15 – ma’ruza: Chigitli paxta xom ashyosini jinlashning nazariy elementlari
Reja:
1.Valikli jinlash
1.1.Valikli jinlar konstruktsiyasi
1.2.Valikli jinning asosiy ish organlari
1.3.valikli jinlash protsessi
1.4.Valikli jinning ish unumi
2.Arrali jinlash
2.1.Arrali jin ta’minlagichi
2.2.Arrali jinning texnologik jarayoni.
Paxta tolasini ajratish, bu — jinlarda tolani chigitdan ajratish jarayoni xisoblanadi.
Jinlar ishchi organning konstruktsiyasiga ko’ra, arrali va valiklilarga bo’linadi. Tola
ajratishdan maqsad talab etilgan unumdorlikda maqbul sifatli va eng ko’p tola
chiqarishga erishishdir.
CHigitli paxta quritish-tozalash va tozalash tsexlarida konditsion namlikkacha
quritilib, xas-cho’plardan tozalangandan keyin zavodning bosh
korpusiga jinlash uchun
yuboriladi. Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik protsessining asosiy operatsiyasi
hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan ajratiladi. Jinlash protsessi chigitli paxtaning
tolasini chigitdan mexanik kuch bilan ajratishdan iborat. Tolaning chigit bilan bog’lanish
kuchi yakka tolaning uzilish kuchiga qaraganda 2...3 marta kam bo’lgani
uchun jinlash
protsessida o’zining tabiiy xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik,
pishganlik darajasi,
uzilish kuchlari va h.k.) saqlagan holda tubidan uzilib, chigitdan ajralib chiqadi. Ingichka
tolali paxta tolalarining chigit bilan bog’lanish kuchi o’rta tolanikidan ancha kam va
ularni tukli sirtlarga ishqalanish kuchi hisobiga ham chigitdan ajratib olish mumkin.
SHuning uchun ingichka tolali paxtalar tolasi chigitidan valikli jinlarda va o’rta
tolali
paxtalarning tolasi esa arrali jinlarda ajratiladi. Valikli jinlarning asosiy ish organi valik
bo’lib, uning tukli sorti ingichka tolali paxta tolasining sifatiga zarar yetkazmaydi. Arrali
jinlarda ish organi sifatida arrali disklardan terilgan tsilindr xizmat qiladi, bu jinda tolani
chigitdan ajratish uchun arrali disklar bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi.
Bularning paxtaga birgalikda ta’siri tola bilan chigitning sifatiga salbiy ta’sir qilishi ham
mumkin. Arrali jin kamerasida chigitli paxta valigi hosil bo’ladi. Ingichka tolali paxta
arrali jinda ishlansa tolalar valikda kuchli gajaklanib, ularda nuqsonlar paydo bo’ladi.
CHigitli paxtani jinlashda quyidagi texnologik talablar bajarilishi lozim:
chigitlardan yigirishga yaroqli tolalarning hammasini ajratish, jin ish organlarining tolaga
ta’siri natijasida tola va chigitda nuqsonlar paydo bo’lmasligi; chigitli paxta bo’lakchalari
jindan chiqayotgan tola yoki chigitga qo’shilib ketmasligi; o’luk va iflos aralashmalardan
tozalash effekti yuqori bo’lishi; chiqayotgan chigitning tukliligini va o’lukdagi tola
miqdorini rostlash imkoniyati bo’lishi kerak.
Jinlash protsessida tolani iflosliklardan qisman tozalash va toladan o’lukni ajratish
bilan birga quyidagi nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin: chigit po’chog’ining bo’lakchasi
yopishgan tolalar, uzilgan
va shikastlangan tolalar, tugunchalar,
buralib qolgan tolalar,
gajaklar, puch chigitlar. Jinlash nuqsonlarini paydo qilmaslik uchun jinlarni va boshqa
mashinalarni texnologik talablarga muvofiq ishlatish va ularni doim durust holda saqlash
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: