Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, uning ilmiy taklif va amaliy tavsiyalaridan lizing kompaniyalari marketing boshqaruvi va strategiyasini ishlab chiqishni amalga oshirishda nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq etishda foydalanish mumkin. Mavzuning amaliy ahamiyati shundaki, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan lizing kompaniyalari xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi.Bitiruv malakaviy ishi 91 betni tashkil etib, kirish, uchta bob, yettita bo’lim, 17 ta jadval, rasm, diogrammalarda, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |