18 – ma’ruza: Urug’lik chigit tayyorlash
Reja:
1.Urug’lik chigitni tayyorlash texnologiyasi
2.Tukli urug’lik chigitni tayyorlash texnologiyasi
3.Tuksiz urug’lik chigitni tayyorlash texnologiyasi
3.1.Ikki bosqichli uslubda tuksiz urug’lik chigitni tayyorlash texnologiyasi
3.2.Bir bosqichli uslubda tuksiz urug’lik chigitni tayyorlash texnologiyasi
1. Urugiik chigitni tayyorlash texnologiyasi
G’o’za o’simligining urugiik chigitini tayyorlashda tukli va tuksiz chigit tayyorlash
uslublariga ajratiladi.
Urugiik chigit uchun texnik talablar davlat standarti O’zDSt 663-2017 – “Urug’lik
chigit. Texnikaviy shartlar” keltirilgan. Bu standart bo’yicha paxtaning super elita, elita,
birinchi (Rl), ikkinchi (R2) va uchinchi (R3) reproduksiyalaridan olingan chigitlar urugiik
hisobida ekishga ruxsat etilgan. Ayrim paytlarda qishloq - suv xo’jaligi vazirligining
ruxsati bilan paxtaning (R4) reproduksiya chigitlaridan urugiik
sifatida foydalanish
mumkin.
Chigitning unib chiqishi uchta sinfga ajratiladi va 1-jadvalda ko’rsatilgan talablarga
javob berishi kerak. Chigitning o’sish energiyasi bo’yicha 4 ta sinfga “A”, “B”, “V” va
“G” bo’linadi.
1-jadval
Chigit
reproduksi-yasi
Narning
tozaligi,
kamida, %
Chigit
sinfi
Unib chiqishi,
kamida %
Chigit
guruhi
O’sish
energiyasi,
kamida %
Super elita, Elita
100
1
95
A
90
Rl
99
2
90
B
80
R2
98
3
85
V
70
R3
96
G
70 past
Urugiik chigit namligi, iflosligi, tukdorligi, mexanik shikastlanishi
va chigit ustida
qolgan tolasi bo’yicha 2-jadvalda ko’rsatilgan normalarga to’g’ri kelishi kerak.
2-jadval
Ko’rsatkichlar nomi
Me'yori (normasi) %
Tukli chigit
Kam tukli
chigit
Tuksizlantirilgan
chigit
Unuvchanligi, kamida
90,0
90,0
90,0
Namligi, ko’p emas
10,0
10,0
10,0
Iflosligi, ko’p emas
0,7
0,5
0,3
Mexanik shikastlanishi
7,0
8,0
8,0
Tukdorligi, ko’p emas
-
2,5
0,5
Chigit ustida qolgan tola, ko’p emas
-tukli chigitlar uchun
0,8
-
-
-tabiy tuksizlantirilgan chigitlar uchun
0,4
-
-
Chigitning kategoriyasi namligi, iflosligi va mexanik shikastlanganligi bo’yicha eng
yomon ko’rsatkich bilan aniqlanadi. Urugiik chigitlar qoplarga solinib saqlanadi.
Dorilanmagan urug’lik chigitlar 50 kg.dan ko’p bo’lmagan jut-qanop qoplarda, yoki 30
kg.dan ko’p bo’lmagan uch qatlamli nam shimmaydigan qog’oz qoplarda saqlanadi.
Dorilangan urug’lik chigitlar 30 kg.dan ko’p bo’lmagan uch qatlamli nam shimmaydigan
qog’oz qoplarda saqlanadi. Qoplar ustidagi yorlig’ida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi
kerak:
-korxona
nomi va yuridik manzili;
-tovar belgisi (agar bo’lsa);
-mahsulot nomi;
-mazkur standartning belgilanishi;
-hosil yili;
-to’da raqami;
-seleksiya navi;
-avlodi;
-unuvchanligi, %;
-urug’ dorilangan preparat nomi;
-“O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” yozuvi (respublika xududida ishlatiladigan
mahsulot uchun);
-“Made in Uzbekistan” (eksport qilinadigan mahsulot uchun).
Tuksizlantirilgan urug’lik chigit uchun yorliqda qo’shimcha ravishda tuksizlantirish
usuli ko’rsatiladi. Dorilangan urug’lik koplariga “Zaharli modda bilan dorilangan” yozuvi
yozilishi shart. Kapsulalangan urug’lik qoplarga “Kapsulalangan urug’” deb yozilishi
shart.
Urug’lik chigitlar konditsion massa bo’yicha to’dalarda qabul qilinadi. Har qanday
miqdordagi urug’lik chigit sifati bo’yicha bir xil bo’lib,
bitta kuzatuv xujjati bilan
rasmiylashtiriladi va “to’da” deb hisoblanadi. Urug’lik chigitni sifat ko’rsatkichlarini
aniqlash uchun qabul qilish – topshirish, davriy va sertifikatlash sinovlari o’tkaziladi.
Urug’lik chigitni qabul qilish – topshirishda quyidagi sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi:
unuvchanligi (O’zDSt 1128:2006), namligi (GOST 21820.2-76), iflosligi (GOST 21820.3-
76), mexanik shikastlanganligi (GOST 21820.3-76), tola qoldiqligi va tukdorligi (GOST
21820.3-76), urug’ning o’lchov bo’yicha bir xilligi (GOST 21820.4-76), dori
aralashmasining mavjudligida to’kilishi (GOST 21820.4-76) va ombor zararkunandalari
bilan zararlanganligi (GOST 21820.4-76).
Urug’lik chigitni qabul qilishda uning konditsion vazni (massasi) quyidagi tenglama
bilan hisoblanadi:
bunda:
M
h
— to’dadagi chigitning haqiqiy vazni (massasi);
W
h
— chigitning haqiqiy
namligi, %;
W
m
—
chigitning hisoblashda me’yoriy namligi,
(W
m
=10%);
C
h
— chigitning
haqiqiy iflosligi;
C
m
—
chigitni hisoblashda me’yoriy iflosligi,
(C
m
=0,5%).
Qoplangan urug’lik chigitni tashish
uchun turli xildagi usti yopiq, tegishli yuk
tashish qoidalariga javob beruvchi transport vositalaridan foydalaniladi. Dorilanmagan R2
va R3 avlod chigitlarni uyulgan holda tashishga yo’l qo’yiladi. Urug’lik chigit quruq va
yaxshi shamollatiladigan omborlarda saqlanadi. Ochiq maydonlarda urug’lik
chigitni
saqlash man etiladi. Urug’lik chigitning R2 va R3 avlodlari dorilangunganicha vaqtincha
partiyalar uyulgan holda atrofiga shu chigitdan qoplanib to’siq yasalgan holda saqlanishiga
ruxsat etiladi. Kam tukli, tuksizlantirilgan va kapsulangan urug’lik chigitni qoplanmagan
holatda saqlashga ruxsat etilmaydi. Urug’lik chigit joylashgan qoplar to’dalarda alohida –
alohida qilib yog’och tagliklarda shtabel ko’rinida taxlanib saqlanadi. SHtabellar orasidagi
masofa, hamda shtabellar va xona devorlari orasidagi masofa 1 m.dan kam bo’lmasligi
kerak. Taxlangan shtabellarning metrdagi o’lchami quyidagilardan oshmasligi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: