9.6. Mahsulotlarni tozalash, saralash
Xuddi shunday tozalash va saralash mashinalarining ishchi qismlarini tuzilishi (12.5-rasm) mahsulot aralashmasidagi mahsulot va chiqindilarning fizik-mexaniq xossalarini farqiga asoslangan bo’lib, ularga A- aerodinamik xossalari, B-o’lchamlari (a-uzunligi, v-eni va s-qalinligi), V-yuzasining holati, D-elektromagnit xossasi, G va Ye- fizik xossalari, ya’ni shakli, zichligi, qayishqoqligi, mexaniq qattikdigi, rangi, gidrodinamik xossalari va boshqalar ko’rsatgichlariga qarab aniqlanadi.
Kattaligiga qarab ajratish. Mahsulotli aralashmani kattaligiga karab ajratish belgilari ularning o’lchamlari hisoblanadi.
9.6-rasm. Mahsulotlarni tozalash va saralash usullari.
A-aerodinamik xossasi bo’yicha 1-aspiratsiya kanali, 2- havo bilan tozalash;
B- o’lchamlari bo’yicha 3- uchburchak va 4- aylana teshikli g’alvirla 5-bo’rtma chuqurchali (trier) yuza;
V- yuzasining holati bo’yicha 6-qiya va 7-ko’ndalang tekislik;
D-elektromagnit xossasi bo’yicha 8-elektr magnitli yuza, 9-magnitli taroq;
G-shakli bo’yicha 10-vintsimon yuzali, 11-uchburchak teshikli;
E- og’irligi va ishqalanish kuchi bo’yicha 12-pnevmotebranishli saralagich.
Mahsulotni eni bo’yicha jratish yumaloq ko’zli g’alvirlar yordamida amalga oshiriladi.
CHo’zinchoq to’rtburchak shaklidagi g’alvir ko’zidan faqatgina qalinligi ko’zlar enidan kichik bo’lgan mahsulotlar o’tishi mumkin. Bunda mahsulotning eni va uzunligi ahamiyatga ega emas, chunki cho’zinchoq to’rtburchak shaklidagi ko’zlar uning uzunligidan bir muncha kattaroq uzunlikka ega bo’ladi.
Mahsulotni uzunligi bo’yicha ajratish uyachali yuzalar orqali amalga oshiriladi. Ajratgichlarning uyachali yuzalari ichki uyali aylanuvchan silindr ko’rinishida yoki yon yuzalarida uyachalarga ega diskli ko’rinishda bo’ladi.
Aerodinamik xossasi bo’yicha ajratishda aralashma zarralarining havo oqimi ta’sirida har xil harakatlanishiga asoslangan. Mahsulotli aralashma zarralarining ushbu xossasi uni havo oqimida tozalash va saralash uchun asos qilib olingan bo’ladi.
Mahsulotli aralashmani zarralarning shakli bo’yicha ajratishda uchburchak ko’zli g’alvirlardan foydalaniladi. Bunday g’alvirlarda yumaloq va cho’zinchoq to’rtburchak shaklidagi g’alvirlarda ajralmaydigan uchburchak shakldagi urug’larni xuddi shu o’lchamdagi boshqa shaklga ega urug’lardan ajratish mumkin . Masalan, bu usul bilan bug’doydan tatar kirlig’i, grechkadan yovvoyi sholg’om, timofeevka o’tidan shavel urug’ini ajratib olish mumkin.
Natijada bunday urug’lar elektromagnit barabanga yopishib qoladi, kukun yuqmagan tekis sirtli urug’lar esa barabandan sirpanib tushib ketadi.
Donli aralashmani zarralarning shakli bo’yicha ajratishda uchburchak ko’zli g’alvirlardan foydalaniladi. Bu usul bilan bug’doydan tatar kirlig’i, grechkadan yovvoyi sholg’om, timofeevka o’tidan shavel urug’i ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |