Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Gerbisidlar va ularning klassifikatsiyasi



Download 0,81 Mb.
bet3/8
Sana22.06.2021
Hajmi0,81 Mb.
#72979
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamarajabov. S

2.1 Gerbisidlar va ularning klassifikatsiyasi
G’alla ekinlarida gerbitsidlarni 300 l/ga suvda eritib samolyotda, 600 l/ga suvda eritib OVX-28 purkagichida purkash mumkin. Hozirgi vaqtda gerbitsidlar bug’doyning tuplanish fazasida, bir yillik ikki pallali begona o’tlarga qarshi bazagran 2,0- 4,0 ga/kg, banvel 0,15 –0,5 ga/kg, granstar 75 Df 10,0-20,0 ga/g, derbi 175ss 50,0-60,0 ga/ml, pardner 1,5 ga/kg, puma super 0,6-0,8 ga/kg, starane 200 0,75–1,0 ga/kg, xussar 0,075–0,1 ga/kg me’yorida ishlatiladi. Hosil yig’ish-tirilgandan keyin va kelgusi yil boshoqli ekinlar ekish rejalashtirilgan dalalarga ekishdan 30 kun oldin o’sayotgan begona o’tlarga qarshi glifus, glifagon va dafosat 4,0 – 6,0 ga/kg me’yorlarida qo’llaniladi. Sholida bazagran 2,0-4,0 ga/kg aura plyus 2,0-2,5 ga/kg, kliner 1,0–1,25 ga/kg, gulliver 25,0-30,0 ga/kg, saturn
8,0- 10,0 ga/kg, fatset 1,8 ga/kg, yalan 8-16 ga/kg me’yorida ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida begona o’tlarga qarshi kurashda agrotexnika chora-tadbirlari bilan bir qatorda kimyoviy moddalar - gerbitsidlar ham keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Begona o’tlarga qarshi kurashda gerbitsidlar samarali vosita hisoblanadi. Ma’lumki, begona o’tlarga qarshi kurashda agrotexnika chora-tadbirlarini qo’llash ko’p mehnat va mablag’ talab etadi hamda uzoq muddatga cho’ziladi. Gerbitsidlarni qo’llash esa qulay, unumli va ancha arzonga tushib, begona o’tlarni qisqa muddatda yo’qotib, ekinlarning hosildorligi ortishini ta’minlaydi.

Ba’zi bir kimyoviy moddalarning begona o’tlarga ta’sir etish va ayni bir vaqtda madaniy o’simliklarga zarar yetkazmaslik xususiyati o’tgan asrning oxirlaridayoq ma’lum bo’lgan edi. Rus matbuotida 1911 yildan boshlab, begona o’tlarni yo’qotishda kimyoviy moddalardan foydalanish zarurligi to’g’risida tavsiyalar berilgan edi. O’sha vaqtda mis kuporosi, qorazang (temir kuporosi), natriy xlorat va boshqa moddalar qo’llanilar edi. Bu preparatlarning kamchiligi hamda ko’p miqdorda, ya’ni gektariga 300-400 kg me’yorda sarflanishi ularni keng ko’lamda ishlatishga imkon bermadi.

Keyingi 15-20 yil ichida begona o’tlarga qarshi kimyoviy yo’l bilan kurash olib borish chet mamlakatlarda hamda bizda keng ko’lamda qo’llanilmoqda. MDXida hozirgacha 100 xildan ortiq gerbitsid turli ekinlarda sinab ko’rilib, samarali natija berganlari qishloq xo’jaligida ishlatilmoqda.

Gerbitsidlar tasnifi. Gerbitsidlar kimyoviy tarkibiga ko’ra anorganik va organik gerbitsidlarga bo’linadi.

Hozirgi vaqtda organik gerbitsidlarning turi kun sayin ko’payib bormoqda. Gerbitsidlar ekinlarga va begona o’tlarga ta’sir etish xarakteriga ko’ra, tanlab ta’sir etuvchi va yoppasiga ta’sir etuvchi ikki guruhga bo’linadi.

Tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlar ekinlar orasidagi begona o’tlarga salbiy ta’sir etib, madaniy o’simliklarga zarar yetkazmoqda. Bular begona o’tlarning ayrim turlarigagina ta’sir etadi, xolos. Ammo me’yori oshirilsa, madaniy o’simliklarga ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Ayrim tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlar bir pallali, ayrimlari esa ikki pallali o’simliklarga ta’sir etadi.

Yoppasiga ta’sir etuvchi gerbitsidlar qo’llanilgan hududdagi hamma o’simliklarni yo’qotadi. Shuning uchun ular dalalar chetidagi, yo’llar bo’yidagi, ariq, zovur, kanallar ichidagi va qirg’oqlaridagi umuman keraksiz begona o’tlarga qarshi qo’llaniladi. Gerbitsidlar o’simlikka ta’sir etish xarakteriga qarab, kontakt va ichdan ta’sir etuvchilarga bo’linadi.

Kontakt gerbitsidlar begona o’tlarning tekkan joyiga ta’sir etadi, ya’ni o’simlikning organlari bo’yicha harakat etmaydi. O’simlikning gerbitsid tegmagan joyi zararlanmay, o’z hayotini davom ettiraveradi. Shuning uchun kontakt gerbitsidlar bevosita o’simlikning o’ziga purkaladi.

Ichdan ta’sir etuvchi gerbitsidlar esa o’simlikning qaysi qismiga ta’sir etishdan qat’iy nazar, uning tanasiga singib, hamma organlari bo’ylab harakat qiladi. Shuning uchun u siljuvchi yoki sistem gerbitsidlar deb ham ataladi. Bu xil gerbitsidlar tuproqqa sepilganda, o’simliklarning ildizi orqali yer usti qismiga, yer usti organlariga sepilganda esa yer osti qismigacha singib borib uni quritadi. Xo’jaliklarda ichdan ta’sir etuvchi gerbitsidlarning ahamiyati katta bo’lib, keng ko’lamda qo’llaniladi.

Kontakt va ichdan ta’sir etuvchi gerbitsidlar o’z navbatida yoppasiga va tanlab ta’sir etish xossasiga ega. Yoppasiga ta’sir etuvchi gerbitsidlar purkagich nasoslar bilan jihozlangan chopiq traktorlari yoki maxsus OUN-4-6, OTN-
4-8 markali traktor purkagichlarda keng ko’lamda, yozda begona o’tlar o’sayot-ganda purkaladi.




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish