Ekish usullari va o‘simliklarni joylashtirish shakllari
.
Ochiq maydonlarda sabzavot yetishtirishdagi progressiv mexanizat-siyalashgan
texnologiyalarning eng zarur elementlaridan biri o‘simliklarni tegishlicha to‘g‘ri
joylashtirish shakllaridir. Ekin maydoniga bir xil miqdordagi o‘simliklar turlicha
joylashtirilsa, demak ularning oziqlanish maydonlari konfiguratsiyasi (shakli) ham
turlicha bo‘ladi.
111
Shunga ko‘ra o‘simliklarning joylanish zichliklarining ta’siri kuchsizlanishi
yoki kuchayishi mumkin. Tashqi muhit omillarida unumli foydalanish yo‘llaridan
biri o‘simliklarning oziqlanish maydonlarini to‘rtburchak yoki teng tomonli. Uch
burchakka yaqinroq shaklda bo‘lishini ta’min-lashdir.
O‘simliklarni yakka-yakka holda joylashtirish uyalanishga (2-3 donadan
joylashga) nisbatan yaxshi natija beradi. Oddiy qatorlab ekishda yosh o‘simliklar tez
orada bir-birlarini qisa boshlaydi. Bu holat barvaqtroq yaganalashni taqozo qiladi.
Urug‘larni maxsus aniq punktirlab joylash-tiruvchi seyalkalarda ekishda esa
o‘simliklarni yaganalashga zarurat qolmaydi. Keng hoshiyali ekishda urug‘ sarflash
oddiy qatorlab ekishdagidek keng miqdorda bo‘lsa, maysalar oraliqlari keng bo‘lishi
tufayli o‘simliklarni yaganalashga hojat qolmaydi.
Qatorli ekishlar o‘simliklarning o‘zaro joylanishlariga ko‘ra: torqatorli, keng
qatorli va lentasimon shaklda bo‘ladi. Torqatorlilar orasi 5
sm
dan 20
sm
gacha, keng
qatorlida - 45-180
sm
va undan ham ortiqni tashkil qiladi. Lentasimon ekishda
o‘simliklar o‘zaro yaqinlashgan bir nechta qatorlar (chiziqchalar)da joylashadi va
bunday lentalar oralig‘i egatlar traktor g‘ildiraklarining yurishi va parvarish ishlarini
olib borishga moslab kengroq qilib olinadi.
Qatorda o‘simliklarni lentasimon joylashtirish (ekish) turlicha bo‘lishi mumkin:
ozuqa maydonchalari kichik (sabzi, piyoz, rediska, ko‘katlar) ekinlar uchun 20+50
sm,
15+15+40
sm,
15+15+60
sm,
15+15+15+45
sm
va hokazo; ozuqa maydonlari
o‘rtachalar (pomidor, bodring) uchun 50+90
sm,
60+120
sm,
40+100
sm,
70+110
sm
ozuqa maydonlarini katta bo‘lishini talab qiluvchilar (qovun, tarvuz) uchun - 90+190
sm,
90+270
sm
va hokazo.
Markaziy Osiyoda keng qatorli oddiy va nuqta chizikli holda joylashtirish
usulida kartoshka, karam, baqlajon, qalampir, ertapishar pomidor, jo‘xori, dukkakli
sabzavotlar ekiladi. Lentasimon ikki-uch chizikli (qatorcha) usulda ya’nI chiziqlar
orasi 10-20
sm
va lentalar orasi 40-60
sm
li holatlarda piyoz, ildizmevalilar, ko‘katlar
ekiladi. Pomidor, 5odring, poliz ekinlarini keng egatlarda lentasimon ikki chiziq
orasi - 50-70
sm
va lentalar orasi 70-120
sm,
keng qator oralarida sug‘orish egatlari,
shuningdek, poliz ekinlazi uchun tegishlicha 70-90
sm
va 190-300
sm
torqatorlararo
sug‘orish egatlari bilan joylashtiriladi.
Sabzavot ekish tizimi shakllarining turli-tumanligi parvarish qilish va hosilni
yig‘ishtirish ishlarida traktor va qishloq xo‘jalik mashinalaridan foydalanish ancha
qiyinchiliklar tug‘diradi va ko‘pincha, tegishli moslama-larni qayta-qayta
o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun har qaysi xo‘jalikda ekish shakllarini iloji boricha ko‘proq
universallashtirishga harakat qilish zarur. Traktor g‘ildiraklari izlari oralig‘ini 140
sm
va agregatni enlama kengligi 280 yoki 420
sm
bo‘lishi ko‘pchilik sabzavotlarni 70
sm
li qator oraliqlarida yetishtirish uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Hozirgi davrda sabzavotchilik uchun chiqarilayotgan mashinalar majmuidagi
traktorlar izlararo (koleya) kenglik 1,8
m
va agregat enlamalari 3,6 va 5,4 dan iborat.
Bular uchun sabzavot o‘simliklari qator oraliqlari 60 va 90
sm,
poliz ekinlari uchun
esa 90 va 180
sm
bo‘lishi kerak.
112
1. Issiqxona va ko‘chatxonalar tuprog‘ini zararsizlantirishning qo‘lay vaarzon
hamda samarali usullarini qayt eting.
2. Sabzavot ekinlarining sog‘lom, standart ko‘chatlarini yetishtirishningasosiy
tadbirlarini ta’riflang.
3. Plyonka ostida ertagi sabzavotlar olishda nav, relef, ekish muddati,
parvarishlash usullarining o‘rnini belgilang?
Do'stlaringiz bilan baham: |