110
–
ertagi kartoshka + kechki karam, sabzi, sholg‘om, bodring va turp;
–
ko‘k no‘xat + kechki kartoshka, karam, bodring; barcha ko‘kat sabzavotlar
(salat, ismalok, ukrop va boshkalar) + kechki kartoshka, sabzavotlar va poliz
ekinlari.ess
Ertagi sabzavotlar va kartoshkadan so‘ng iyun oyida takroriy ekin sifatida
ertapishar hamda ertagi o‘rtacha pomidor ko‘chatlarini, shuningdek, mevasi qishga
saqlanadigan kechki tarvuz va qovun navlarini ekish mumkin. Kechki sabzavotlarni
boshoqli ekinlar - bug‘doy va arpadan so‘ng ekish ijobiy natija beradi. Sabzavot
almashlab ekishda makkajo‘xorini silos uchun va tezpishar navlarini donga birinchi
va takroryy ekin sifatida ekilsa bo‘ladi.
Urug‘larni ekish ko‘chat o‘tkazish muddatlari va usullari
Ekish muddatlari
. Mamlakatimiz sabzavotchiligida urug‘lar ekish va
ko‘chatlar o‘tkazishlar quyidagi asosiy muddatlarda olib boriladi.
Erta bahorda (fevral oxirimart oyi) sovuqqa chidamli, salqin talab ekinlar: sabzi,
piyoz, lavlagi, kartoshka, karam, qo‘katlar, sabzavot no‘xati, ikki yillik ekinlar
urug‘lari ekiladi. Bu muddatda ekilgan o‘simliklar rivojlanishning boshlangich
davrlari o‘rtacha mo‘tadil haroratlarda, qishki-bahorgi namgarlik va «qora» sovuqlar
ham orasira uchraydigan paytlarga to‘g‘ri keladi. Ekinlar rivojining keyingi
bosqichlari yog‘insochinlarning keskin kamaygan, haroratning ko‘tarilayotgan
davrida o‘tadi. Ba’zan harorat 38-40
o
C ham etganida bu hol ekinlarning rivojlanishi
va hosil to‘plashlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qish oldidan yoki «to‘qsonbosti» muddat noyabr oxyridekabr boshlariga to‘g‘ri
keladi. Bunda erta bahorda ekiluvchi ekinlarning bir qismisabzi, piyoz, lavlagi, ikki
yillikdarning urug‘lari, kartoshka ekiladi va maysalashlari bahorga to‘g‘ri kelishi
ko‘zlanadi. Ushbu muddatlardan biroz barvaqg ekishga kirishilsa urug‘lar kuzgi
namgarlik va iliq-issiqlardan foydalanib bevaqt maysalab, qishki sovuqlardan nobud
bo‘lishi mumkin. Qish oldidan ekilgan ekinlar erta bahorda ekilganlarga qaraganda
bir muncha oldinroq unib chiqadi va rivojlanishga jadalroq kirishadi, hosil bir-ikki
haftacha barvaqg etilib, nisbatan mo‘l bo‘ladi.
Oktabrnoyabr oylarida, ya’ni yig‘im- terimlar davrida kuzatiladigan
yog‘ingarchiliklar bu ishlarga Halaqit ham beradi. Kuzgi muddat (avgust-sentabr)
sovukdarga chidamli ekinlar piyoz, sabzi,respublikaning janubida esa karamning
savuqbardosh navlari yetishtiriladi. Bunda ekinlar kuzdayoq maysalab, biroz o‘sib-
ulg‘ayib, ildizlari yaxshigina rivojlanib, qishlovga kiradi. Bahorda ular ancha erta
O‘sish va rivojlanishga kirishib, 1-1,5 oy barvaqg (bahorgi ekinga nisbatan) hosil
beradi. Ushbu muddat boshlarida (avgust), hosillari qish boshlanishigacha etiladigan,
ko‘kat sabzavot va gulkaram kabi ekinlar ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: