Silos bilan bo‘rdoqiga boqish. Makkajo‘xori silosi tarkibi protein, qand va fosforni kam saqlaydi, shuning uchun ratsionning to‘la qiymatliligini ta’minlash uchun unga konsentratlar, lavlagi va mineralli qo‘shimchalar bilan boyitish lozim.
Ratsion strukturasi tahminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: silos 4045%, dag‘al oziqalar 2025% va konsentratlar 3040%. Ratsionga silos mollarning 100 kg tirik vazniga o‘rtacha 1015 kg silos va 1,01,5 kg dag‘al oziqalar kiritiladi. Ratsionning proteinli to‘yimliligini oshirish masadida sun’iy azot saqlovchi moddalardan foydalanidi. Silos bilan bo‘rdoqiga boqishda osh tuziga bo‘lgan talab 1,52,0 barobar oshadi.
Quyidagi 58jadvalda qoramollarni silosli oziqlantirish tipi bilan bo‘rdoqiga boqishning tahminiy ratsionni ko‘rsatilgan.
Senaj va konsentratlar bilan bo‘rdoiqga boqish. Senaj protien, karotin, uglevod va mineral moddalarga boy bo‘lib, ratsion tarkibida silos va pichan o‘rnini to‘lik senaj bosishi mumkin. Qoramollarni bo‘rdaoqiga boqishda faqat yaxshi sifatli senaj bilan yaxshi natijaga ega bo‘lish mumkin. Ratsionda senajning to‘yimliligi umumiy to‘yimlikga nisbatan 5060% ni tashkil etishi mumikn.
Mollarni yuqori mahsuldorligini ta’minlashning asosiy shartlardan biri, bu oziqlantirish me’yorlariga nisbatan ratsionlarni protein, fosfor, mikroelementlar, A, D va E vitaminlar bilan tenlashtirish hisoblanadi.
Jom bilan bo‘rdoqiga boqish. Jom bilan qoramollarni bo‘rdoqiga boqishda shuni hisobga olish kerakki, uning tarkibida kletchatka, yog‘ va fosfor, A va D vitamnlarni kam miqdorda saqlanadi, karotin saqlamaydi, kalsiy va kaliyga boy. YAngi olinggani jom nordon bo‘lim uning tarkibida 1,51,8% oranik kislotalar saqlanadi. Nordonligi tufayli yaxshi iste’mol qilinmaydi, shuning uchun uni edirish uchun mollar o‘rtacha 10 kun davomida astasekin urganib boriladi va 1020 kg gacha olib boriladi. Bo‘rdoqiga boqish davrida jom edirimligi 4050 kg gacha oshiriladi. Uning edirimligini oshirish uchun ratsionga 35 kg dag‘al oziqalar, shu jumladan 1,52,0 kg dukkakli o‘tlar pichani, oziqaviy yog‘ (bir boshga bir kunda 100 g), fosforli mineralli qo‘shimchalar (diamoniy fosfat, trinatriyfosfat, suyak uni, monokalsiy fosfat), osh tuzi va azot saqlovchi qo‘shimchalar.
Bo‘rdoqi buqalar ratsioniga proteinning umumiy talabiga nisbatan 2530% o‘rniga sun’iy azot saqlovchi tuzlar berish yaxshi iqtisodiy samara beradi. Proteinga bo‘lgan talabni hisobga olish uchun qo‘yidagi ekvivalentlardan foydalaniladi: 1 g mochevina 2,6 g hazmlanuvchi protienga teng, 1 g bikarbonat ammoniy 0,95, sulfat amoniy 1,2, va diamoniy fosfat 1,2 g hazmlanuvchi protein o‘rnini bosadi. Ushbu maqsadda jomni ammiak suvi bilan ham ishlav berish mumkin, buning uchun 1 t jom 2025% li 10 kg amiak suvi bilan ishlov beriladi, bu o‘z navbatida protenli to‘yimligini oshirish bilan oziqaning kislotaligigi neytrallashga yordam beradi.
Karotinga bo‘lgan talabni qondirish uchun ratsionga 1 kg o‘t uni kiritiladi. Bir kunlik iste’mol qilinadigan jom va konsentratli oziqalardan aralashma tayyorlanib bir kunda 34 mahal beriladi. Hazmlanish jarayoni me’yorda bo‘lishi va ratsion tarkibida qandprotein nisbatini 0,81,2 nisbatda ta’minlash uchun oziqaviy patoka beriladi, buning uchun patoka suvda eritilib bir kunda 12 marotaba jomni edirishdan oldin unga sepiladi. Dag‘al oziqalar ertalabki va kechki oziqlantirishda ratsionga ko‘shiladi.
YAngi olingan jom bilan bo‘rdoqiga boqishda quyidagi ratsion strukturasidan foydalanish mumkin: jom 5060%, dag‘al oziqalar 1520%, konsentratlar 2530, patoka 1015%.
Jom ser suv oziqa bo‘lganligi uchun tez aynib ketishi kuzatiladi, shuning uchun ishlab chiqarilgan kunda undan foydalanish maqsadga muvafiq. Undan samaral foydalanish uchun jom quritiladi va to‘la ratsionli granula shakldagi oziqaiviy aralashma tayyorlanadi, uning tarkibi quyidagicha (umumiy to‘yimlikga nisbatan): quritilgan jom 4060%, konsentratlar 2035%, dag‘al oziqalar 1317%, oziqaviy patoka 10%, oqsillivitamnlimineralli qo‘shimchalar 2%.
Do'stlaringiz bilan baham: |