daromadning bir qismini ular foydasiga qayta taqsimlashi lozim.
Aholi o‘rtasida iqtisodiy tengsizlikning oldini
olish maqsadida daromadni
taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-
tadbirlari tizimi
ijtimoiy siyosat
deb yuritiladi.
Keng ma’noda ijtimoiy siyosat deganda, shaxs hayot faoliyatini shunday
sharoitlarini yaratish va tutib turish bo‘yicha ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar
tushuniladiki, u shaxsning rivojlanishiga yordam
beradi va uning ijodiy
imkoniyatlari to‘liq namoyon qilishini rag‘batlantiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ilk bosqichlaridagi ijtimoiy muhofaza tadbirlari
butun aholiga nisbatan qo‘llanildi, bu esa mamlakatda barqarorlikni saqlashning
muhim omili bo‘ldi. Muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqilayotgan turli
miqdordagi ish haqi, pensiya, stipendiya va har xil nafaqa,
tovon puli
ko‘rinishidagi bevosita pul toiovlari keng qo‘llanildi, imtiyozlar hamda turli
qo‘shimcha to‘lovlar tizimi aholini ijtimoiy muhofaza qilish darajasini birmuncha
oshirdi. Eng kam miqdorlardagi mehnat haqi va pensiyalarning soliqqa
tortilmasligi belgilab qo‘yildi. Korxonalaming o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam
ko'rsatish borasidagi xarajatlari qisman byudjet mablaglari hisobidan to'ldirildi.
Ommaviy ravishda talab qilinadigan tovarlar va xizmatlar ko‘pgina turlarining
narxlari o‘rtasidagi tafovut o‘rni qoplandi.
Murakkab iqtisodiy ahvol yuzaga kelganiga qaramay, 0 ‘zbekistonda aholi
uchun eng muhim ijtimoiy vazifalarni hal etish maqsadida zarur mablaglar
izlab topildi. Islohotlaming dastlabki bosqichida ijtimoiy muhofazaga ajratilgan
davlat xarajatlari respublika byudjetining uchdan bir qismini tashkil etdi.
0 ‘sha davrda ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat o‘z oldida turgan vazifalarni
amalga oshirdi va ayni vaqtda bozor iqtisodiyotiga xos talabini — ijtimoiy yordam
choralari va vositalarini o‘zgarib turgan sharoitga muvofiq tarzda doimo moslash
zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Biroq aholiga mo‘ljallangan ijtimoiy siyosat yordamga ehtiyojning ko‘proq
va kamroq darajasi kabi juda muhim omilga nisbatan sezgirlikni qo‘ldan boy
berdi.
Shunday boMib chiqdiki, kam ta’minlangan fuqarolar ham, to‘la
ta’minlangan fuqarolar ham bir xilda madad olardi. Buning ustiga, dotatsiya
joriy etilgan asosiy tovar va xizmat turlaridan ayni shunday
yordamga kamroq
muhtoj bo‘lgan kishilar ko‘proq foydalanib qolishdi.
Haqiqatan ham muhtoj kishilar uchun kam samara bergan behuda sarf-
xarajat mablag‘larning isrof qilishishiga sabab bo‘ldi. Shuni aytish kifoyaki,
faqat respublika byudjeti orqali 30 xil turli yo‘nalishlar bo‘yicha yordam
ko‘rsatilgan. Obyektiv ravishda ijtimoiy muhofaza
qilish vositalarini qayta
yo‘naltirish zarurati, yalpi ijtimoiy madad berish yo‘lidan chindan ham
yordamga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatishning tabaqalashgan,
manzilli
tizimiga
o‘tish zarurati tug4ildi.
121
Respublikada chindan
ham muhtoj odamlarga manzilli, tabaqalashgan
yordam berishga adolat g‘oyasiga og'ishmay amal qilish qoidasi asos qilib olindi.
Ijtimoiy yordam tizimining adolat mezoniga bo'ysundirilishi aholi uchun
g'oyat oddiy va ravshan bo'lgan taqsimot vositalarini talab qildi va ular ishlab
chiqildi.
Mustaqillik yillarida aholini ijtimoiy muhofaza etish tizimi tubdan o'zgartirildi.
Mazkur o'zgarish islohotlar ijtimoiy dasturini amalga oshirish birinchi
bosqichining eng muhim yakuni boidi hamda bozor munosabatlari rivojlanishiga
mos yangi ustuvor yo'nalishlarga o'tilganligidan dalolat berdi.
Yangi tizim ijtimoiy yordamdan aniq
foydalanuvchilarga puxtaroq
yo'naltirilgan. Bular, awalo, mamlakat kelajagi —
Download
Do'stlaringiz bilan baham: