Toshkent davlat iq tiso diyo t universiteti q. X. Abdurahmonov


bet96/128
Sana18.02.2022
Hajmi
#457045
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi

13.1-rasm. Ijtimoiy himoyaning tamoyillari
Birinchi ikki tizim o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Davlat ijtimoiy 
ta’minoti va sug‘urtasining quyidagi turlari mavjud:
• davlat ijtimoiy sug‘urtasi bolyicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar;
• davlat pensiya ta’minoti;
• uy-in tern at lard a keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat 
ko‘rsatish;
• nogironlami protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan 
ta’minlash;
• bolalar uylari, intematlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va 
ularni tarbiyalash;
118


’ nogironlami ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
• aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash;
• uylarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar
To'la ma’noda olganda, ijtimoiy muhofaza quyidagi yo'nalishlarni qamrab 
oladi:
• jamiyat a’zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam 
miqdorini ta’minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko'rsatish, turmush 
darajasini pasaytirish omillaridan muhofaza qilish;
• fuqarolarning qonunga zid kelmaydigan har qanday yo‘llar bilan tirikchilik 
vositalarini hech bir to'siqsiz o'zlari uchun ishlab topishlariga imkon beradigan 
shart-sharoitlar yaratish;
• fuqarolarning ta’lim, tibbiy yordam va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirishni ta ’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, bunda jamiyat 
imkoniyatlari va o'ziga xos milliy-tarixiy xususiyatlarni hisobga olish;
• yollanib ishlayotganlarga qulay sharoitlarni ta’minlash, ularni sanoat ishlab 
chiqarishining salbiy ta’sir ko'rsatishidan muhofaza qilish;

jamiyat a’zolarining ekologik xavfsizligini ta’minlash;

fuqarolarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish;
• huquqiy, demokratik davlat tamoyillariga mos keluvchi fuqarolik va siyosiy 
huquqlar hamda erkinliklami muhofaza qilish;
• qurolli ijtimoiy va millatlararo nizolarga barham beruvchi shart-sharoitlar 
yaratish;
• siyosiy ta’qib va ma’muriy zo'ravonlikdan muhofaza qilish;
• ma’naviy hayot erkinligini ta’minlash, mafkuraviy tazyiqlardan muhofaza 
qilish;
• umuman, jamiyatda, ayrim qatlam va tarkibiy bo'linmalarda qulay psixologik 
iqlim yaratish, ruhiy tazyiq o'tkazishdan muhofaza qilish.
XX asrda an’anaviy kapitalistik jamiyat o'zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimga - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo'jaligiga aylandi.Ayni paytda jamiyatni 
va xo'jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarmi qamrab oladigan qudratli ijtimoiy 
muhofaza tizimlari qaror topmoqda, ular korxonalar va firmalar, hissadorlik 
jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir. Hozirgi vaqtda 
G'arbda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning amerikacha, yevropacha, 
yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo'lib, ular doirasida yana o'ziga xos 
ko'rinishlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Bu andozalaming umumiy xususiyatlari 
bilan bir qatorda o'ziga xos belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir.
0 ‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiy 
islohotlarning o'ziga mos yo'li tanlandi. O'tish davri jarayonlari Prezident
I.A.Karimov olg‘a surgan beshta asosiy tamoyillaridan biri: «xalq turmush 
darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy muhofaza
119


qilishni» ifoda etadi.
2005 yilning to‘qqiz oyida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish jarayonlarini 
chuqurlashtirish yuzasidan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi 
muhokamasiga bag‘ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2005 yil 20 oktyabrdagi majlisida ta’kidlab o‘tilganidek, «Ijtimoiy sohaga va 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quwatlashga yo‘naltirilgan xarajatlar byudjet umumiy 
xarajatlarining 51 foizini tashkil qildi* l.
Ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati 
jamiyat va aholi o'rtasidagi muhtojlik hollarida yordam, qariyalarga 
ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vositalar 
bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlardan iborat.
Ijtimoiy muhofazaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil 
etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo‘yilgan bosh 
maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy 
muhofazasiga sarflanadi. Ijtimoiy muhofaza fondining aksariyat qismi 
taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to'planish 
mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg‘armalardan iborat.
Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga 
qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umum.an, fuqarolarni samarali 
ijtimoiy muhofaza qilishni, xususan, korxonalar xodimlarini muhofaza qilishni 
nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o‘zgarishlar 
fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan 
esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy muhofaza qilish 
b o ‘yicha ko‘proq k uch-g‘ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, pulning 
qadrsizlanishidari, fliqarolarning mablag‘ga muhtoj bo‘lishdan va shu kabilardan 
muhofaza qilishni talab etadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish