3.MASHG‘ULOT MAVZUSI: HAYVON ORGANIZMIDA YUZ BERADIGAN MODDIY O‘ZGARISHLARNI AZOT, UGLEROD YORDAMIDA ANIQLASH.
Mashg‘ulot maqsadi: organizmda yuz beradigan moddiy o‘zgarishlarni azot, uglerod va energiya balansi yordamida o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oziqalarning to‘yimliligiga to‘liqroq baho berish uchun oziqa tarkibidagi to‘yimli modalarning hayvon organizmi uchun foydali ta’sirini yoki organizmda yuz beradigan moddiy o‘zgirishlarni aniqlash kerak. Bunday o‘zgarishlarni aniqlash usullaridan biri havonlarni oziqlantirish orqali modda va energiya balansi tajribalari yordamida o‘rganiladi. Ushbu tajribalar hayvon organizmi qabul qilgan va orgizmlan chiqarilgan, uglerod va energiyani hisobga olishga asolangan. Ushbu tajribalarning qo‘laylik tomoni shundan iboratki oziqa bilan iste’mol qilingan suv, mineral modallar va vitaminlar hisobga olinmaydi, chunki ular energiya manbai hisoblanmaydi.
Azot balansi. Ushbu balans yordamida hayvon organizmida sintez bo‘lgan yoki parchalanib nobud bo‘lgan oqsil miqdori hisoblab chiqariladi. Azot balansini aniqlash tajribalarida hayvon oziqa yoki ratsion bilan qabul qilgan azot miqdorini hisobga olib, tezak, siydik va mahsulot bilan organizmdan chiqarilgan azot miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Azot balansi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
N balansi= oziqadagi N –(tezakdagi N+siydikdagi N +mahsulotdagi N) Hayvonlarning fiziologik holati va oziqlantirish sharoitiga qarab azot balansi bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba natijalari musbat, manfiy va nolga teng bo‘lishi mumkin. Natija musbat ko‘rsatkichiga ega bo‘lsa, bunda hayvon organizmida oqsilning ko‘payishi haqida dalolat beradi. Bu asosan to‘laqonli oziqlantirish natijasida yosh o‘sayotgan, bo‘g‘oz va semirayotgan hayvonlarda kuzatish mumkin.
Agar ozuqa bilan qabul qilingan azot miqdori organizmdan chiqarilgan miqdorga nisbatan kam bo‘lsa bu balans manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘ladi va organizmda oqsilning kamayishini bildiradi. Buning asosiy sababi noratsional oziqlantirish natijasida to‘qima oqsillarining energiya sifatida sarflanishi hisobiga bo‘ladi. Bundan tashqari proteinning o‘zlashtirilishiga oqsil tarkibida zarur bo‘lgan aminokislotalarning etishmovchiligi, ratsion tarkibida mineral moddalar va vitaminlarning kamligi ham sabab bo‘ladi. Azotning manfiy balansini sog‘in sigirlarda laktatsiyaning daslabki bosqichlarida ham kuzatish mumkin, bunda tana zahirasidagi oqsil sut sintezi uchun sarflanadi, bu jarayon tirik vaznning kamayishi bilan kuzatiladi.
Azot balansi nol ko‘rsatkichiga ham teng bo‘lishi mumkin, bunda oziqa bilan qabul qilingan azot miqdori organizmni tezak, siydik va mahsulot tarkibida ajralgan azot miqdoriga teng bo‘ladi. Bu asosan katta yoshdagi mollarda, o‘sish va rivojlanishdan qolgan yoki qabul qilingan protein miqdori hayotni saqlash uchun barcha modda almashinuv jarayonlari va mahsulot sifatida (sut, tuxum) organizmdan chiqarilgan tark etadigan miqdoriga teng bo‘ladi.
Ma’lumki muskul oqsili tarkibida o‘rtacha 16,67% azot saqlanadi, ushbu ko‘rsatkich va azot balansi natijasi asosida organizmda sintez bo‘lgan oqsil miqdorini hisoblab chiqish imkonini beradi.