Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti


Aloqaning boshqa shakllari



Download 1,12 Mb.
bet73/119
Sana01.09.2021
Hajmi1,12 Mb.
#162188
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Aloqaning boshqa shakllari


Tibbiy xodimlar orasidagi aloqa shakllarining tibbiy varaqadan boshqalariga uchrashuvlar, telefon orqali o'rtoqlashishlar, yozma va audiokasseta vositasida axborot almashinuvlar kiradi. Bu shakllarning har biri o'z xususiyati yoki cheklanishlariga ega.

Rasmiy ma'lumot - eshitilgan, ko'rilgan, bajarilgan yoki ko'rib chiqilganlar to'g'risida xisobot takdim etish. Masalan, bir bo'limdan boshqasiga o'tkazilayotganda yoki har navbatchilik oxirida mijoz haqida shifoxona xamshirasi qisqa xisobot tuzadi. Hamshira, shuningdek, vrach va boshqa tibbiy xodimlarga ham hisobot tuzadi.

Uzluksiz 24 soat kuzatganligi uchun hamshira mijoz sog'lig'i holatidagi sezilarli o'zgarishlarni belgilashga javobgardir va u vrachga yoki tibbiy jamoaning tegishli a'zosiga bu o'zgarishlar haqida xabar beradi. Va, nihoyat, mijozning oila a'zolari ham hamshiradan tez-tez ma'lumot so'rab turadilar.



Navbatchilik almashishdagi hisobot. Bunday hisobotni avvalgi navbatchi hamshira keyingisiga yoki mijozga javobgar bo'lgan hamshira mijozga javobgarlikni qabul qilayotgan hamshiraga beradi. Bu hisobot yozma. uchrashuv vaqtida og'zaki yoki audiokassetada bajariladi. Ko'pgina hamshiralar, audioplyonka vositasidagi hisobotda vaqt tejaladi va batafsilroq axborot berish imkoniga ega bo'linadi, deb hisoblaydilar. Navbatchilik almashinayotgandagi hisobot quyidagilardan iborat bo'ladi:

- mijoz haqidagi asosiy ma'lumotlar — ismi, xonasining rakami, tartibi va joriy tashxis;

- mijoz sog'lig'i holatining joriy bahosi;

- tibbiy holat o'zgarishlari (tegishli diagnostik nazoratlar natijalari) va mijozning tibbiy davolashga munosabati;

- qo'yilgan hamshiralik tashxisi va vazifalarga nisbatan mijozning qarashlari;

- joriy tavsiyalar (xususan tavsiyalardagi har kanday o'zgarishlar);

- hamshira tavsiyalari;

- vrach tavsiyalari (dori preparatlari, vena ichiga suyukliklar yuborish, parhyez tavsiyalari, faollik darajasi o'zgarishlari);

- yangi kelgan har bir mijoz haqida uning tashxisi, yoshi, umumiy ahvoli va davolanish rejasi bo'yicha qisqa hisobot;

- boshka bo'limdan o'tkazylgan yoki shifoxonadan chiqarilgan mijoz haqida hisobot.

Mijoz xaqida nomutaxassislik sharhlari bermaslik kerak, bunday sharxlar hamshiraning mijozga nisbatan negativ munosabatini paydo qilishi mumkin.

Mulohaza. Mulohaza boshqalar bilan fikr almashish, axborot yoki ko'rsatmalar olish maqsadida maslahatlashish demakdir. Hamshira mijozni parvarishlash masalalari bo'yicha boshqa hamshira yoki tibbiy jamoa rahbari sifatida klinik mutaxassis bilan maslahatlashishi mumkin. Maktab hamshirasi Hulq masalari bo'yicha pedagog yoki ruhshunos bilan maslahatlashishi mumkin. Mutaxassislar axborotni tasdiklash uchun maslahatlashishlari mumkin. Hamshiralar va tibbiy jamoaning boshqa a'zolari mijozning davolanishini rejalash va mo'ljallash uchun guruh yig'ilishlari o'tkazishlari mumkin. Bunday konferensiyalar odatda talabadar va amaliyotdagi xodimlarga ko'rsatmalar tariqasida o'tkaziladi.

Hamshiralik amaliyot konferensiyalari mijozlarni hamshiralik parvarishlashning ba'zi aspektlari mulohazasi uchun uyushtiriladi. Masalan, konferensiyani og'ir bemorlarga qarayotgan bir necha hamshiralar tashabbusi bilan o'tkazish mumkin. Bunday konferensiya har bir hamshiraga mijoz muammosi va uning sababi bo'yicha o'z fikrini taklif kilishi hamda muammo hal etilishining mumkin bo'lgan variantini birga tahlil qilish imkonini beradi. Hamshiralar konferensiyaga ayni mijoz parvarishlanish xususiyatlari bo'yicha fikrlarini bilish uchun boshqa mutaxassislarni taklif qilishlari mumkin. Masalan, mijozning parhyezi bilan bog'liq muammolarni hal etish bo'yicha konferensiyaga diyetologni taklif qilish mumkin.



Hamshiralik ko'rigi. Hamshiralik ko'rigida hamshiralik. guruhi ma'lum maqsadda tanlangan mijozlarni ko'rib chiqadi. Hamshiralik ko'rigining birlamchi maqsadi mijozga hamshiralik parvarishi ko'rsatish rejalanishi va baholanishida yordam beradigan ma'lumotlar to'plash hamda mijozga hamshiralik parvarishi ko'rsatuvchi barcha xodimlar oldida mulohaza kilish imkoni berilishidan iborat. Har bir mijoz to'g'risida hamshira hamshiralik tashxisi, tavsiya etilgan vazifalar hamda hamshiralik tadbirlari bilan tanishtiradi. Hamshiralik ko'rigi ikkita asosiy xususiyatga ega: hamshira mijoz uchun nimalar kshshnganligini hisobot o'rnida kuzatadi, mijoz esa ularning parvarishlash rejasini mulohaza qilishlarida ishtirok etadi.

Maslahatga yuborish. Maslahatga yuborish mutaxassis tomonidan yordam olish yoki muolajalarni bajarish uchun amalga oshiriladi. Yordamni uy sharoitida olishi uchun shifoxona mijozni jamoa hamshiralik xizmatiga yuborishi mumkin.

O'quv muassasasining tibbiy xamshirasi talabani shoshilinch yordam bo'limiga yuborishi mumkin. Jamoa tibbiy hamshirasi mijozni sog'likni saqlash bo'limiga yuborishi mumkin. Maslahatlarga yuborish tibbiy muassasa ichida ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ambulator klinika mijozni statsionarga yuborishi mumkin. Ko'pgina tibbiy muassasalar o'zining maslahatga yuborish siyosatini ishlab chiqqan. Muassasa maslahatga yo'llanmani maxsus varaqaga yozishi mumkin, Muassasa qoidalari yo'llanma tartibini boshqarishi, maslahatga yuborayotgan shaxsni belgilashi mumkin va h.k. Maslahatga yuborish ayniqsa turli mutaxassislar yordamiga muxtoj mijozlarga uzoq muddatli parvarish ko'rsatilayotganda zarur bo'ladi. Maslahatchi uzoq davomli tibbiy yordam ko'rsatishda foydali bo'lgan ma'lumot berishi zarur. Kalit savol: Agar davolashni davom ettiradigan bo'lsam, bu mijoz haqida yana nimalarni bilishim kerak? Mijoz maslahatga yuborilayotganligini bilishi lozim.

Agar sizning xususiy ehtiyojlaringiz to'liq qoniqmagan bo'lsa, mijozning ehtiyojlariga chin dildan e'tiborda bo'lish juda qiyin. Har birimiz hamma vaqt ham mutlaq sog'lom bo'la olmaganligimiz tufayli hamshiralar o'zlarini ko'prok bilib mutaxassislik faoliyatiga tayyorlanishlari kerak. Xill va Smit (1990) hamshiralar uchun ruhiy salomatlikni himoyalash psixologik treningi yozganlar. Bunga o'z-o'zini tushunish, muomala ko'nikmalari, o'z vaqtini taksimlash, kriz xolatlari va yo'qotishlarga tayyorlanish, qo'llovchi tizimga ega bo'lish va uni rivojlantirish xamda barcha sohalarda o'z-o'ziga yordam amaliyoti kiradi. Emotsional salomatlik xususiyatlari shaxsiy egalik sezgisi, o'z-o'zini bilish, shaxslararo o'zaro qoniqarli muomalalar, stresslar nazorati, ijobiy ko'rinish, hajv hissi va o'zini quvontira olish kabilardan iborat.

Puxta mutaxassis bo'lishni istagan hamshira mijozlarni parvarishlashga kirishishdan avval o'zi va boshqa hamshiralar bilan ishlash hamda ijobiy muomalada bo'la olishni o'rganishlari kerak. Sog'lom bo'lish xamshiraga mijozlar uchun nafaqat samarali tibbiy yordam berish, balki ular va ularning oilalari uchun namuna bo'la olish imkonini ham beradi.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish