7
biologik faol moddalar ko’p bo’lganligi uchun ularni “salomatlik sarchashmalari”
deb ham yuritiladi. Sabzavotlar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan
vitaminlarni 15 tasi mavjuddir, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsitlar va boshqa
biologik faol moddalarning ko’pligi ular insonlarning muhim oziqa moddasi
ekanligidan dalolat beradi. SHunga ko’ra aholi hayotini davomiyligi va mehnatga
layoqatliligi sabzavotchilikni rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan buning chuqur e’tirof etilgani bois, sabzavot
va poliz ishlab chiqarish hajmi yiliga ortib bormoqda. Jaxonda 2013 yilda 376,4
mln.t. kartoshka ishlab chiqarilgan.
2011-2013 yillar bo’yicha jahonda yiliga eng ko’p kartoshka ishlab
chiqaruvchi birinchi beshlikka quyidagi davlatlar kirgan: Xitoy (85,9 mln.t.),
Hindiston (45,0 mln.t.), Rossiya Federatsiyasi (29,5 mln.t.), Ukraina (23,2 mln.t.)
AQSH (19,1 mln.t.). Ikkinchi beshlikda Germaniya (10,6 mln.t.) yetakchi bo’lib,
undan so’ng Polsha (9,09 mln.t.), Bangladesh (8,2 mln.t.), Belorussiya (6,9 mln.t)
va Gollandiya (6,7 mln.t.). Frantsiya – 6,3 mln.t., Eron-5,4 mln.t. Kanada, Buyuk-
Britaniya, Misr, Peru, Aljir va Pokiston davatlari 4 mln.t dan ortiq kartoshka
ishlab chiqarmoqdalar.
Sersuv mevasi va etli qismi oziq-ovqatga ishlatiladigan bir yillik, ikki yillik
va ko’p yillik o’tchil o’simliklar sabzavotlar deb ataladi.
Ilgarilari sabzavot ekinlari asosan tomorqalarda-sabzazor-larda o’stirilgan.
Qovun, tarvuz, qovoqlar esa maxsus uchastkalarda-polizlarda yetishtirilgan.
Sabzavot yoki poliz ekinlari degan nom ana shundan kelib chiqqan bo’lib,
sabzavotchilik yoki polizchilik deyiladi.
Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligida eng qadimiy asosiy va yetakchi
tarmoqlardan hisoblanadi. Sabzi, sholg’om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam,
bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Markaziy Osiyoda, ya’ni bizda
qovun eramizdan ilgari ham yetishtirilgan.
Hozirgi paytda sabzavot ekinlari dunyoning barcha mamlakatlarida o’stiriladi.
Sabzavotchilik - qishloq xo’jaligining muhim sohasi bo’lish bilan birga, fan
sifatida uning maqsadi - sabzavot ekinlari biologiyasini o’rganish va shu asosda
mahsulot birligiga kam mehnat, mablag’ sarflab, yuqori, sifatli hamda arzon
mahsulot etishtirish texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab
chiqishdan iborat.
Sabzavotchilik - o’simlikshunoslikning ajralmas tarkibiy qismidir. SHuning
uchun sabzavot ekinlarini hamma vaqt ham boshqa ekinlardan ajratib bo’lmaydi.
CHunki, karam, kartoshka, sabzi, qovoq, lavlagi, tarvuz, makkajo’xori kabilarni
sabzavot ekini sifatida oziq-ovqatga, chorva mollari uchun yem-xashak va texnik
maqsadlarda ishlatish uchun xom ashyo sifatida etishtirish mumkin.
Lekin, sabzavotchilik o’simlikshunoslikning boshqa tarmoqlaridan quyidagi
xususiyatlari bilan farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: