9.4-rasm. “Dominator-130” kombaynining sxemasi.
1-motovilo; 2-qiya transporter; 3-kabina;4-bunker; 5-shnek; 6-yanchish apparati; 7-biter qaytargich; 8-dvigatel; 9-orqa fartuk;10-somon silkitgich; 11-yuqori g’alvir; 12-pastki g’alvir; 13-donirg’ituvchi doska;14-ventilyator; 15-gidrosilindr; 16-shnek.
Boshoqli don ekinlarini o’rib-yig’ib olishda ekinning holatiga qarab yanchish barabanining aylanishlar chastotasi 1150÷1250 aylg’min oralig’ida bo’lishi kerak. Yanchish apparatida donli massaga yumshoq ta’sir berilishi poyalarning kamroq maydalanishi va somonning yaxshi uyumlanishini ta’minlaydi. Baraban va deka orasidagi tirqish kengligi ham ekin turiga qarab tortqi yordamida mos ravishda rostlanadi (2.27rasm).
Bug’doy va shunga o’xshash boshoqli don ekinlarini yanchishda tortqi N asosan 2-3 xolatga qo’yiladi va yanchish apparatining kirish qismidagi tirqish 13-15 mm, chiqish qismidagi esa 3-4 mm kattalikka qo’yiladi. Beda va boshqa mayda urug’li ekinlarni (2.3-jadval) yanchishda esa kichikroq tirqishlar, makkajo’xori so’tasi, kungaboqar kabi yirik donli ekinlarni yanchishda birmuncha kattaroq tirqishlar tanlanadi.
9.1-jadval
G’allani yanchish jarayonining asosiy ko’rsatgichlari
Ekinlar
turi
|
Ta’minlovchi val bilan o’rgich muftasi orasidagi masofa
|
Ta’minlovchi barmoqlar holati
|
Qiltiriq ajratadigan plankalar mavjudligi
|
Bosh savat turi
|
Yanchish barabanining aylanishlar soni
|
Yanchish savati masofasini o’rnatish (N)
|
Havo yo’naltiruvchi tunuka holati
|
Mm
|
teshik pastdan
|
0-echilgan
1-o’rnatilgan
|
0-bug’doy 1-jo’xori 2-sholi
|
1g’daq.
|
Teshik tepadan
|
teshik pastdan
|
Bug’doy
|
15
|
3
|
0
|
0
|
1200
|
3
|
2
|
Arpa
|
15
|
3
|
1
|
0
|
1400
|
2
|
2
|
Suli
|
20
|
3
|
0
|
0
|
1250
|
4
|
2
|
SHoli
|
15
|
3
|
0
|
2
|
850
|
6
|
2
|
No’xat
|
15
|
3
|
0
|
0
|
650
|
0
|
2
|
Kungaboqar
|
15
|
3
|
0
|
1
|
650
|
4
|
2
|
Makkajo’xori
|
25
|
-
|
0
|
1
|
650
|
0
|
2
|
Tavsiyaviy xulosa. Rotorli kombaynlar begona o’simliklardan, ayniqsa, g’alla poyalariga o’ralib o’suvchi (pechak) va yo’g’on poyali (qamish, g’umay, ko’k sho’ra) kabi bir va ko’p yillik begona o’tlardan tozalangan maydonlarda, barabanli kombaynlarni esa turli darajada o’t bosgan maydonlardagi g’allani o’rib olishda yuqori samaradorlik bilan ishlatish mumkin.
9.5. Donni tozalash texnologiyasi va mashinalari
Don tayyorlashning chegaraviy me’yorlariga ko’ra don tarkibida begona qo’shilmalar ko’pi bilan 5,0 foiz mikdorida, bazis me’yorlariga ko’ra esa ko’pi bilan 1,0 foiz mikdorida bo’lishi kerak.
Lekin dalalarda donlarning notekis pishishi, ularning haddan ziyod qurib ketishi, begona o’tlar ko’p bo’lishi, kombaynning ishchi qismlarining noto’g’ri rostlanishi hamda yanchish apparati ish organlarining yeyililishi natijasida yig’ishtirilgan don tarkibidagi qo’shimcha aralashmalar mikdori 7-9 foizgacha, chala yanchilgan boshoq qismlari esa 4-5 foizgacha borib yetishi mumkin.
Boshoqli, dukkakli, texnik moyli va boshqa ekinlar donining tozaligi va unib chiqish qobiliyati bo’yicha I- sinfga mansub bo’lgan don maxsulotining tozaligi 99% , unib chiqish qobiliyati 95% dan kam bo’lmasligi kerak; II- sinfga mansub bo’lgan don maxsulotining tozaligi 98,5 % dan kam bo’lmasligi, unib chiqish qobiliyati – 90 – 95% bo’lishi kerak; III- sinfga mansub bo’lgan don maxsulotining tozaligi 97 % dan kam bo’lmasligi, unib chiqish qobiliyati – 85 – 90% bo’lishi kerak.
Donni dastlabki ishlovberishda uning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan tozalash usulidan foydalanilanib, bu jarayonni amalga oshiradigan ishchi qismlarga ega bo’lgan don tozalash mashinalarida amalga oshiriladi. Bu mashinalar ishchi qismlarning ishlash tarzi esa donli aralashma zarralarining ayrim fizik-mexaniq xossalari farqiga asoslangandir.
Ushbu xossalarga ularning kattaligi (o’lchami), aerodinamik xossalari, yuzasining holati, shakli, zichligi, qayishqoqligi, mexaniq qattikligi, rangi, elektrofizik xossasi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |