Preparat nomi va shakli
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Dori sarfi g/kg/l/ga
|
Samaradorlik%
|
1
|
Granstar
Extrim
Daletar
Biostar
|
Tribunar metil
|
15-20
(200-300 l suv)
|
75
|
G’alla ekinlari orasida o’suvchi bir yillik ikki pallali (sho’ra olabuta, jag’-jag’,chakamig’, qoqio’t, ituzum, bo’ritaroq, qushqo’nmas, qo’ytikan) begona o’t-larga qarshi qo’llaniladigan gerbitsidlar
№
|
Preparat nomi va shakli
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Dori sarfi g/kg/l/ga
|
Samaradorlik %
|
1
|
Granstar
Dalstar
Moerstar
Tayfun
Entoetor
|
Tribunar metil
|
15-20
|
75
|
G’alla ekinlari orasida o’suvchi barcha turdagi bir pallali begona o’tlarga qarshi qo’llaniladigan gerbitsidlar
№
|
Preparat nomi va shakli
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Dori sarfi g/kg/l/ga
|
Samaradorlik %
|
1
|
Pumo super
Oveyugen extra
|
Finoksoprop-P-etil antidot
|
1 (200-300 l suv)
|
70-75
|
G’o’za dalalarida uchraydigan begona o’tlarga qo’llaniladigan gerbitsidlar
Gerbitsidlar
Nomi
|
Sarflash miqdori
|
Ishlatish muddati
|
|
gerbitsid
|
suv l/ga.
|
|
Chigit ekishdan avval ishlatiladigan gerbitsidlar
|
Treflan,
24 5 s.e.
|
4,0-6,0 l/ga
|
300
|
Chigit ekishdan avval tuproq bilan aralashtiriladi
|
Nitran
30 % em.k.
|
3.3-6.0 l/ga.
|
300
|
Chigit ekishdan avval tuproqqa purkalib, tezlik bilan aralashtiriladi
|
Chigit ekish bilan bir vaqtda ishlatiladigan gerbitsidlar
|
Alienza,
600 g/l.sus.k.
|
Tasmasimon 0,525 g/ga
Yoppasiga 0.625 g/ga
|
130-150
300
|
Chigit ekish bilan bir vaqtda
|
Kotoran,
80 %.n.kuk.
|
Tasmasimon 0,9-1,2 kg/ga
Yoppasiga 0.625 g/ga
|
130-150
300
|
Chigit ekish bilan bir vaqtda nihollar unib chiqqunicha
|
Kotoneks,
80 % n.kuk.
|
Tasmasimon 1,2 kg/ga
|
130-150
|
Chigit ekish bilan bir vaqtda
|
Stomp,
33 5 em.k.
|
Tasmasimon 0,8-1,5 l/ga
Yoppasiga 2,3-4.5l/ga
|
130-150
300
|
Nihollar unib chiqqunicha
|
Gezegard,
50 %s.e.
|
Tasmasimon 1,0-1,5 l/ga
Yoppasiga 3,0-5,0l/ga
|
130-150
300
|
Chigit ekishdan oldin yoki chigit ekish bilan bir vaqtda
|
Samuray.
33 % em.k.
|
Tasmasimon 1.0-2.0 l/ga.
|
130-150
|
Chigit ekish bilan bir vaqtda
|
Amir,
50 “em.k.
|
Tasmasimon 2.0-2.25 l/ga.
|
130-150
|
Chigit ekish bilan bir vaqtda
|
G’o’za dalalarida boshoqdoshlar oilasiga mansub (ajriq,g’umay) va boshqa begona o’tlarga qarshi qo’llaniladigan gerbitsidlar
T.r.
|
Preparat nomi va shakli
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Dori sarfi g/kg/l/ga
|
Samaradorlik %
|
1
|
Fyuzilad super 12.5% yem.k Ay-si-ay firmasi (Angliya)
Fyuzilad forte 15% yem.k
Singenta firma (Shvetsariya)
Dalzlak 15%
Ddalstop firmasi (Panama)
|
Fluzafop–
p-butil
|
1.5
1.5
|
82.9
88-92
|
Sabzavotlardan sabzi, piyoz, osh lavlagi va boshqa mayda urug’li sabzavotlar orasida o’suvchi ikki pallali bir va ko’p yillik begona o’tlarga qarshi qo’llaniladigan gerbitsidlar
T/r
|
Preparat nomi va shakli
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Dori sarfi g/kg/l/ga
|
Samaradorlik %
|
1
|
Gezadard 50%
Nitrondan 30%
Spomdan 33%
Fyuzilad super 12.5% yem.k
Nabudan 20%
Zelek super 12.5%
|
Prometrin
Fluzafop –p-butil
|
2-3
3.3-6
1-2
1-2
1-4
1.5
|
70-80
|
Sholi maydonlarida o’sadigan begona o’tlarga qarshi qo’llaniladigan gerbitsidlar
Preparat nomi va ishlab chiqargan firma
|
Sarf me’yori
ga/kg yoki l.
|
Qaysi begona o’tga qarshi ishlatiladi
|
Ishlatish muddati, usuli va tavsiya etilgan cheklovlar
|
Bir mavsum da ko’pi bilan necha marta ishlatiladi
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Alligator 50% s.e.g.(B)
Ekokimyobio-servis
|
1 ga 25-30g+SFM200g/ga
|
Bir yillik boshoqli (tariqsi mon) va ko’p yillik boshoqli begona o’tlar
|
Begona o’tlarning 2-3 barg davrida nam tuproqq yoki sholi poyada suv sadhi 5-10 sm bo’lganda sirti faol modda qo’shib purkaladi
|
1
|
Azim sulfron
|
Boliver 50% em.k
Agro Best Grupp
|
1 ga 25-30 g +SFM 150-200 ml/ga
|
Bir yillik boshoqli va ko’p yillik boshoqli begona o’tlar
|
Begona o’tlarning 2-3 barg davrida nam tuproqq yoki sholi poyada suv sadhi 5-10 sm bo’lganda sirti faol modda qo’shib purkaladi
|
1
|
Azim sulfron
|
Gulliver 50% S.E.G.(B)
Dyupon
|
1 ga 25-30 g +SFM 150-200 ml/ga (trend 90)200 ml/ga
|
Bir yillik boshoqli (tariqsimon) va ikki pallali begona o’tlar ko’p yillik ikki pallali va boshoqli begona o’tlar
|
Begona o’tlarning 2-3 barg davridanam tuproqqa yoki sholi poyada suv sathi 5-10 sm bo’lganda sirti faol modda qo’shib purkaladi
|
1
|
Azim sulfron
|
Saturn 50%em.k (B)
Kumiay Kemikal
|
8-10 g
|
Bir yillik boshoqli (tariqsi mon) va ko’p yillik boshoqli begona o’tlar
|
Ekishgacha sholining ko’karguncha yoki 1-2 barg davrida tuproqqa purkaladi
|
1
|
Betiyo
karb
|
Gerbisidlarni qo’llashda xavfsizlik choralari
Gerbitsidlarning hammasi odam va hayvonlar uchun zaharli bo’lmasa ham, ular bilan ishlashda Qishloq xo’jalik va Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan zaxarli moddalar bilan ishlaydiganlar uchun belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
Kasal odamlar, homilador va emizikli ayollar, 18 yoshga to’lmagan o’spirinlar gerbididlar bilan ishlashga qo’yilmaydi. Ximiyaviy preparatlar bilan ishlaydigan shaxslar instruktajdan o’tishlari va maxsus kiyim (kombinezon, suv o’tkazmaydigan materialdan fartuk, etik, rezinali qo’lqop, sinmaydigan oynali ko’zoynak va respirator)ga ega bo’lishi kerak. Ishlash joyida zaharlanganlarga vrach davolashiga qadar yordam berish uchun zarur medikamentlari bilan aptechka bo’lishi kerak.
Ishlash vaqtida maxsus ximoya kiyimlarini yechish, chekish va ovqatlanish qat’iy man etiladi. Ish tamom bo’lgandan keyin kiyimlar yaxshilab tozalanadi va xar bir ishchiniki aloxida-alohida joyga osib saqlanadi. Maxsus kiyimlarda uyga ketish yoki ularni uyga olib ketish mumkin emas. Ish tugagandan keyin qo’l va yuzni sovunlab, dushda yaxshilab yuvinish kerak.
Gerbitsidlar maxsus omborlarda qulflanib, preparatning nomi, ta’sir etuvchi modda miqdori, protsent miqdori va tayyorlangan vaqti yozilgan etiketga yopishtirilgan yaxshi berkiladigan mustahkam idishlarda saqlanadi. Omborlar zarur qurollar bilan jihozlangan va odamlar yashaydigan bino, suv manbalari va fermalardan kamida 200 m uzoqda bo’lishi kerak. Dalada gerbitsidlarni qarovsiz qoldirish mumkin emas. Ximiyaviy preparatlar bilan ishlash vaqti sutkasiga
6 soatdan oshmasligi kerak.
Quyidagilar: 1) tayyorlangan gerbitsid eritmasini qarovsiz qoldirish;
2) gerbitsidlardan bo’shagan va ishchi eritma tayyorlangan idishlarda mollarga yem-xashak berish, ya’ni boqish; 3) gerbitsidlardan bo’shagan idish yoki yashiklarda ichimlik suv, oziq-ovqat saqlash; 4) yuvinmasdan ovqatlanish qat’iy man etiladi.
Gerbitsidlardan bo’shagan qog’oz idish, yashiklarni yoqib, kulini ko’mib yuborish zarur. Temir idishlarga kaustik sodaning 5% li eritmasi to’ldirilib,
6-12 soat qoldiriladi, so’ngra esa bir necha marta toza suv bilan chayqaladi.
Gerbitsidlar bilan ishlash vaqtida qoidaga rioya qilmaslik oqibatida odam zaharlanishi mumkin. U quyidagicha xarakterlanadi, ya’ni odamning boshi og’rishi, aylanishi, kuchsizlanishi, ko’ngli aynib qusishi mumkin. Bunday vaqtda birinchi yordam quyidagilardan iborat: zaharlangan odamni gerbitsid ishlatilayotgan zonadan chiqarish, maxsus kiyimlarini yechib olib, yotqizish kerak. Agar gerbitsid yutilgan, ya’ni oshqozonga tushgan bo’lsa, margantsovkaning kuchsiz (och pushti rangli) eritmasini tayyorlab 0,5- 1,0 l ichirib, sun’iy qusdirish kerak. Keyin yarim stakan suvga 2- 3 choy qoshiq aktivlashtirilgan ko’mir yoki
20 g tuz solib ichirish kerak. So’ngra zudlik bilan vrachni chaqirtirish yoki eng yaqin davolash punktiga olib borish zarur.
Gerbitsid ko’zga, og’izga tushmasligi, labga, badanga tegmasligi kerak. U ko’zga tushsa, toza suv bilan, badandagisini esa sovunlab yaxshilab yuvib tashlash zarur.
Gerbitsidlar belgilangan me’yordan ortiq ishlatilsa, madaniy o’simliklarga salbiy ta’sir etadi. Bir dalaga begona o’tlarga qarshi bir xil gerbitsidni ikki yildan ortiq ishlatmaslik kerak. Aks holda begona o’tlarning zaharga chidamli avlodlari tarkib topadi, natijada ko’zda tutilgan samaraga erishib bo’lmaydi.
Tuproqqa to’planayotgan gerbitsidlar mikroorganizmlarga, ayniqsa, foydalilariga salbiy ta’sir etadi, natijada mikrobiologik jarayonlarning kechishi murakkablashadi. Oqibatda tuproqdagi foydali va zaharli mikroorganizmlar orasi-dagi muvozanat buziladi. Shuning uchun olimlar begona o’tlarga qarshi gerbitsid-larni yaratishda tashqi muhit va boshqa organizmlarga zararli ta’sir etmaydigan preparatlarni izlab topishlari kerak.
Gerbitsidlarning hammasi odam va hayvonlar uchun zaharli bo’lmasa ham, ular bilan ishlashda O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi va Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan zaharli moddalar bilan ishlaydiganlar uchun belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
Kasal odamlar, homilador va emizakli ayollar, 18-yoshga to’lmagan o’spirinlar gerbitsidlar bilan ishlashga qo’yilmaydi. Kimyoviy preparatlar bilan ishlaydigan shaxslar instruktajdan o’tishlari va maxsus kiyim (kombinzon, suv o’tkazmaydigan materialdan fartuk, etik, rezinali qo’lqop, sinmaydigan oynali ko’zoynak va raspirator) ga ega bo’lishi kerak. Ishlash joyida zaharlanganlarga vrach davolashiga qadar yordam berish uchun zarur medikamentlari bilan aptechka bo’lishi kerak. Ishlash vaqtida maxsus himoya kiyimlarini yechish, chekish va ovqatlanish qat’iy man etiladi. Ish tamom bo’lgandan keyin kiyimlar yaxshilab tozalanadi va har bir ishchiniki alohida joyga osib saqlanadi. Maxsus kiyimlarda uyga ketish yoki ularni olib ketish mumkin emas. Ish tugagandan keyin qo’l va yuzni sovunlab, dushda yaxshilab yuvinish kerak.
Gerbitsidlar maxsus omborlarda qulflanib, preparatning nomi, ta’sir etuvchi modda miqdori, foiz miqdori va tayyorlangan vaqti yozilgan etiketka yopishtirilgan, yaxshi berkitiladigan mustahkam idishlarda saqlanadi. Omborlar zarur qurollar bilan jihozlangan va odamlar yashaydigan bino, suv manbalari va fermalardan kamida 200 m uzoqda bo’lishi kerak. Dalada gerbitsidlarni qarovsiz qoldirish mumkin emas. Kimyoviy preparatlar bilan ishlash sutkasiga 6 soatdan oshmasligi kerak.
qo’yidagilar: 1) tayyorlangan gerbitsid eritmasini qarovsiz qoldirish; 2) ger-bitsidlardan bo’shagan va ishchi eritma tayyorlangan idishlarda mollarga yem-xashak berish, ya’ni boqish; 3) gerbitsidlardan bo’shagan idish yoki yashiklarda ichimlik suv, oziq-ovqat saqlash; 4) yuvinmasdan ovqatlanish qat’iy man etiladi.
Gerbitsidlardan bo’shagan qog’oz idish, yashiklarni yoqib, kulini ko’mib yuborish zarur. Temir idishlarga kaustik sodaning 5% li eritmasi to’ldirilib,
6-12 soat qoldiriladi, so’ngra bir necha marta toza suv bilan chayqaladi.
Gerbitsidlar bilan ishlash vaqtida qoidaga rioya qilmaslik oqibatida odamlar zaharlanishi mumkin. Bunda odamning boshi og’rishi, aylanishi, kuchsizlanishi kungli aynib qusishi mumkin. Bu vaqtda birinchi yordam qo’yidagilardan iborat: zaharlangan odamni gerbitsid ishlatilayotgan joydan chiqarish, maxsus kiyimlarini yechib olib, yotqizish kerak. Agar gerbitsid yutilgan, ya’ni oshqozonga tushgan bo’lsa, margantsovkaning kuchsiz (och pushti rangli) eritmasini tayyorlab
0,5-1,0 l ichirib, sun’iy qustirish kerak. Keyin yarim stakan suvga 2-3 choy qoshiq aktivlashtirilgan ko’mir yoki 20 g tuz solib ichirish kerak. So’ngra zudlik bilan vrachni chaqirtirish yoki eng yaqin davolash punktiga olib borish zarur.
Gerbitsid ko’zga, og’izga tushmasligi, labga, badanga tegmasligi kerak. U ko’zga tushsa, toza suv bilan, badandagisini esa sovunlab yaxshilab yuvib tashlash kerak.
Amaliy qism
Topshiriq: 67 gektarli gʼoʼza dalasida bir yillik begona oʼtlarga qarshi Samuray Gerbitsidining solish meʼyorini, ishchi eritmalar kontsentratsiyasini, gerbitsidlarga boʼlgan umumiy ehtiyojni va shu uchta davrda gerbitsidning samaradorligini hisoblang.
Gerbitsid qo’llash me’yori quyidagi keltirilgan formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: S - gerbitsid qo’llash me’yori, kg/ ga yoki l/ga;
D - ta’sir etuvchi moddaning me’yori, kg/ ga yoki l/ga;
V - ta’sir etuvchi modda miqdori, %
Samuray gerbidsidida mos ravishda “D” ta’sir etuvchi moddaning meyori 1-2 l\ga norma bo’yicha berilgan, biz uning o’rtacha miqdorini olamiz.
O’rtachasi 1.5 l\ga bo’lishini aniqlab oldik.
Bu yerda ta’sir etuvchi moddaning miqdori “V” norma bo’yicha samurai gerbidsidida 33 % belgilangan.
Endi ushbu berilganlarni formulaga qo’yib samurai gerbidsidining solish me’yorini aniqlab olamiz.
=4.5 l\ga
Demak S - gerbitsid qo’llash me’yori 4.5 l\ga ekan.
Gerbidsidga bo’lgan umumiy ehtiyoj esa quyidagicha
.5
Purkash uchun tayyorlangan ishchi eritmaning kontsentratsiyasi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bu yerda K - ishlatiladigan eritmaning kontsentratsiyasi, %
S - preparatning me’yori, kg/ga yoki l/ga.
R - suyuqlik (suv) sarfi, l/ga.
Samurai gerbidsidida standart bo’yicha S- qo’llash me’yori 4.5 l\ga.
Ishchi eritma tayyorlash uchun suv sarfi esa yani formuladagi R: 150 l/ga
Demak ishchi eritma konsentratsiyasi 3% li ekan.
XULOSA
Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o’tlar tufayli dunyoda har yili 20 milliard dollar atrofida zarar ko’riladi. O’zbekistonda esa har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmoqda. G’o’za qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo’qotilmoqda. Paxta yetishtirish uchun sarflangan yalpi harajatning taxminan 40%, makkajo’xorichilikda esa 25 % begona o’tlarni yo’qotishda qo’l mehnatiga sarflanishiga to’g’ri keladi.
Begona o’tlarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga keltiradigan zarariga quyidagi omillar sabab bo’ladi:
a) Tuproq unumdorligini kamayishi: Begona o’tlar tuproqning haydalma qatlamida, ya’ni o’simliklar o’zining o’sib rivojlanishi uchun oziq oladigan qavatida baquvvat ildiz tizimi hosil qiladi va oziqa moddalarni o’zlashtiradi.
b) Tuproqning qurib qolishi: Tuproqda nam yetarli bo’lmasa madaniy o’simliklar rivojlana olmaydi, ularning ko’p qismini begona o’tlar o’zlashtiradi.
Masalan, F.I.Malkov ma’lumotlariga ko’ra, Turkmanistonda yantoq bosib ketgan 1 ga yerda 1 oy ichida 653 m3 , quypechak bosib ketgan dalada esa 503 m3, nam sarflangan.
v) Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishdagi qiyinchiliklar: Masalan, begona o’tlar kombaynning ishchi organlariga tiqilib qolib normal ishlashiga halaqit beradi. Ildiz tizimi baquvvat bo’lgan begona o’tlar haydash vaqtida plugga tuproq qarshiligini oshiradi hamda plugni ishdan chiqaradi, ish sifatini pasaytiradi.
g) Ekinlarni soyalatishi: begona o’tlarning poya va barglari o’sishda madaniy ekinlardan o’tib ketadi, va ularni soyalatib qo’yadi.
d) G’o’za, g’alla va boshqa ekinlarni o’rab olishi: Masalan, qo’ypechak, chirmashib o’sadigan boshqa o’tlar ularni yetkizib qo’yib hosilni normal yig’ib olishni qiyinlashtiradi va hosilini pasaytirib yuboradi.
e) Tekinxo’r begona o’tlarning yopishib olishi: shumg’iya va zarpechak madaniy o’simliklarning ildiz va poyalariga yopishib olib, ularni shirasi bilan oziqlanadi.
j) Ekinlarda har-xil kasallik va zararkunandalarning tarqalishi: Masalan, karamguldoshlarga mansub yovvoyi turp, rango’t va boshqa begona o’tlar tekinxo’r zamburug’larning rivojlanishi uchun manba bo’lib xizmat qiladi (karam kili, soxta un-shudring kasalligi). G’alla ekinlariga tushadigan zang va boshqa zamburug’ kasalliklari bug’doyiq kabi eng xavfli begona o’tlarda rivojlanadi.
G’o’za zararkunandasi karadrina bahorda quypechakka joylashib, so’ngra madaniy o’simliklarga o’tadi.
Dehqonchilik qilinadigan yerlarni begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlashda, ularga qarshi kurashishda begona o’tlarning tarqalishini oldini olish, qiruvchi va maxsus tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Begona o’tlarni tarqalishini oldini olishda ichki va tashqi karantinni, yerga ekin ekish oldidan, ekin qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish tadbirlarini, maxsus kurashish choralari (biologik, olovli, mulchalash) bilan hamda kimyoviy kurashish (har xil gerbitsidlarni qo’llash) choralari bilan qo’shib olib borilganda eng yuqori samaradorlikka, ya’ni ekinzorlardagi asosiy begona o’tlarni 85-95 foizini yo’qo-tishga erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vorobyov S.A., Кashtanov A.N., Likov A.M., Makarov I.P. Zemle-delie. M.: Agropromizdat. 1991.
2. Ermatov A.Q. Sug’oriladigan dehqonchilik. T.:O’qituvchi. 1983.
3. Ermatov A.Q.,G’aniyev V. Dehqonchilik. T.: Mehnat. 1990.
4.Zaurov E.I. Dehqonchilikdan laboratoriya ishlari va amaliy mashg’u-lotlar T:. «O’qituvchi»,1979 .
5. Tursunxujaev Z., Bolkunov A. Nauchniyi osnovi xlopkovix sevooborotov. T.: Mehnat, 1987.
6.H.Sheraliev. M.Shodmanov Dehqonchilik. Ma’ruzalar matni T.:2004
7. Astanov R., Shodmanov M., Madraimova S. Sistema zemleldeliya .Tekst leksiy. T.: 2004.
8. O’zbekiston Respublikasining "Suvdan foydalanish to’g’risida"gi qonuni, T.1993.
9. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент, “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 56 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Қонун устиворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлиги гарови. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 47 б.
11. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 485 б.
12. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 103 б.
13. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7-февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” ги ПФ-4947-сонли Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.
Интернет сайтлари
17. www.gov.uz. – Ўзбекистон Республикаси ҳукумат портали
18. www.lex.uz. – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари
19. www.ziyonet.uz.
20. www.edu.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |