11.2. Sug’orish ishlarini mexanizatsiyalashtirish usullari vamashinalari
Sug’orish ishlarida mehnat sarfini kamaytirish uchun amalda qo’llanilib kelinayotgan sirtdan sug’orish usulida muvaqqat ariqlar, o’qariqlar yordamida sug’orish ishlarini tashkil etish uchun maxsus polietilen va kapron trubalardan keng foydalanish mumkin. Ular sug’orish tarmoqlari va o’qariqlar o’rnini bosadi, suvchining ish unumi 1,5...2 barobar ortadi, suv sarfi 8...10 foizga kamayadi.
11.3-rasm. Ekinlarni polietilen (a) va kapron (b) turbalari yordamida sug’orish.
Bunda traktorlarga o’rnatiladigan nasosli PPA-165 va PPA-165U rusumli sug’orish agregatlaridan (14.3-rasm) foydalaniladi, natijada sug’orish arig’iga ehtiyoj qolmaydi.
Bu agregatlar yordamida bir kecha-kunduzda 5-6 gektar maydoni sug’orish mumkin. Suv keltiruvchi trubalar qo’lda yotqiziladi, sug’orishdan keyin esa trubalar agregat yordamida yig’ishtirib olinadi.
Yomg’irlatib sug’orish ishlari asosanzanjirli traktorlarga o’rnatilgan, harakatlanib ishlaydigan DDA-100MA agregati (2.21-rasm) va ko’chma-bir joyda turib ishlaydigan DDN-70 va DDN-100 rusumli nasosli yomg’irlatish mashinalari yordamida amalga oshiriladi.
DDA-100M sug’orish agregatining ishlatilishini ta’minlash uchun birinchi sug’orishdan oldin muvaqqat sug’orish ariqlari olinadi va ularning o’ng tomoni bo’ylab agregatlar yurishi uchun yo’l ochiladi.
Muvaqqat ariqlar dalaning nishabi eng kichik bulgan joyidan o’zaro parallel va bir-biridan 120 m masofada, eng chekkadagi ariq esa dala chetidan 55 m narida va unga parallel olinadi.
11.4-rasm. Yomg’irlatib sug’orish agregatlari:
a-DDA-100M; b-DDN-70; v-DDN-100.
Yomg’irlatib sug’orishda dalaning tekisligi, egatlardan sug’orish bo’lgani kabi unchalik ta’sir ko’rsatmaydi. Ammo ariq olish uchun ajratilgan yo’laklar va uning yoqasidagi yo’llarni tekislash, shuningdek sug’orish tarmog’iga suv taqsimlovchi inshootlar qurish shart.
DDN-70 va DDN-100 yomg’irlatish agregatlari ko’chma-bir joyda turib ishlaydi. Ular suvni ochiq va yopiq sug’orish tizimidan olishi mumkin, sug’orish tarmoqlari orasidagi masofa mos holda 100 va 200 m, to’xtashlar orasidagi masofa 120 va 145 m tashkil etadi.
Ochiq tarmoqlardan suv olib sug’orishda yomg’irlatish agregatining joyi, odatda, kanalning boshidan suv oqimi bo’ylab pastga tomon o’zgartiriladi. So’rish qurilmasini beto’xtov ishlashi uchun suv satxini yetarli darajada saqlash maqsadida kanal ikkita ko’chma to’siq bilan to’sib qo’yiladi. Bitta to’siq mashina ishlayotgan joyda, ikkinchisi esa navbatdagi joyga o’rnatiladi.
Sug’orish tugagandan keyin birinchi to’siq olinadi va ikkinchi joyga o’rnatiladi. Agregatni to’xtab turish vaqti sug’orish me’yoriga bog’liq bo’lib, 17...186 minut davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |