Toshkent davlat agrar universiteti


Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha bandlar salmog‘i.13



Download 356,31 Kb.
bet11/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha bandlar salmog‘i.13

Iqtisodiyot tarmoqlri

2005

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

Sanoat

13,2

13

13,1

13

12,9

12,8

13,6

13,6

13,3

Qishloq xo‘jaligi

26,9

26,7

27,2

26,7

27,2

27,6

27,6

27,4

27,2

Xizmatlar sohasi

59,9

61,3

59,7

60,3

59,9

59,6

58,8

59

59,5

Shu bilan birga, mamlakatimiz aholisining bandlik salmog‘ini kuzatadigan bo‘lsak, unda xizmatlar sohasining ulushi ko‘p yillardan buyon bir xil me’yorda kelayotganiga, rivojlangan mamlakatlarga yaqin ko‘rsatkichga ega ekanligiga e’tibor qaratish lozim. Oxirgi o‘n yildan buyon mamlakatimiz aholisining 59-61 foizi xizmatlar sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Xizmatlar sohasining iqtisodiyot tarmoqlarida bandlar salmog‘idagi ulushi 2005 yilda 59,9 foizni, 2010 yilda 61,3 foizni, 2014 yilda esa 59,6 foizni tashkil etgan. Bu aholining bandligi shu sohada ko‘p ekanligi bilan birga sohaning jamiyatdagi o‘rni yuqoriligini ko‘rsatib beradi (1.1.3 jadval).

Xizmatlar hajmini kengaytirish va sifatini yaxshilash uchun aholi real daromadlarining oshishi moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Lekin, aholi pul daromadlarining ko‘payishi va xarid qilish qobiliyatining oshishi xizmat ko‘rsatish sohasini jadal sur’atlar bilan yuksaltirish va shu asosda, jamiyat taraqqiyotining keyingi, ya’ni yuqoriroq bosqichi – postindustrial jamiyatga o‘tish uchun yetarli emas. Ammo aholi iste’moli tarkibida xizmatlar ulushining uzluksiz oshib borishi uchun boshqa shart-sharoitlar, birinchi navbatda kerakli ijtimoiy–madaniy muhit yaratilishi lozim. Tabiiyki, kishining daromadlari ko‘payib, xarid qobiliyati oshib ketsa, u umumiy ovqatlanish xizmatiga keragidan ortiq murojaat qilmaydi. Demak, bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, kishilarning real daromadlari oshib borgan sayin, ularning o‘z iste’mollari savatini takomillashtirishga, uning tarkibida sifatli, zamonaviy mahsulotlarni ko‘paytirishga intilishlari kuchayadi. Xizmatlar sohasida bu aholining o‘z intellektual salohiyatini kuchaytirishga, dunyoqarashini kengaytirishga, sog‘lig‘ini mustahkamlash, madaniy dam olish, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish, turizm, sport va hakozolarga bo‘lgan qiziqishlarining uzluksiz ortib borishida namoyon bo‘ladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, aholi real daromadlarining ko‘payishi uning turli-tuman noz-ne’matlarni, jumladan, xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini moddiy jihatdan ta’minlaydi. Lekin bu daromadlarni qanday tovar va xizmatlar uchun va qanday nisbatda taqsimlash, ulardan qaysi bir turlarini ko‘proq xarid qilishga moyillik bildirish aholining ma’naviy dunyosini tavsiflovchi boshqa xislatlari(insoniy qadriyatlar, milliy an’analar, madaniyat, dunyoqarash va hokazolarga)ga bog‘liq.

Inson ehtiyojlarini qondirish tizimida xizmat turlarining barchasi, u insonning qaysi bir muayyan ehtiyojini qondirishidan qat’i nazar, baribir muhim o‘rin tutadi. Lekin, ushbu mantiqiy xulosa har bir kishi o‘z daromadlarining xizmatlarga sarflaydigan qismini hamisha barcha xizmat turlariga bir xil nisbatda va bir tekisda taqsimlaydi degan ma’noni anglatmaydi. Tabiiyki, inson tirik mavjudot sifatida, o‘zining fiziologik, ya’ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka va hokazolarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal xo‘jalik xizmatlariga talab bildiradi. Insonning xizmatlarga yo‘naltirilgan umumiy budjetidan, uning fiziologik ehtiyojlarini qondirishga ketgan sarflaridan ortib qolgan qismigina xizmatning boshqa turlariga sarflanishi mumkin. Lekin har bir kishining boshqa yurtga sayohat qilish yoki teatrga borishga talabi paydo bo‘lishi uchun bo‘sh vaqt, kerakli mablag‘ va ishlab chiqaruvchilarning taklifidan tashqari, uning bunday xizmat turlariga shaxsiy ehtiyoji, ichki zarurati, qiziqishi, intilishi bo‘lishligi shart. Aks holda, u o‘zining daromadlarini bunday xizmatlarga sarflamay, boshqa maqsadlarda ishlatadi yoki jamg‘armaga aylantiradi. San’atga, musiqaga qiziqmagan odam hech qachon mo‘maygina pul to‘lab teatrga bormaydi, o‘zining sog‘ligini qadrlamagan odam profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tmaydi, bilimga qiziqmagan odam kontrakt asosida ta’lim olmaydi va hokazo.



    1. Download 356,31 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish