Don tozalash mashinalari vazifasiga qarab ikki turga bo’linadi: - umumiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan–boshoqli, dukkakli, texnik va o’t o’simliklari urug’larini dastlabki tozalashga mo’ljallangan mashinalar;
- urug’lik donni tozalash uning yuzasini holati, don va aralashmaning shakli va zichligi kabi xususiyatlariga qarab tozalash mashinalar kiradi.
Ishchi qismlarining tarkibiga qarab umumiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan mashinalar: faqat havo bilan tozalaydigan hamda havo–g’alvirli mashinalar (ishchi qismlari: g’alvirli va havo bilan tozalaydigan qurilmalar) kabi turlarga bo’linadi;
Mashinani xirmonda harakatlanishiga qarab: muqim va harakatlanuvchi mashinalarga bo’linadi.
Bugungi kunda donni dastlabki tozalash ishlarida asosan havo – g’alvirli qismlar bilan jihozlangan OVS-25A don tozalash mashinasidan (3.18-rasm) foydalaniladi. Ushbu mashina bilan donni tozalash paytida undagi barcha begona qo’shilmalar, jumladan, poya bo’laklari, begona o’t urug’lari, tosh, kesak va chala yanchilgan boshoq qismlari ajratib olinadi va chiqitga chiqariladi.
|
9.5-rasm. OVS-25 don tozalash mashinasi:
1-qabul kamerasi, 2-tarqatuvchi shnek,
3-ta’minlagich juvalar, 4-havo kanali,
5- yuqori qiya doska, 6-pastki qiya doska,
7- chiqaruvchi shnek, 8- pastki g’alvirli qism, 9-yuqorigi g’alvirli qism, 10- havo transporteri, 11-chang ajratgich, 12-berkitgich, 13-tindirgich, 14- kuzatgich.
|
Ushbu mashina bir joyda turib ishlashga mo’ljallangan bo’lib, u donlarni dastlabki tozalashda foydalaniladi.
Mashinada don tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Yuklash transporteri donni kabul qilish kamerasi 1 ga uzatadi. So’ngra donni ta’minlagich jo’valar 3 yengil aralashmalar va puch donlardan tozalash uchun havo tozalagichli kanallar 4 ga uzatib beradi. Bu qismda inertsion chang ajratkich 11 bilan asosiy massadan yengil aralashmalar va chang ajratiladi.
Havo okimi bilan ishlov berilgan don g’alvirga kelib tushadi va teng ikki qismga ajraladi. g’alvirdan yirik qo’shilmalar o’tadi. g’alvirdan donlar yirik yumaloq ko’zli oraliq g’alvir V ga, undan esa yumaloq ko’zli G g’alvirga kelib tushadi. Donlar G g’alvirdan o’tib B2 g’alvirda elangan donlar bilan qo’shilib chiqaruvchi shnek 7 ga yo’naltiriladi.
Mashinaga donni kerakli mikdorda uzatish klapani dasta orqali burish bilan amalga oshiriladi. Havo kanalidagi oqim tezligi esa drossel klapani bilan rostlanadi. Agar chiqitga asosiy ekin doni chiqib keta boshlasa, havo oqimi tezligi pasaytiriladi. G’alvirli tozalash mexanizmi to’rtta elakdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |