qo'shimcha tulovlar tizimi aholini ijtimoiy himoyalash darajasini birmuncha 
oshirdi. Eng kam miqdorlardagi m ehnat haqi va pensiyalaming soliqqa 
tortilmasligi belgilab qo'yildi. Korxonalaming o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam 
ko'rsatish borasidagi xarajatlari qisman byudjet mablagiari hisobidan toidirildi. 
Ommaviy ravishda talab qilinadigan tovariar va xizmatlar ko‘pgina turlarining 
narxlari o‘rtasidagi tafovut o‘mi qoplandi.
Murakkab iqtisodiy ahvol yuzaga kelganiga qaramay, 0 ‘zbekistonda aholi 
uchun eng muhim ijtimoiy vazifalami hal etish maqsadida zarur m ablagiar 
izlab topildi. Islohotlaming dastlabki bosqichida ijtimoiy muhofazaga ajratilgan 
davlat xarajatlari respublika byudjetining uchdan bir qismini tashkil etdi.
0 ‘sha davrda ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat o'z oldida turgan vazifalami 
amalga oshirdi va ayni vaqtda bozor iqtisodiyotiga xos zaruriyatni - ijtimoiy 
yordam choralari va vositalarini o'zgarib turgan sharoitga muvofiq tarzda doimo 
moslash zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Barcha aholiga moijallangan ijtimoiy siyosat yordamga ehtiyojning ko'proq 
va kamroq darajasi kabi juda muhim omilga nisbatan sezgirlikni q o id an boy 
berdi. Shunday bo'lib chiqdiki, kam ta ’m inlangan fuqrolar ham, t o i a
ta ’minlangan fuqarolar ham bir xilda madad olardi. Buning ustiga, dotatsiya 
joriy etilgan asosiy tovar va xizmat turlari haqiqatan iste’mol etilishiga nisbatan 
ulardan ayni shunday yordamga kamroq muhtoj bo'lgan kishilar ko'proq 
foydalanib qolishdi.
Haqiqatan ham muhtoj kishilar uchun kam samara bergan behuda sarf- 
xarajat m ablagiam ing sochib yuborilishiga sabab boidi. Shuni aytish kifoyaki, 
faqat respublika byudjeti orqali 30 xil turli yo'nalishlar bo'yicha yordam 
ko'rsatilgan. Ob’yektiv ravishda ijtimoiy himoya qilish vositalarini qayta 
yo'naltirish zarurati, yalpi ijtimoiy madad berish y o iidan chindan ham 
yordamga muhtoj kishilarga yordam ko'rsatishning tabaqalashgan, manzilli 
tizimiga o'tish zarurati tug'ildi.
Respublikada chindan ham muhtoj odamlarga adresli, tabaqalashgan yordam 
berishga adolat g'oyasiga og'ishmay amal qilish qoidasi asos qilib olindi.
Ijtimoiy yordam tizimining adolat mezoniga bo'ysundirilishi aholi uchun 
g'oyat oddiy va ravshan bo'lgan taqsimot vositalarini talab qildi va ular 
ishlab chiqildi.
M ustaqillik yillari aholini ijtim oiy m uhofaza etish tizim i tubdan 
o'zgartirildi. Mazkur o'zgarish islohotlar ijtimoiy dasturini amalga oshirish 
birinchi bosqichining eng muhim yakuni b o id i hamda bozor munosabatlari 
rivojlanishiga mos yangi ustivor yo'nalishlarga o'tilganligidan dalolat berdi.
214


Yangi tizim ijtimoiy yordam dan aniq foydalanuvchilarga puxtaroq 
yo'naltirilgan. Bular, awalo, mamlakat kelajagi — 
bolalar, shuningdek, kolp
bolali va kam t a ’minlangan oilalardir.
Ijtimoiy o ‘zaro yordam tizimida 
oila asosiy bo'ginga aylandiki,
bu esa 
dunyoviy asosiy insoniylik qoidalariga, milliy an’analar va xususiyatlarga, 
jamiyatda oila mavqeiga muvofiqdir.
0 ‘zbekistonda muhtojlarga ijtimoiy yordam ko'rsatishning eng sodda, 
samarali va oshkora vositasi qilib mahalla orqali yordam berilishi maqbul, 
deb topildi. Aholi demokratik asosda saylab qo'yadigan oqsoqollar (raislar), 
uiaming maslahatgo'ylari va mahalla faollari, fuqarolar yig'inlari (ularga 
qonun y o ii bilan mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organi maqomi berilgan) 
har bir oilaning moddiy ahvolini, darom ad manbalarini yaxshi biladi. 
Mamlakatda joriy etilgan ijtimoiy o'zaro yordam tizimiga binoan, kam 
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash masalasi mahalla fuqarolari 
yig'ilishida hal qilinadi. Muhtojlami aniqlash, hisobga olish va ro'yxatdan 
o'tkazish, ularga adresli yordam berish ishiga bunday m utlaqo yangicha 
yondashuvda qo'ni-qo'shnilarga yordam ko'rsatish, unga hamdardlik bildirish, 
shuningdek, tekinxo'r va boqimandalarga nisbatan murosasiz bo'lish kabi 
qadimiy xalq a n ’analari namoyon boiadi. Endilikda beso'naqay va qimmatga 
tushadigan qog'ozboz idoralar tashkil etmasdan turib, aholining adolat 
haqidagi tasawurlariga muvofiq ravishda yalpi ichki mahsuiotning bir qismi 
chindan ham muhtoj oilalarga taqsimlab berilayotir.
Mamlakatda onalik va bolalik manfaatlarini ko'zlab bolali oilalarga davlat 
yordam ini kuchaytirish, o 'sib kelayotgan avlodni kamol toptirish va 
tarbiyalash uchun sharoit yaratish maqsadida 16 yoshgacha bolalari boigan 
oilalarga oylik nafaqalar oshirildi.
Endilikda kam ta’minlangan oilaga oylik moddiy yordam tayinlash va 
uning miqdorini belgilash shaharcha, qishloq, ovul va shaharlarda mahalla 
fuqarolari vakillarining yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Bozor munosabatlarining imkoniyati keng, ammo ayni vaqtda ular 
g'oyat talabchandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har kimning taqdiri ko'p 
jihatdan kasb mahoratiga, o'zgarib turgan muhitga moslasha olishiga, tavakkal 
qilishi, hatto o 'z shaxsiy mol-mulkini xavf ostiga qo'yishdan ham qo'rqmay, 
oilaviy farovonligini ta ’minlay olish bilan bogiiqdir. Davlat esa bunday 
sharoitda ijtimoiy totuvlik va barqarorlik kaflli boiib, adresli ijtimoiy siyosatni 
mazkur maqsadga yo'naltirib turadi.
Bunday yordam ko'rsatish uchun o'z-o'zini boshqarish organlari zarur 
resurslar bilan ta’minlanadi. Mahallalarda respublika va mahalliy byudjetlar, 
shuningdek, korxona hamda tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolar 
ko'ngilli ravishda o'tkazgan pullar hisobidan maxsus fondlar tashkil qilingan.
Vakolatli va ijroiya hokimiyat mahalliy organlari o'zlariga qarashli hududda 
aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga binoan, ijtimoiy yordam tadbiriariga
215


aniqlik kirita boradi. Ulaming asosiy tashvishlaridan biri - ijtimoiy-ishlab 
ch iq arish ko‘m akchi tu zilm a la rin i riv o jlan tirish d an , y a’ni gaz, suv 
quvurlarini, elektr va telefon tarmoqlarini o'tkazishdan iborat. Faqat shunday 
sharoitdagina ish o 'rin la rin i vujudga keltirish, yangi ishlab chiqarish 
korxonalarini tashkil etish, xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, binobarin, 
ijtimoiy m uam m olar keng m ajm uini hal etish m aqsadida eng chekka 
qishloqlarga zarur sarmoyani jalb etish mumkin. Hokimiyat va o ‘z-o‘zini 
boshqarish organlari aholining nochor toifalari uchun umumdavlat yordam 
dasturlari amalga oshirilishini ta’minlab, m intaqa imkoniyatlarini hisobga 
olgan holda shu qatlamlarga madad berish yuzasidan qo'shimcha choralar 
ko'rish huquqini olgan.

Download 7,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish