Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti


HAMSHIRALIK ISHI ASOSLARI



Download 1,12 Mb.
bet2/119
Sana01.09.2021
Hajmi1,12 Mb.
#162188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

HAMSHIRALIK ISHI ASOSLARI

1.1. HAMSHIRALIK ISHI TARIXI, FALSAFASI VA NAZARIYASI

Hamshiralik ishi tushunchasi mashhur ingliz tibbiyot hamshirasi Floryans Naytingeyl tomonidan kiritilgan. U o'zining 1859 yilda parvarish haqida yozgan kitobida «Hamshiralik ishi -bemor tuzalishi uchun uning atrofida qilinadigan barcha hatti-harakatlar majmuidir», deb yozgan.

Hozirgi zamonda hamshiralik ishi xalq sog'lig'ini saqlash tizimining salmokli tarkibi hisoblanadi. Uning ko'lami keng va ko'p qirrali bo'lib, tibbiy sanitariya ishlarini va aholi salomatligini saqlash borasida atrof-muhitning zararli ta'siridan holi qilish kabi masalalarni kamrab oladi.

Hamshiralik ishi o'ziga xos mustaqil ilm va ajoyib san'at bo'lib, xamshira vazifalari, odam shaxsi, atrof-muhiti va sog'liq bilan bog'liq masalalar uning falsafiy o'zagini tashkil qiladi.

Hamshira faoliyatining asosida bemor bilan munosabat yotadi. U bemorning kasalligi tufayli kechirayotgan azob-ukubatlariga hamdard va malham bo'ladigan g'amxo'r insongina emas, balki uning qarindoshi va yaqinlari bilan yupatuvchi suhbat va iliq munosabat muhitini tashkil etuvchi shafkat hamshirasidyar, Hamshira o'z ish faoliyatida turli bemorlarga duch keladi va shuning uchun ham har bir kasal odamning xastaligi og'ir - yengilligiga qarab, uning psixologiyasi (ruhiy holati) - dunyoqarashi, madaniyati, kamgapligi, andishaliligi, asabiyligi va hokazo turfa fazilat va xususiyatlariga qarab muomala usullarini ishlab chiqishi, bemorni yupatishi, bemor ko'ngliga o'tiradigan ran topishi va xastalangan yuragiga botadigan hatti—harakatlarni qilmasligi yoki yarashmaydigan qshshqlar bnlan «qovun tushurib» qo'ymasligi, yurish-turishi sokin, mayii va shu bilan bir qatorda kat'iyligi bilan ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

Bemor va uning yaqinlari bilan bo'layotgan jarayonda hamshira - odobi, hatti-harakati, aytayotgan gaplari, tovush intonatsiyasi, undagi vazmchnlik, kat'iylik va shu bilan bir qatorda iliq yoki muloyim tabassum ham katta ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, insonning salomatligi, kayfiyatining yaxshi me'yorda saklanishi, ruhan tetikligi aksariyat atrof-muhitga, uning ekologik holatiga, havoning tozaligiga hamda ijtimoiy, ruhiy jarayenlarining mutanosibligiga bog'liq.

Odam sog'lig'i uning biron kasallikka chalinganligi bilan emas, atrof-muhit bilan gormonik taraqqiy etishiga qarab o'lchanadi. Shuningdek, o'zgaruvchan muhit bilan kishi vujudining to'g'ri moslashuvi asosiy omillardan biridir.

Hamshiralik ishi fanining maqsad va vazifalari odamning sihat-salomatligi va muhitning mutanosibligini ta'minlaydi. Hamshiralik ishining falsafasi zaminida insonga bo'lgan mehr, uning salomatligini saklash hukuqlarini va insoniylik fazilatlarivi hurmatlash yotadi. Bunga erishish uchun hamshira yurak haroratini, bor bilimini, vaqtini ayamasligi kerak. U har doim insonlarga yaxshilik qilishga intilib yashashi va tibbiy qasamyodiga, kalol kasbiy burchiga sodiq bo'lishi lozim.

Tibbiy hamshiralarning Xalqaro Kengashida qabul qilingan axloqiy kodeks 4 ta asosiy tamoyilni qamrab olgan:

1. Inson sog'lig'ini muhofaza qilishga yordam berish.

2. Inson kasalliklari oldini olish (profilaktika) ishlarida faol qatnashish.

3. Kasallikka chalingan bemorlarning sog'lig'ini tiklash.

4. Surunkali xastalangan bemorlarniig og'ir ahvolini yengillashtirish kabilardan iborat.

Bu vazifalarni bajarish hamshiralardan jamiyat va hamkasblari oldida katta mas'uliyatni va jasoratni talab qiladi.

1998 yilda tashkil qilingan O'zbekiston O'rta Tibbiy va Farmatsevtika xodimlarining Assotsiatsiyasi qabul qilgan Axloqiy kodeks (nizom) majmui va Qasamyodi Respublikamizda faoliyat ko'rsatayetgan 250 mingdan ziyod o'rta tibbiyot xodimlari va hamshiralarining kundalik ishlarida dastur-amal vazifasini o'tamoqda.

1997 yildan O'zbekiston Respublikasida MDH mamlakatlari ichida birinchi bo'lib «Hamshira» jurnalining chop etilishi o'rta tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim mezonini yuqoriroq pog'onaga ko'tardi. Ularning ma'naviy, deontologik va etik nuktai nazardan boyishlariga katta hissa qo'shuvchi bu jurnal kundalik o'quv dasturi vazifasini bajarmokda.

Endi hamshiralar o'zlarining yuksak minbarlariga ega bo'ldilar. Ularning ovozi, fikr-mulohazalari, dardu nidolari sevinch-quvonchlarini faqat ular ishlab turgan poliklinika yoki kasalxona, istirohatxona yoki muassasa jamoasi, rahbarlarigina emas, butun O'zbekiston biladi.

Biz bunday jurnalga allaqachonlardan beri muhtoj edik. Jahondagi yirik davlatlar qatoridan joy olgan, ekologik jixatdan nihoyatda murakkab hududda joylashgan, aholisining yarmidan ko'pini o'quv yoshidagi bolalar va yoshlar tashkil qiladigan O'zbekiston, albatta. a'lo darajada ishlaydigan hamshiralar «ko'shiniga» ega bo'lishi zarur. Bir narsani ko'zda tutaylik: bemor vrachni kuniga faqat bir necha daqiqa davomida ko'radi, faqat bir inson bemor bilan har doim yonma-yon hamda birga. Bu inson - hamshira. Hamshira vrach ko'rsatgan yo'ldan bemorni yetaklab borib, uni sog'lomlik tomon kuzatadi.

Shu so'zlarni bitayotib, beixtiyor esladikUsh, hamshira so'zining o'zi nihoyatda chuqur mazmunga ega. U har birimiz uchun opa yoki singil. Gap shundaki, hamshira ayni vaqtda tibbiyotning rasmiy vakilasi. U vrach bilan bemorni bog'lab turuvchi va shu sababli davolanish jarayonini bevosita amalga oshiruvchi vositachi, afsungardir. Vrach bemorning dardini to'g'ri aniqlab, zarur dori-darmonlarni belgilashi mumkin. Lekin bu ko'rsatmalarning qay tarzda ijro etilishi va binobarin, samarasi hamshiraga bog'liq.

Hammaga ma'lumki, O'zbekistondagi hamshiralik xizmat madaniyati Sho'ro yillarida shakllandi. Bu nima degani? Bu degani hamshiralik xizmat sohasidagi jilov millatimiz qo'lida emas edi. Shu boisdan, ko'pchiligimiz boshqa millatlarga orqa qilardik, ular tazyiqida boqimandalik, kemtiklik va norasolik hissi asirida yashadik. Endi u zamonlar o'tdi.

Demak, hamshira oddiy ijrochi emas. U tibbiyot jabuasida millatimizning obro'si va madaniyatini ko'rsatuvchi va ayni chogda, o'ta mas'ul shaxsdir.

Olamning bo'laklarini o'zaro bog'lik, bir butun holda o'rganadigan fan - falsafa. Shu nuqtai nazardan qaraganda, har bir kishi, har bir bemor butun bir olam. Sog'lom yoki bemor inson bilan qanchalik ko'p va diqqat bilan suhbatlashar ekansiz, siz uning qanchalik chukur fikrli, cheksiz bilimli, o'ziga xos xulq va fe'l-atvorga ega kishi ekanligiga ishonch hosil qilasiz. Uning jismoniy azoblari va ruhiy qiynalishlarini bilish esa sizni yanada murakkabroq muammolar olamiga olib kiradi. Shunday ekan, bemorlik davrining asosiy kismida birga bo'luvchi hamshira haqiqiy falsafiy fikr yurituvchi, masalaga keng va chuqur yondashuvchi mutaxasis bo'lmog'i zarur.

Inson qiyofasiga ega har bir odamni yaxshi anglash uchun uni o'rganmoq zarur. Har bir odam - bir butun olam. Uning jussasi -tanasining barcha qismlari bir-biriga bog'liq. Hamshira bularni inobatga olishi zarur. Xalqimiz «Molning shoxiga ursang tuyog'i zirqiraydi» deydi. Odam esa undan ming barobar murakkabroq.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish