Toshkent davlat agrar unversiteti termiz filiali



Download 30,46 Mb.
bet67/211
Sana02.04.2022
Hajmi30,46 Mb.
#525045
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   211
Bog'liq
QXM va A ma\'ruza (2) (3)

To’rtinchi bosqich 1980-yildan keyingi davrni qamrab oladi. Bunda asosan MTPF fanining rivojlanishi hozirgi davrdagi dolzarb muammo – agrar sohada olib borilayotgan izchil islohotlar asosida, MTA va turli ko’rinishdagi MTP lardan bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali foydalanishning kompleks yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishdir. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, MTPF fani jadal rivojlanib borayotgan muhandislik fani hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining turli ko’rinishlariga va ularning talablariga tezkor yondashadi va aniq sharoitlar hamda mezonlar asosida yangi-yangi ilmiy izlanishlar olib borib, ishlab chiqarishda texnikadan samarali foydalanishning yangi muammolarini ilmiy asosda hal etadi.
Nazorat savollari:
1. MTPF fani nimani o’rganadi va u qanday bo’limlardan iborat?
2. Fanning ishlab chiqarish sohalariga qarab qisqacha vazifasini aniqlab bering.
3. MTP va MTA tarkibini izohlang.
4. Fanning rivojlanish davrlarini eslab o’ting.
5. Har bir davrda o’zining ilmiy izlanishlari bilan fanda yangi yo’nalishlar ochgan olimlarni aytib bering.
6. Sizning fikringizcha bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida MTPF fani o’z mavqeini saqlay oladimi?
7. Fan sifatida yana qanday ilmiy izlanishlarga e’tibor berishi kerak?


13-mavzu: Agregatlarni ishlatishda energiya va yoqilg’i sarfi
Reja:
1. Ishlarni bajarishda mehnat va energiya sarflari
2.Yoqilg’i va surkov moylari sarfi;
3. Pul mablag’larining foydalanish sarflari

Qishloq xo’jaligida ishlov beriladigan materiallar (tuproq, o’simliklar, daraxtlar va sh.k.) jonli muhit va organizmlar bo’lib, ular biologik jarayonlar, iqlim sharoitlari ta’siri ostida doim o’zgarib turadi.


Texnologik jarayonlarni bajarish muddatlari tabiiy – iqlim sharoitlari va o’simliklarning biologik rivojlanish qonunlari bilan bog’liq bo’lib, aksariyat paytda ish qisqa muddatlarda bajarilishi lozim bo’ladi.
Texnologik jarayonlar bajarilganda agregatlar, asosan, harakatlanib, yurib ishlaydi, ishning boshlanish muddati, davri ba’zan bir hududda, hatto bir xo’jalikning o’zida ham har yili o’zgarib turadi.
Texnologik jarayonlarning sifat ko’rsatkichlari vaqt va masofa ehtimollik funktsiyalari bo’lib, doimo o’zgarib boradi. Turli agregatlar tarkibidagi mashinalarning ishlash muddatlari yil davomida har xil (masalan, plug 400–600 soat, kultivator 200–300 soat, g’alla seyalkalari 120–140 soat, chigit ekadigan seya­lkalar 60–70 soat, don kombaynlari 200–300 soat, traktorlar 1500–2500 soat ishlaydi) bo’ladi.
Har yili yig’iladigan mahsulotlarning turi va miqdori, yuk tashish ishlari va oqimlarining hajmlari ham o’zgarib turadi.
Ish sharoitining to’xtovsiz o’zgarishi esa mexanizatordan yangicha fikrlashni, ishlashni talab qiladi va mashinani qayta tuzish, tarkibini o’zgartirish zaruriyatini ko’rsatadi. Ish sharoitlari va ishlov beriladigan materiallarning xossalarini bilish, mashinaning ishchi organlari turini, agregatning ish rejimlarini to’g’ri tanlash ish unumini oshirishga imkoniyat yaratadi. Masalan, yerni shudgorlashda tuproqning turi, mexaniq tarkibi, solishtirma qarshiligi, ishlov berish chuqurligi va sh.k. aniq bilib olingandagina agregatni to’g’ri tuzishga, ishni samarali bajarishga erishiladi.
Texnologik jarayonlarning bajarilish sifati ekin hosildorligiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillardan biri bo’lib, ularni asosan quyidagicha ifodalash mumkin:
biologik omillar: urug’ning sifati, navi va xususiyati, berilgan ishlov turlari, maydonning holati va joylashuvi;
tuproqlar - iqlim omillari: tuproqning turi, tarkibi va xossasi, yog’in yog’ish muddati va miqdori, havo harorati, yil davomida oftobli kunlar soni, asosiy shamolning yo’nalishi va kuchi;
agrotexnik omillar: mashina-traktor agregatining ish­lov beriladigan materialga ta’siri, agregatning to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanishi, o’g’it va urug’larning bir xil chuqurlikka tashlanishi, texnologik jarayonning optimal vaqtda o’tkazilishi, hosildorlik darajasi va uning holati;
texnologik omillar: konstruktiv, ishlash jarayonidagi MTA ning texnologiyani bajarishga moslanganligi, ekspluatatsion ko’rsatkichlari. Mashina va traktor konstruktsiyasining moslanganligi, bazasi, g’ildiraklar oralig’i, og’irlik markazining joylashishi, massasining tayanch g’ildiraklarga taqsimlanishi, yetaklovchi g’ildirak va yulduzchalarning diametri, qamrash kengligi, ishchi organlarning sozlanish chegarasi, sifati va yemirilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati darajasi.
Ekspluatatsion ko’rsatkichlari MTA ning ishlash jarayonida aniqlanadi: texnik holati, sozlanishning boshlang’ich va joriy aniqligi, harakat tezligi va tur­g’unligi, agregat harakatining o’ziga xos xususiyati, mashina qismlarining ishonchliligi, ilgari bajarilgan texnologik va yordamchi operatsiyalarning bajarilish sifati.
MTA yuqorida keltirilgan omillarning to’g’ri va ularning optimal son qiymatlarida tuzilishi lozim. Mashina-traktor agregatlaridan ishlab chiqarishda foydalanilganda keltirilgan omillar hisobga olinadi va tashxisdan o’tkazilib, texnik nazorat asoslarida tanzim qilib boriladi. CHunki ular (MTA) texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashning asosiy moddiy vositalaridir.
Mashina-traktor agregatlari xossalariga qarab quyidagicha tasniflanadi:

Download 30,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish