Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Agregatoponika
– bu ekinlarni nam sig‘imi kam granullangan (maydalangan) 
oziqa bo‘laolmaydigan qattiq neytral substratlarda o‘stirishdir. Bunda substrat va ildiz 
sutka mobaynida 1-5 marta oziq eritmada namlanib turiladi. Sobiq SSRIda 70-80 


48 
yillarda qo‘llanilgan. 
Substrat sifatida o‘lchami 5-10 mm (70%) va 25-35 mm (20%) bo‘lgan granit 
maydanlangan tosh (shebenka), shag‘al, keramzit, kamdan-kam hollarda qum, verma-
qo‘lit va polimer materiallardan foydalaniladi. Substratlar havo va namlik yaxshi 
o‘tkazadigan, ildizlarni erkin o‘sishi va yaxshi ho‘llanishi uchun sharoit yaratadigan 
va kimyoviy inert bo‘lishi kerak. Substratlardan ko‘p yillr mobaynida foydalaniladi, 
shuning uchun ularni o‘simlik ildiz qoldiqlaridan tozalash va har yili zararsizlantirib 
(dezinfeksiya) turish zarur. Sho‘rlanib qolsa ularga kislota yoki ishqor bilan ishlov 
berilib, so‘ng toza suv bilan yuviladi. 
Substratlar tagli katta idishlarga 25-30 sm qalinlikda solinadi. Oziqali eritma 
nasos yordamida suv bostirish usuli bilan substrat sathiga 2-3 sm yetkazmasdan 
to‘ldiriladi va u sathi pastroq joylashtirilgan idishga o‘zi (rezervuarga) oqib tushadi
Eritma konsentratsiyasi hafta ichida 35-45 daqiqa mo-baynida berilib va 
tushirilib turilganda uni tarkibi 20-25% ga o‘zgaradi. Shu-ning uchun uni tarkibi 
mo‘ntazam ravishda agrokimyo nazoratida bo‘lishi zarur. pH ni mo‘ntazam ravishda 
(2-3 kun oralatib) to‘g‘irlab turish, har haftada asosiy oziqa elementlari miqdori 
bo‘yicha agrokimyoviy taxlil qilinib yetmaydigan elementlar qo‘shib boriladi hamda 
oziqali eritmani har oyda 1 marta to‘liq almashtirish nazarda tutiladi. 
Agregatoponika maxsus uskuna, avtomatika vositalarini qimmatligi, o‘rna-tish 
uchun katta mablag‘ni talab etishi, ishlatilishini ishonchsizligi, o‘simlik oziqlanishini 
mo‘ntazam ravishda agrokimyo nazoratida bo‘lishi, substratlarni qayta tiklash 
(regeneratsiya) va zararsizlantirishga katta mablag‘lar sarflanishi kabi kamchiliklari 
mavjudligi u egallagan maydonni sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. 
Agregatoponika o‘rniga yangi usul – kichik hajmli (maloob’emnaya) ekin, bosh-
qacha aytganda bu usul o‘simliklarni kichik hajmli (har o‘simlikka 5-15 l dan) 
substratlarda yetishtirishdir. Bunda odatdagi “oziqa maydoni” tushunchasi bilan birga 
“ildizni oziqlanish hajmi” tushunchasi ishlatiladi. 
Aeroponika
– bu substratsiz ekin o‘stir-ish bo‘lib, unda ildiz tizimi maxsus 
tokcha-lardagi qorong‘ilashtirilgan fazo bo‘shlig‘ida bo‘ladi. O‘simlik ildizi vaqti-vaqt 
bilan (12-45 daqiqada) 10-15 soniya davomida avto-matik tarzda oziq eritma bilan 
purkaladi
Bu usul o‘simliklarni tuproqsiz o‘stir-ishning, suvli ekinga nisbatan eng qulay 
modifikatsiyasi hisoblanadi. Aeroponika substratlarni olib kelish, tayyorlash va turli 
xildagi ishlov berishlardan ozod etib, o‘sim-liklarni qo‘ng‘ir nematoda bilan zararlan-
ishini mustasno qiladi. Elektr energiyasi bilan ta’minlashning buzilishi uslubni chuqur 
o‘rganilmaganligi va zavodda ishlab chiqarilgan namunaviy jihozlarning yo‘qligi, 
aeroponika uslubi-ning kamchiliklari hisoblanadi. 
Xemoqo‘ltura
yoki o‘simliklarni organik substratlarda yetishtirish tuproq 
aralashmasida o‘stiriladigan ekinga yaqin usul. U organik moddalarga boy minta-
qalarda qo‘llaniladi. Xemoqo‘lturada 30% li torfning yuqori qatlami, sfangali mox, 
daraxt po‘sti, qipiq, qirindi, sholi to‘poni, paxta sanoati chiqindilari, zig‘ir po‘stlaridan 
foydalaniladi. Bu substratlarni xizmat qilish muddati 1-2 yil bo‘lib, ularni ayrimlari 
oldindan ishlov berishni va muhit reaksiyasini sozlab turishni talab qiladi. Mineral 


49 
oziqlantirish asosan oziq moddalarni ustidan sug‘orib berish usuli bilan amalga 
oshiiriladi. 
Xemoqo‘lturani o‘simliklarni boshqa usullarda o‘stirishga nisbatan afzal-ligi uni 
hamma turdagi himoyalangan yerlarda qo‘llash mumkinligi, maxsus uskuna-larining 
bo‘lmasligi, xizmat muddati tugagan substratlarni organik o‘g‘it sifat-ida 
foydalanishdan iboratdir. So‘nggi yillarda uzoq muddat foydalaniladigan kokos 
substratida o‘simliklarni o‘stirish keng tarqalmoqda. 
Ionitoponika
– bu yetishtirishning yangi usuli bo‘lib, agregatoponikaga yaqindir. 
Ionitoponika usulida yetishtirilganda substrat ikki polimer smola-dan: kationit KU-27 
va anionit EDE-10P dan iborat bo‘lib, suvda erimaydigan, mustahkam va kimyoviy 
chidamli, diametri 0,3-1,5 mm sariq granuldir. Kationit KU-2 o‘zining gidroksid 
anionlarini mineral tuzlarning anionlariga almash-tiradigan, kuchli nordon 
reaksiyalidir. Anionit EDE o‘zining OH

ionini SO
4
, NO
3
, H
2
PO
4
va boshqalar 
anioniga almashtiradi. 
Ionitoponikani agregatoponikadan farqi oziqa moddalarini sun’iy tuproq 
vazifasini bajaruvchi, substratlar tarkibiga kirishi va faqat toza suv bilan sug‘orishni 
talab qilishidir. 
Ionitoponika O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi, MDH ayrim mamlakatlarida 
laboratoriya sharoitida foydalaniladi. 
Gidroponikani har qanday usulida oziqa eritmani qo‘llash asos hisoblana-di. 
Tarkibi va oziq ionlarining nisbati har xil bo‘lgan oziqa eritmalarining yuzdan ortiq 
retseptlari ma’lum. Olti ionlar (N, P
2
O
5
, SO
4
, K, Ca va Mg) yig‘in-disi katta doirada 3 
dan 178 mg/ekv gacha o‘zgaradi. 
Yetishtirilayotgan ekinlardan yuqori hosil olish uchun eritmada oziqa elementlari 
nisbati va konsentratsiyasi optimal bo‘lishi zarur. Oziqali eritma tarkibida o‘simlik 
uchun zarur bo‘ladigan barcha makro va mikroelementlar bo‘lishi kerak. Uni tuzishda 
o‘stiriladigan ekin, yorug‘lik va harorat, yil fasli, o‘simlikni rivojlanish bosqichi va 
boshqa ekologik sharoitlardan kelib chiqqan holda mineral oziqaning ayrim 
elementlari nisbati optimal bo‘lishi hisobga olinishi kerak. Ko‘pchilik sabzavot 
ekinlari uchun oziqa eritmasi konsentratsiya-si 1,2-2,2 g/l, yoki 0,12-0,22%, 
nordonligi yoki pH – 5,6-6,9 bo‘lishi maqbuldir. V.A. Chesnokov va Ye.N. 
Bazirinalarning eng ko‘p tarqalgan oziqa eritmasi tarki-bida oziqa elementlar miqdori 
(1000 l da 1 g hisobida): kaliyli selitra – 500, superfosfat – 500, magniy sulfat – 300, 
ammiakli selitra – 200, temir xlori – 6, bor kislotasi – 0,72, marganes sulfat – 0,45,

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish