Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Ekinlarni parvarish qilish
. Sabzavot ekinlarini parvarish qilish yo‘llari 
nihoyatda xilma-xil bo‘lib, u o‘simliklarning biologik xususiyatlari va ularni 
yetishtirish usullariga qarab belgilanadi. 
Qatqaloqqa qarshi kurashish
. Sabzavotlar erta bahorda yoki kech kuzda 
ekilganda yog‘ingarchilikdan keyin ko‘pincha qatqaloq hosil bo‘ladi, buni vaqtida 
yumshatilmasa, yerda yoriqchalar paydo bo‘lib, tuproqdagi nam shu yoriqchalar 
orqali bug‘lanib isrof bo‘ladi. Kartoshka, makkajo‘xori, ko‘k no‘xat kabi urug‘i 
chuqur ekilgan ekinlarni qatqaloq bosganda uni qatorlarga ko‘ndalang qilib sixli yoki 
BS-2, yoxud BSO-4 to‘rsimon boronalar bosib yumshatiladi. Agar urug‘lar unib 
chiqa boshlayotgan bo‘lsa, boronalar rotatsion motiga (yulduzcha)lar bilan 
almashtirilgani ma’qul, shunda maysalar kamroq shikastlanadi. 
Qatqaloq hosil bo‘lishining oldini olish uchun ekin ekilgandan keyin qator va 
uyalar ustiga go‘ng yoki chirindi sochib mulchalash ayniqsa foydaladir. 
Yaganalash
ekinlarni parvarish qilishdagi eng ma’suliyatli ishlardan biridir. 
Muddatidan kechiktirib yaganalash o‘simlik mevalari (piyozi, ildiz-mevalari va 
boshqalar) mayda bo‘lib qolishiga, shaklining o‘zgarishiga va hosilning keskin 
kamayishiga sabab bo‘ladi. Sabzavot ekinlari, odatda, 2-3 marta yagana qilinadi, 
birinchi navbatda nimjon, majmag‘il o‘simliklar yulib tashlanadi. Ekinlar ko‘pincha 
sug‘orilgandan keyin qo‘lda yaganalanib, ortiqcha nihollar ildizi bilan sug‘urib 
olinadi. 


115 
Lekin bunda qoldirilgan o‘simliklarning mayda ildizchalari doim shikastlanadi. 
Shuning uchun shikastlangan ildizlari sekinlik bilan tiklanadigan qovoqdoshlarga 
mansub sabzavotlarni ildiz bo‘g‘ziga yaqin joyidan chilpish tavsiya qilinadi. 
O‘toq qilish
. Sabzavot ekinlari agrotexnikasida o‘toq qilish muhim tadbirlardan 
hisoblanadi. Piyoz, ildizmevalar kabi past bo‘yli va sekin o‘sadigan sabzavotlar 
begona o‘tlardan, ayniqsa, qiynaladi, agar ekinlar begona o‘tlardan vaqtida 
tozalanmasa, ular butunlay nobud bo‘lishi mumkin. 
Ekin qator oralaridagi begona o‘tlar kultivatsiya vaqtida yo‘qotiladi. Ekinlar, 
odatda sug‘orilgandan keyin o‘toq qilinadi va bu har 15-20 kun oralatib,2-3 marta 
takrorlanadi. Ko‘pincha, o‘toq qilish yaganalash bilan qo‘shib olib boriladi. Qo‘lda 
o‘tash, ayniqsa, piyoz, ildizmevalarni o‘tash ko‘p mehnat talab qiladi, bunda 
gektariga 30-40 va undan ham ko‘proq kishi kuni sarflanadi. Shuning uchun 
sabzavotchilikda ekinlarni gerbitsidlar yordamida kimyoviy usul bilan o‘toq qilish 
katta ahamiyatga molikdir. 
Sabzavotchilikda begona o‘tlarni yo‘qotish uchun asosan istiqbolli katta 
quyidagi gerbitsidlar ko‘p tarqalgan: 
1.
Traktor kerosini
- kontakt ta’sir etuvchi geribitsid. 
2.
Kaltsiy tsianamid
- kontakt ta’sir etuvchi geribitsid. 
3.
Dixloral mochevina
- sistemali ta’sir etuvchi kukunsimon gerbitsid. 
4.
Prometrin
- kukunsimon preparat, tarkibida 50% ta’sir etadigan modda bor. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish