Davolash rejasini bajarishda hamshira o'z ko'nikmalaridan mijozning hamshiralik parvarishiga ehtiyojini aniqlash (1), o'z-o'ziga yordamda hamkor bo'lish (2) va salomatlik sohasidagi masalalarga erishishda mijozga yordam berish (3) uchun foydalanadi.
Lozim bo'lgan hamshiralik ko'nikmalari. Hamshiralik parvarishi rejasini bajarishda intellektual, shaxslararo va texnik ko'nikmalardan foydalaniladi. Ko'nikmalarni har bir hamshira bilishi va ulardan hamshiralik parvarishiga muhtoj mijoz ehtiyojlari hamda o'z qobiliyatlari. doirasida samarali foydalana olishlari kerak.
Hamshiraning aqliy kobiliyatlari (1) vaziyat mulohazasi, (2) mijozning kuchli tomonlarini mustahkamlash va muammolarni yechishga qaratilgan davolash rejasi ishlab chiqish (qaror kabul kilish ko'nikmalari va ijodiy kobiliyatlar) va (3) samarali 1 ishlash sharoitini yaratish sifatida aks etadi.
Boshqa kishilar bilan mulokotda ishlashi uchun hamshiragai shaxslararo muomala ko'nikmalari juda zarurdir. Bunga g'amxo'r va puxtalik, professional hamshira va mijoz o'zaro munosabati, o'qituv va maslaxdtlar o'tkazish bilan ifodapanuvchi ishonchni qozonish kiradi.
Texnik ko'nikmalar tibbiy jihoz va predmetlardan ko'pincha epchil foydalanishni talab etadigan oddiy hamda murakkab hamshiralik muolajalari bajara olish qobiliyatini bildiradi. Texnik ko'nikmalarga mijoz cho'milishida yordam berish, hayotiy belgilarni to'plash, inyeksiya kilish, yarani yuvish va bog'lash, traxeostoma orqali so'riltirish kabilar misol bo'la oladi.
Yordamga muxtojlikni aniqlash. Asosiy ehtiyojlarni ko'pchilik kishilar mustaqil qondira olishlariga karamay, bu; qobiliyatga kasallik yoki diagnostik va terapevtik muolajalardan qo'rquv ta'sir etishi mumkin. Mijozning asosiy ehtiyojlarni mustakil qondirish qobiliyatini batafsil hamshiralik baholash zarur.
Mijozni hamshiralik parvarishlash rejasi o'zida mijozga zarur bo'lgan tarkibiga mustaqilroq bo'lishni qo'llash ehtiyoji ham kirgan asosiy muhtojliklar uchun yordam bo'yicha maxsus ko'rsatmalar tutishi kerak. O'z-o'ziga yordam ko'rsatmasi muolaja bajarish vaqti, jihoz va mijozning jarayonga kirishishini belgilaydi. Mijoz o'z-o'ziga yordam ko'nikmalarini egallashi uchun hamshiralik parvarishi davomiyligi ahamiyatlidir.
O'z-o'ziga yordamda hamkor bo'lish: o'rgatish, maslahat va himoya. Mijoz va uning oilasi salomatlik himoyasida, kasalliklarning oldi olinishida, sog'lik va buzilgan funksiyalar tiklanishida faol qatnashishlari uchun o'z-o'ziga yordam ko'nikmalariga ega bo'lishlari lozim. Mijozlar o'z-o'ziga yordam ko'nikmalariga ega bo'lishlari zarurligini tushungan hamshiralar rejalashtirilgan va alohida o'rgatish, maslahat hamda himoya uchun hamshira-mijoz muomalasidan foydalanadilar. Masalan, mukovissedozli bolani parvarishlayotgan hamshira shifoxonadan chikarilgandan keyin bolani qanday parvarishlashga o'rgatish uchun bir vaqtda ota-ona bilan ham, bola bilan ham ishlaydi. Xuddi shuningdek, oilalarni jamoadagi ko'llovchi guruhlar yoki boshqa manbalarga yuborish ilgarigi ko'nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Mijozga vazifalarni bajarishda yordam berish. Rejani amalga oshirish jarayonining bu davrida hamshiralik jamoasi hamshiralik davolash rejasida batafsil bayon etilgan hamshiralik tavsiyalarining barchasini bajaradi. Agar reja yaxshi tuzilgan bo'lsa, undagi tavsiyalarni bajarish zarur vazifa va eng ustivor hisoblanadi. Mijoz vazifalarga erishishi va muammolar hal etilishida hamkor bo'lishi uchun rejalashtirilgan hamshiralik tadbirlari to'liq bajarilishi kerak. Ko'pgina tibbiy muassasalarda xodim (personal) yetishmasligi muammoligicha qolayotganligi uchun hamshiralar vaqtdan unumli foydalanishga o'rganishlari zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |