47
bilan purkaladi yoki ildizlari trubaga joylashtirilib vaqti-vaqti bilan shu truba orqali
oziqa eritma oqiziladi.
Suvli ekinlarda
o‘simliklar mineral tuzlarning suvdagi erit-masi to‘ldirilgan turli
sig‘imli idishlarda substratsiz o‘stirila-di. O‘simliklar ildizlari oziq eritmaga botib
turadi (21-rasm).
Suvli ekin uslubi Yaponiyada (xayponika), shuningdek Yevropa mamlakatlarida
tarqalgan, xususan ko‘kat ekin-larni yetishtirishda. MDH mamlakatlarida suvli ekin
tajribaviy izlanishlarda foyda-laniladi. Bu usulning keng joriy qilinishiga
foydalanishning murakkab-ligi, eritma reaksiyasining turg‘o‘n bo‘lmasligi, kislorodni
suvda yaxshi eritmas-ligi (9,4 m/l) sababli u bilan ildizni qoniqarli ta’minlanmasligi,
qo‘pol va bahaybat bo‘lishi, foydalanishni murakkabligi to‘sqinlik qiladi. Shu bilan
birga oziq eritmasi konsentratsiyasini kerakli holatda saqlash qiyinchiligini yuzaga
kelishi to‘sqinlik qiladi.
Buyukbritaniya, Germaniya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda suvli ekinlar-
ning boshqa xili yupqa qalinlikda jildiratib oqiziladigan (plyonkali) suvda o‘stiriladiga
ekin NFT (
Nutrient film Technique
) turi qo‘llaniladi. Bunda nur o‘tkazmaydigan
polietilen yoki qattiq materialdan yasalgan, uzunligi 5-20 m va eni20-25 sm bo‘lgan
yuza tarnovlar biroz qiya (nishabli) (1:100) holda ilitilgan yerga o‘rnatiladi. Tarnov
tubidan 1 mm qalinlikda, uni yuqori qis-midan ingichka truba orqali suro‘n-kali berib
turiladigan oziqali eritma oqib turadi va pastki tomoniga o‘rnatilgan idishga yig‘i-ladi,
eritma u yerdan nasos orqali asosiy rezervuarga o‘tkaziladi (22- Ko‘chat mineral
paxtali kubik-larda yetishtiriladi va u tarnov (qayiqchalarga) joylashtiriladigan, ular
orali-g‘idagi plyonka chetlari shunday buklanadiki, bunda tarnov (lotok) uchburchak
shakliga kirishi kerak. Ko‘chat o‘tkazilganidan so‘ng oldiniga oziqali eritmaning oqish
tezligi 5 l/min, nihol ildizi to‘liq rivojlanganida esa – 3 l/min tashqil qiladi.
Plyonkali gidroponika me’yorida oziqlantirish tartiboti yaratishga imkon beradi,
tuproqni zararsizlantirishdan xoli bo‘linadi, o‘simliklar aylanishini (almashinishini)
tezlashtiradi, suv, o‘g‘it va yonilg‘i sarfi kamayadi hamda mehnat xarajatlari
qisqaradi. Ammo, suvli ekindagi kabi oziqa eritmasi buferlikka ega bo‘lmaydi.
Shuning uchun eritmani nordonligi va elektr o‘tkazuvchanligi qattiq nazorat qilinadi.
Elektr o‘tkazuvchanlik ma’lum miqdorgacha pasaysa, eritma to‘g‘rilanadi
(koorektirovka).
Uni
biroz
ishqoriylashtirish
uchun
orto-fosfor
kislotasi,
nordonlashtirish uchun esa kaliy yod qo‘shib korrektirovka qilinadi.
Suvli ekinning bu turini ijobiy tomoni Shundan iboratki ildiz tizimini o‘sishi
uchun qulay sharoit yaratilishidadir. O‘simlik mo‘ntazam ravishda yetarli miqdorda
namlik, oziq moddalar va havo kislorodini oladi. Germaniyaning Grosbernedagi
sabzavotchilik instituti issiqxonaning foydali maydonini 1 m
2
da bodringda olayotgan
hosili 53 kg ni, pomidordan esa 32 kg gachani tashqil etadi. MDH mamlakatlari
xo‘jaliklari bu usulda salat va ko‘kat ekinlarni yetishtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: