1.1.1-jadval
Xizmat turlarining tasnifi.8
№
|
Xizmat turlari
|
Xizmatlarning yo‘nalishi
|
Xizmatlarning ko‘rinishi
|
1
|
Ishbilarmonlik xizmatlari
|
Ta’mirlash va texnik xizmat;
Konsultativ xizmat
|
Nomoddiy
|
2
|
Transport xizmatlari
|
Yuk tashish;
Yo‘lovchi tashish
|
Moddiy
|
3
|
Qurilish va injinering xizmatlari
|
Loyihalashtirish;
Qurish
|
Moddiy
|
4
|
Savdo xizmatlari
|
Ulgurji; Chakana
|
Moddiy
|
5
|
Umumiy ovqatlanish xizmatlari
|
Ixtisoslashgan; Umumiy
|
Moddiy
|
6
|
Turizm va sayyoxlik xizmatlari
|
Sayoxat; Dam olish; Davolanish; Ish bo‘yicha
|
Nomoddiy
|
7
|
Moliyaviy xizmatlar
|
Bank; Sug‘urta; Lizing; Birja; Lombard; Ijara v.b.
|
Nomoddiy
|
8
|
Aloqa va axborotlashtirish (kompyuter)
|
Kommunikatsiya; Axborotlashtirish
|
Nomoddiy
|
9
|
Umumta’lim, san’at, madaniyat
|
Pulsiz; Pullik
|
Nomoddiy
|
10
|
Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
|
Pulsiz; Pullik
|
Nomoddiy
|
11
|
Ijtimoiy ta’minot xizmatlari
|
Pensya; Issiqlik, elektr, suv ta’minoti; Atrof muhitni himoya qilish
|
Moddiy
|
12
|
Davlat boshqaruvi xizmati
|
Xavfsizlik; Huquqiy; Boshqaruv tizimi
|
Nomoddiy
|
13
|
Shaxsiy xarakterdagi xizmatlar
|
Maishish xizmatlar; Sartaroshlik; Tikuv ishlari; Kiyim ta’mirlash v.b.
|
Nomoddiy
|
14
|
Boshqalar
|
Ta’minlash, tayyorlash va moddiy-texnik resurslarni saqlash xizmatlari v.b.
|
Nomoddiy
|
Shu o‘rinda yana bir muhim masalani alohida ta’kidlash lozim. Jahon amaliyotida uzoq yillar davomida xizmatlarga oid ko‘p sonli chuqur nazariy tadqiqotlar o‘tkazilgan va ularning natijasida turli ilmiy qarashlar va fikr-mulohazalar shakllangan. Postindustrial, axborotlashgan jamiyat nazariyasida xizmatlar sohasi tobora yetakchi, hal qiluvchi o‘rinni egallamoqda. Bunday jamiyatda xizmatlar iqtisodiyoti, uning rivojlanishiga doir nazariy va amaliy masalalar mamlakat taraqqiyotining bugungi holati va kelajak istiqbollarining ajralmas tarkibiy unsuriga, muhim omiliga aylanadi. Zotan, postindustrial jamiyat darajasiga ko‘tarilgan har qanday mamlakatda taraqqiyot sur’atlari, birinchi navbatda, xizmatlar sohasida erishilgan yutuqlar bilan belgilanadi. Modomiki shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida xizmatlar sohasi, uni jadal rivojlantirishning nazariy va amaliy muammolariga oid ilmiy tadqiqotlarning ko‘lami kengayib, tobora takomillashib bormoqda. Lekin hanuzgacha xizmatlarni tasniflashning ilmiy tamoyillari ishlab chiqilmagan, ularni guruhlashda va tasniflashda iqtisodchi olimlar o‘rtasida aksariyat ko‘pchilik tan oladigan ilmiy qarashlar shakllanmagan. Buning oqibatida xizmatlar sohasining holatini, ushbu sohaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida tutgan o‘rnini tahlil qilishda va baholashda ma’lum kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, ayrim to‘siqlar va qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
Iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omillaridan biri xizmatlar sohasidir. Bu faqat bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lib qolmasdan bozor iqtisodiyotiga endigina qadam qo‘ygan mamlakatlarga ham tegishli hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarishning murakkablashuvi va bozorni tovarlar bilan to‘yinishi natijasida xizmatlarga bo‘lgan talab o‘sa boshlaydi. Jamiyat iqtisodiy jihatdan kancha kuchsiz bo‘lsa, uning xo‘jalik faoliyati shu darajada buyumlashgan boyliklarni ishlab chiqarish bilan cheklanib qoladi. Iqtisodiy daraja hamda industrial asos va mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatning xo‘jalik faoliyati shunchalik murakkablashib hamda rivojlanib boradi. Natijada xo‘jalik tuzilmasi o‘zgaradi va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan mehnat faoliyatining ahamiyati o‘sib boradi.
Bundan ko‘rinadiki, xizmatlar sohasining iqtisodiyotda tutgan o‘rni juda ahamiyatli va uni rivojlantirish natijasida bir nechta quyidagi manfaatlar ko‘riladi:
YaIM ishlab chiqarishda ishtirok etadi va buning natijasida YaIMning hajmi oshishini ta’minlaydi;
moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub’ektlari shakllanadi;
mamlakatda yangi xizmatlar bozori va xizmat turlari paydo bo‘ladi;
yangi ish joylari va korxonalar tashkil etiladi va mehnat resurslarining aksariyat qismi xizmatlar sohasida band bo‘ladi;
aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmi oshadi;
hududiy infratuzilma va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari isloh qilinadi;
xizmatlar sohasiga oid yangi kasblar o‘rganiladi;
mamlakat bozori xizmatlar bilan to‘lib boradi va unga bo‘lgan talabni qondirishga imkoniyat yaratiladi;
xususiy tadbirkorlar va boshqa nodavlat va davlat investorlarining mablag‘larini sohaga jalb etish imkoniyatlari ko‘payadi;
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni yuqori darajada qondirish orqali mamlakat aholisining farovonligi oshadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi aksariyat rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning Janubiy Koreya va Yaponiya mamlakatlarida xizmatlar ko‘rsatish sohasida ishlayotgan ishchilar soni boshqa barcha sohalardagi bandlik miqdorining umumiy yig‘indisidan ancha oshib ketgan. Bu mamlakatlarda umumiy va xususiy xizmat ko‘rsatish bo‘g‘ini jami milliy ishlab chiqarish xajmining 60-70 foiziga, ba’zilarida 80-85 foiziga to‘g‘ri keladi.9.
Do'stlaringiz bilan baham: |