2.2 Gerbisidlarning solish meyori, usullari va muddatlari
Gerbitsidlar suvda erish xossasi, o’simliklarga ta’sir etish xususiyati, qo’llanish joyi va muddatiga ko’ra eritma, suspenziya, granula (donador) holda ishlatiladi. Ularni dalaga uch xil usulda, ya’ni yoppasiga, lenta usulida yoki ekilgan qatorga, 25-30 sm kenglikdagi maydonning o’t bosgan yerigagina sepish mumkin. Ular ekinlarni ekishgacha, ekish bilan bir vaqtda va ekilgandan keyin o’simliklarning har xil fazalarida qo’llaniladi. Gerbitsidlar ekin ekish bilan bir vaqtda sepilganda, chigit ekish seyalkalariga moslashtirilgan PGS-2,4, PGS-
3,6 asboblari yordamida purkaladi. Gektariga qo’llash me’yori uning xossasiga, qo’llanish joyiga (tuproqqa, o’simlikka, ekin ekilgan yoki ekilmagan dalaga sepilishiga), muddatiga, ob-havo sharoitiga, begona o’tlarning yoshiga, oz-ko’pligiga va ularning ta’sirchanligiga qarab belgilanadi
Gerbitsidlarning begona o’tlarga ta’sir etishi ular normasini to’g’ri belgilashga bog’liq. Muayyan normadan kam qo’llanilsa, begona o’tlar to’liq zararlanmaydi, ortiqcha qo’llanilsa, madaniy o’simliklarga salbiy ta’sir etadi.
Gerbitsidlar normasi tuproq-iqlim sharoitiga (tuproqning tipi, yog’in-sochin, havo temperaturasiga) va boshqalarga bog’liq. Mexanik tarkibi og’ir, serchirindn yerlarda ishlatilgan gerbitsidlar mexanik tarkibi yengil, qumoq, kam chirindili yerlardagiga ko’ra begona o’tlarga kamroq ta’sir etadi, Shunga ko’ra gerbitsidlar normasi ikkinchi holatdagiga ko’ra birinchi xolatda yuqoriroq bo’lishi kerak.
Gerbitsidlar tuproq namligiga turlicha munosabatda bo’ladi, ya’ni preparat suvda qancha yomon erisa, tuproqda nam Shuncha ko’p bo’lishi kerak. Ularning begona o’tlarga ta’sirchanligi qurg’oqchil sharoitdan ko’ra tuproqda nam yetarli bo’lganda yuqori bo’ladi. Bundan tashqari, gerbitsid ishlatilgandan keyin tushgan yog’in uni tuproqning pastki qatlamlariga yuvib tushiradi va begona o’tlarga ta’sirchanligini keskin kamaytiradi. Bunday hodisa ayniqsa qumoq, qumloq tuproqli yerlarda yaqqol seziladi.
Ko’pchilik gerbitsidlar ob-havo temperaturasi 18 – 24°S atrofida bo’lganda begona o’tlarga samarali ta’sir etadi, 25-300S da ta’siri kamayadi, 8 – 10°S da esa umuman ta’sir etmaydi. Gerbitsidlarning begona o’tlarga ta’sirchanligiga muayyan tuproq namligida past temperaturaga ko’ra yuqori temperatura ijobiy ta’sir etadi. Chunki yuqori temperaturada preparatning tuproqqa singishi va o’simlikda almashinishi tezlashadi.
Ma’lumki, ko’pchilik gerbitsidlar oldin suvda eritilib, so’ng ishlatiladi. Har gektar yerga sarflanadigan eritma normasi gerbitsidning turiga, asosiy ta’sir etuvchi modda miqdoriga, qo’llash usuliga va boshqa sharoitga bog’lik. Gerbididlarning yerga bir tekisda sochilishi begona o’tlarni yo’qotishda katta ahamiyatga ega.
Gerbitsidlar tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddadan tashqari, boshqa qo’shimcha moddalar xam bo’ladi. Shuning uchun asosiy ta’sir etuvchi moddaning protsent miqdori preparatga bog’liq bo’ladi va u gerbitsid chiqarilgan yorliqda ko’rsatiladi.
Gerbitsidlar me’yorini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
D = Ax100
R
bunda: D – gerbitsidni qo’llash me’yori (ga/kg); A – ta’sir etuvchi moddaga nisbatan belginlangan gerbitsid (ga/kg); 100 – hisoblash koeffitsienti;
R – preparatdagi ta’sir etuvchi modda (%).
Yuqorida aytilganidek, gerbitsidlarni qo’llashdan oldin suvda eritib, ishchi eritma tayyorlanadi. Har gektar yerga sarflanadigan gerbitsid miqdori ma’lum bo’lgandan keyin suvning normasi belgilanadi va har 100 l suvda eritilishi zarur bo’lgan gerbitsid miqdori aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
S= Dx100
Q
bunda: S – ishchi eritmaning kontsentratsiyasi; D – gerbitsid qo’llash me’yori (ga/kg); Q – suv sarflash normasi (ga/l).
Gerbitsid yerga purkalayotganda eritma to’g’ri sarflanishiga katta e’tibor berish kerak. Traktor purkagichlarda (PGS-2,4 yoki 3,6 va boshqalarda) har gektar yerga sarflanadigan ishchi eritmani aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Q= g x n 60 x 10
V x B
bunda: Q – sarflanadigan eritmaning normasi (ga/l); q – har bir nakonechikdan chiqayotgan eritma (min/l); p – nakonechniklar soni; 10 va 60 – hisoblash koeffitsientlari; V – traktorning harakat tezligi (soat/km); V – purkagichning qamrash kengligi (m).
Eritma normasining to’g’riligini nakonechniklar tipi, soni, bosimiga, agregatning harakat tezligiga qarab boshqarish mumkin.
Gerbitsidlarning samaradorligini quyidagi formula bilan hisoblanadi:
S= A-Vx100
A
bunda: A-nazorat variantida (yoki gerbitsidlar sepish oldidan) begona o’tlarning soni dona/m2; V-gerbitsid sepilgandan keyin begona o’tlarning soni, dona/m2.
Do'stlaringiz bilan baham: |