Ishlab chiqarish strukturasi
Moddiy ishlab chiqarish sohasi
|
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi
|
Mahsulotni moddiy ashyo shaklida ishlab chiqarish: sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.
|
Moddiy ko‘rinishida xizmat ko‘rsatish: transport, aloqa, maishiy xizmat.
|
Nomoddiy ko‘rinishda xizmat ko‘rsatish: ma’rifiy, sog‘liqni saqlash, san’at va h.k.
|
Nomoddiy maqsadlarga xizmat qiladigan ma’naviy, intelektual faoliyat: ilmiy yangiliklar, kashfiyotlar, kitoblar, rasmlar va boshqalar
|
|
Xizmatlar sohasi
|
|
1.1.1-rasm. Inson faoliyati asosiy sohalarining umumiy modeli hamda ishlab chiqarish va xizmatlar sohasining o‘zaro aloqalari.7
Iqtisodiyotda yaratiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarni umumiy tarzda ishlab chiqarish deb qarasak, ularni moddiy va nomoddiy turdagi ishlab chiqarishga ajratish mumkin. Xizmatlar esa moddiy ishlab chiqarish bilan ham, nomoddiy ishlab chiqarish bilan ham aloqadordir. Moddiy ko‘rinishda xizmat ko‘rsatish bevosita moddiy ob’ektlar bilan bog‘liqdir ya’ni xizmatlar moddiy ob’ektlar ishtirokida amalga oshiriladi. Masalan, transport hududlarda predmetlar holatining o‘zgarishini ta’minlaydi, savdo-sotiq esa predmetlarning kimga tegishliligini va h.k. Nomoddiy ko‘rinishda xizmat ko‘rsatish (bilim, sog‘liq, xavfsizlik) esa moddiy ob’ektlardan ko‘proq ajralgan bo‘lib, bunda amalga oshirish ob’ekti moddiy narsalar emas, balki bevosita inson bo‘ladi. Iqtisodiyotda har qanday ishlab chiqarishdan maqsad insoniyat extiyojlarini qondirish hisoblanadi. Ammo moddiy ishlab chiqarishning nomoddiy ishlab chiqarishdan farqi shundaki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshmay, balki vaqt va makonga doir bo‘lgan bir qancha bosqich va pag‘onalarni bosib o‘tadi. Nomoddiy ishlab chiqarish esa ishlab chiqarish va iste’molning bir-biriga mutanosiblik sharti asosida harakat qiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi. Uning ahamiyatli jixati shundaki, u nafaqat ijtimoiy ishlab chiqarishning bir bo‘lagidir, balki ijtimoiy-iqtisodiy shartlarni shakllantiruvchi bevosita element hamdir. Xizmatlar esa har ikkala sohada ham bevosita ishtirok etadi va iqtisodiyotning deyarli barcha jabhasini qamrab oladi. Bu esa uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati naqadar muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Xizmatlar tizimining keng qamrovliligi, unda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi, mamlakat taraqqiyoti va aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlariga ta’sirining kuchliligi va ko‘p qirraliligi, xizmatlar bo‘yicha faoliyat turlarining ko‘pligi ularni ilmiy tasniflash muammosini tug‘diradi. Ishlab chiqarishning xilma xilligi hamda mamlakatlar iqtisodiyotining ixtisoslashuviga qarab xizmat turlari davlatlar va mintaqalararo yuqori tashkilotlar (BMT, Xalqaro valyuta fondi, Jaxon savdo tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotlari, Umumrossiya xizmat ko‘rsatish tasnifi) tomonidan bir biridan biroz farq qilgan holda turlicha tasniflanadi. Xizmatlarning tasniflanishi ma’lum bir hududda sohaning rivojlangan turlariga alohida e’tibor qaratishga asoslanadi. Umuman olganda bir qancha xizmatlar sohasi tasniflarini o‘rgangan holda xizmat turlarini quyidagicha tasniflash mumkin (1.1.1-jadval).
Xizmat turlari tasniflanishida xizmatlarning iqtisodiyot sektorlaridagi faoliyati inobatga olindi va faoliyat turi bir biriga yaqin bo‘lgan xizmatlar guruhlarga ajratildi. Jumladan, “Ishbilarmonlik xizmatlari” ta’mirlash va texnik yoki konsultativ ko‘rinishda namoyon bo‘lib, texnik yordam, marketing, reklama, yuridik, distribyutorlik, ilmiy izlanish va konstruktorlik ishlanma, intellektual mulk va boshqa shu kabi bir qancha xizmatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. “Transport xizmatlari” yuk va yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan bo‘lib, ular temir yo‘l, avtomobil yo‘li, havo yo‘li va suv yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Yana bir xizmat guruhi “Qurilish va injinering xizmatlari” bo‘lib, ular asosan qurish va loyihalashtirish ko‘rinishida ko‘rsatiladi. Xizmatlar sohasining asosiy bo‘g‘ini sanalgan “Savdo xizmatlari” esa ikki turga, ulgurji va chakana savdo xizmatlariga ajratiladi. Shu bilan birga xizmatlar ya’na “Umumiy ovqatlanish xizmatlari”, “Turizm va sayyoxlik xizmatlari”, “Moliyaviy xizmatlar”, “Aloqa va axborotlashtirish (kompyuter) xizmatlari”, “Umumta’lim, san’at, madaniyat”, “Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport”, “Ijtimoiy ta’minot xizmatlari”, “Davlat boshqaruvi xizmati”, “Shaxsiy xarakterdagi xizmatlar” kabi guruhlarga ajratiladi va ularning har biri o‘z ichiga turli xizmat turlarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |