Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Mineral paxta.
Mineral paxta 80 yillarda Daniyada paydo bo‘lgan. Birinchi 
marta undan daniya «Grodaniya AG» firmasi foydalanaboshladi. Uni xarakatlari 
tufayli mineral plitalar sinovdan o‘tkazildi va buto‘n Yevropada mineral paxtani 
substrat sifatida qabul qilaboshladilar. U oson namlanadi va quriydi, hamda ildiz 
atrofida havo va suvni maqbul nisbatini ta’minlaydi. 
Plitalarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajribalar muvaffaqiyatli ortib borgan sari 


51 
ularni ishlab chiqarish takomillashib borgan. Boshida vertikal tolali plitalar paydo 
bo‘ldi, so‘ng ancha tejamkor, havo va suv nisbati sal kamroq zichligi pastroq, ammo 
foydalanish davri ancha qisqaroq bo‘lgan plitalar chiqarilabosh-landi. Yaqinda ayrim 
ekinlar talabini qondirish uchun turli zichlikdagi, buyurtma orqali plita chuqurligida 
suvni tarqalishiga, uni oqib va to‘yinishiga imkon beruvchi plitalar paydo bo‘ldi. 
Mineral paxtani, yana toshli paxta deb ham ataydilar, uni bazaltli tog‘ jinslaridan 
yoki o‘nga o‘xshash diabazlardan ishlab chiqaradilar. Maydalangan tog‘ jinslari koks 
bilan aralashtirib 1600

S haroratda erish nuqtasigacha qizdir-iladi. So‘ng erigan 
materialga oz-ozdan oxaktoshlar, fenol asosida tayyorlangan namlashtiruvchi agent, 
plitalarni ishlab chiqarish uchun tolalarni birga birlashtiruvchi organik polimer qo‘shib 
tolalar qilinadi. 
Minerallashgan paxta plitalar uzluksiz ekin eqilganda o‘ziga xos struktura-ni 4 yil 
davomida va har bir yangi ekin oldidan bug‘ bilan sterilizatsiya qilinib bir yillik 
ekinlar uchun takroran foydalanilganda 3 yil davomida saqlab turadi. Pastroq 
zichlangan plitalar qisqaroq foydalanish davriga ega, lekin ularni ham sterilizatsiya 
qilib doyimo foydalanish, agar ularni sifati yaxshi bo‘lsa, kamida yana bir marotaba 
foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda turli xususiyatlarga ega 
bo‘lgan, sotuv markalari turlicha mini plitalardan foydalaniladi. 
«Grodan» mineral paxtani chiqaruvchi Qradaniya AG Daniya kompaniyasi suv 
va oziq moddalarni ayrim olingan to‘shaklarni turli joylarida va turli to‘shak-larni 
issiqxonalarda ham bir me’yorda taqsimlanishini ta’minlaydigan Qrotop Master va 
Qrotop Expert mineral substratlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Koreliyada 
(Rossiya) «Gravilen» mineral paxtasi chiqarilmoqda. 
Mineral paxtani asosiy avzalligi – uni tozaligi va sug‘orish jadalligini tegishli 
ravishda sozlash va ildiz joylashgan muhitda havo va suv nisbatini ta’-minlab berish 
qobiliyatidadir. 
Ekin va substrat issiqxona tubidan (polidan) har doyim to‘la ajralgan bo‘lishi 
kerak. Uni odatda tuproq yuziga polietilen choyshablarni, gazlama, tarnovlarni joylash 
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mineral plitalar yer yuzidan (polidan) yuqorida 
tarnovlarda yoki so‘kchalarda (stelajlarda) o‘rnatilgan bo‘li-shiga qaramasdan, 
substratga qandaydir ildizni kasallantiruvchi mikroorganizm-larni tushishini oldini 
olish uchun yer yuzini (polni) qoplash zarurdir. 
Mineral paxtani muhim xususiyati uni strukturada suv va havo o‘rtasidagi 
muvozanatni sozlab ushlab turish qobilyatidir. Mineral paxtali ekin (o‘simlik) hech 
qachon na qurib qolishdan, na ko‘llanib ketishidan, na kislorod ochligidan 
qiynalmaydi. Minerallashtirilgan plita hajmida tola faqat 5% ni, g‘ovakli muhit esa 
95% ni tashqil qiladi. To‘la namlanib to‘yintirilgan plita tarkibida 65% ga yaqin suv 
va 30% ga yaqin havo tashqil topgan, ya’ni 10 litrli, uzunligi 1 m bo‘lgan plitada 6 l 
dan ortiq suv mavjud. 
Mineral paxta torfga qaraganda quyidagi avzalliklarga ega: 

yuqori g‘ovaklilikka va havo hamda suv nisbatlarini yaxshi saqlab turish 
qobiliyatiga; 

kimyoviy inert; 


52 

strukturali barqaror va o‘zgarmas sifatiga; 

uni par va kimyoviy usullarda strelizatsiya qilish hamda takroran bir necha 
aylanishlarda foydalanish mumkin. 
Agar mineral paxtali ekin namlanganda u 15% kam bo‘lmagan suvni o‘zida 
saqlasa, bunda u hech qachon suvni yetishmovchiligidan yoki oshib ketishidan qiynal-
maydi. Agar plita asosida suvni bemalol oqib ketish imkoni bo‘lsa, ekin hech qachon 
chanqab qolishdan qiynalmaydi, Chunki sug‘orishlar orasida yetarli tannafus bo‘l-
ganda, paxta yana 30% yaqin havoni to‘playdi. 
Suvda yuqori miqdorda tuzlarni bo‘lishi tuproqli ekinlar uchun yaroqsizdir, 
mineral paxtali ekinlar uchun esa halokatlidir. Sifatsiz suv mineral paxtada 
yetishtirishni boshqarishni qiyinlashtiradi. 
Mineral paxta buto‘nlay inert, shu bois ekinlar uchun oziq eritmalarni to‘liq 
tushishini doimo ta’minlash zaruriyati mavjud. Ekinlar uchun bir qancha eritmalar 
mavjud, buning uchun kompyuter orqali boshqariladigan aralashma tayyorlaydigan bir 
bakdan boshlab, to aralashma tayyorlaydigan bir necha bakli qurilmalar bor. 
O‘simliklar alohida kichik hajmli plitalarda 2-3 dan yetishtiriladi. Shu bois har 
bir sug‘orishda, har bir plitaga bir xil hajmda oziq eritma berilishi muhimdir. 
Me’yorlab sug‘orish va sug‘orish tizimidan to‘g‘ri foydalanish mineral pahtada 
yetishtirishning asosiy omili hisoblanadi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish