Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Begona o’tlarga qarshi Gerbisidlarni qo’llash



Download 0,81 Mb.
bet5/8
Sana22.06.2021
Hajmi0,81 Mb.
#72979
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamarajabov. S

Begona o’tlarga qarshi Gerbisidlarni qo’llash

G’o’za dalalarida gerbitsidlarni qo’llash. G’o’za maydonlarida begona o’tlarga qarshi gerbitsidlar keng ko’lamda qo’llanilmoqda. O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tomonidan qator yangi gerbitsidlar sinalib, yaxshi natija berganlari ishlab chiqarishda qo’llanilmoqda.

Chigit ekishdan avval bir yillik ikki pallalik va g’allasimon begona o’tlarga qarshi “Treflan”, “Nitran” gerbitsidlari purkalganda so’ng zudlik bilan tuproqqa chizel-boronalar yordamida aralashtiriladi. Aks holda gerbitsid quyosh nuri va shamolning ta’sirida begona o’tlarga samaraligi pasayib ketadi.

Chigit ekish bilan bir vaqtda “Alkenza”, ”Kotoran”, ”Kotoneks”, ”Stomp”, ”Gezegard”, ”Samuray”, ”Amir” kabi gerbitsidlar bir yillik, ikki pallalik va g’allasimon begona o’tlarga qarshi ishlatiladi. Ular sepilgach begona o’t urug’lari-ga ta’sir etib, unib chiqishi bilan sarg’ayadi. 5-7 kundan keyin yosh begona o’t maysalari nobud bo’ladi. Gerbitsidlarning begona o’tlarga ta’sir etish kuchi
1,5-2 oy davom etadi va bir chopiq o’rnini qoplash imkonini beradi.

G’o’zani o’suv (shonalash) davrida bir va ko’p yillik g’allasimon begona o’tlarga qarshi “Fyuzilad-super”, ”Dalelak-super”, ”Nabu panter”, ”Fyuzelad forte”, ”Shogun” kabi gerbitsidlar ishlatilmoqda. Begona o’tlar yoshligida gerbitsidlar ishlatilganda ularning samaradorligi yuqori bo’ladi.

Havo harorati va namlikning yetarlik bo’lishi gerbitsidlarning begona o’tlarga ta’sir etishini tezlashtiradi. Shu bilan bir vaqtda gerbitsidlarni ishlatish vaqtida havo va tuproq harorating past, shamolning tezligi 2-3 m/sek dan yuqori bo’lishi esa samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Gerbitsidlardan foydalanish vaqtida ularning sarflash miqdorini haddan ziyod ko’paytirib yuborish esa g’o’za nihollarining tup sonlarining kamayishiga olib keladi. Ularning sarf miqdori tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olinib, begona o’tlarning turiga qarab aniqlanadi. Gerbitsidlar begona o’tlarning asosiy qismi unib chiqqandan so’ng hamda 2-6 barg chiqargach bir yillik begona o’tlarning balandligi o’rtacha 12-15 sm. ko’p yillik begona o’tlarniki esa 8-12 sm. bo’lgan muddatlarda purkash maqsadga muvofiqdir.

Gerbitsid qo’llashning samaradorligi. G’o’za va kuzgi bug’doyzorlardagi begona o’tlarga qarshi g’o’zaning shonalash davrida, kuzgi bug’doyning tuplanish davrida ekinzorlirda uchraydigan bir yillik ikki pallalik begona o’tlardan sho’ra, olabo’ta, ituzum, bo’ritaroq, semizo’tlarga qarshi “Kotoran” 80 foizli n.k., “Stomp” 33 foizli s.e., “Dafosat” 36 foizli s.e., “Gezagard” 50 foizli n.k., 50 foizli s.e. larini gektariga tasmasimon usulda 1-1,5, yoppasimon usulda 3-4 l. dan ekish bilan bir vaqtda qo’llanilganda ularning samaradorligi 25-35 kundan keyin
90-95 foizga yetadi. Tasmasimon usulda gerbitsidlarni chigit ekish bilan bir vaqtda ishlatilganda bir yillik g’allasimon o’tlardan kurmak, ko’k qo’noq, qo’noq o’tlariga qarshi o’rtacha 89,2-92,5% samara beradi.

Tajribalardan aniqlanishicha, ko’p yillik begona o’tlarga qarshi g’o’zani shonalash davrida ajriqning bo’yi 8-12 sm., g’umayning bo’yi-12-17 sm., qamishning bo’yi-18-25 sm., ga yetganda “Zellek super”, 104 g/l. em.k., “Fyuzilad forte”, 15 foizli em.k., “Dalzlek Ekstra” 104 foizli s.e. lar yoppasimon usulda ishlatilganda samaradorligi o’rtacha bir yillik g’allasimon begona o’tlarga qarshi 91-96, ko’p yilliklardan ajriqqa 58-78, g’umayga-90-96, qamishga-
80-85 foizgacha bo’lgan. Ushbu gerbitsidlar qo’llanilib begona o’tlar yo’qotilishi hisobiga paxta hosildorligi 4-5, g’alla hosildorligi 10-12 ts/ga yuqori bo’lgan.

Gerbitsidlar PGS-3,6, PGX-4 markali shtangli purkagichlarda purkalsa, eritma sarfi gektariga 130-150, OVX-28, OVX-600 markali ventilyatorli purkagichdan foydalanganda 200-300 litrni tashkil etadi. Shuning uchun eritma tayyorlashda purkovchi moslama turlari hisobga olinishi kerak. Masalan, ayrim fermer xo’jaliklarida qo’l apparatidan ham foydalaniladi. Qo’l apparati baklarining hajmi 10-12 litrni tashkil etadi. Agar bir gektar maydonga gerbitsid sarf me’yori
3 litr ishchi eritmasi 300 litr bo’lsa, 10 litrlik qo’l apparatining bir to’ldirish bakiga sarf me’yori 3 bo’lganda 30 grammdan 40 grammgacha gerbitsid solinib 100 m2 maydonchaga ishlov beriladi va bu holda gerbitsidlarning sarf me’yori to’g’ri bo’ladi.







10- rasm. OSHU-150 changlatkichi


11-rasm. OVX-600 purkagichi

12-rasm. Shtangali purkagich OPSHX-12/15



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish