284
gollandiyaning Gudman F
1
va yaponiyaning Kashmer F
1
tezpishar duragaylari
boshqalarga nisbatan yaxshi natija berar ekan.
Plyonkali tonnellarda gulkaramni yetishtirishda ko‘chatini
sifati va yoshiga
alohida e’tibor beriladi.
Gulkaram ko‘chati odatda tuproqqa pikirovka qilib yoki 6×6×6 sm, yoki
4,5×4,5×4,5 sm o‘lchamli 40% chirindi, 40% chim tuproq va g‘ovaklashtiruvchi
mater-iallardan tayyorlangan oziqali kubik va tuvakchalarda yetishtiriladi. 1 m
2
yuzaga 10-12 g urug‘ 1 sm chuqurlikka ekilib 2000-2500 dona maysa olinadi, ular
unib chiqqanidan 12-15 kun o‘tgach pikirovka qilinadi. Ko‘chat pikirovkasiz usulda
yetishtirilsa, 1 m
2
ga 3 g urug‘ sepiladi.
Gulkaram plyonkali tonnellar ostida kichik maydonlarda yetishtiriladi.
Shuning
uchun uning ko‘chatlari kuzda tayyorlab qo‘yilgan egatlarga qo‘lda ekiladi. Erta
muddatda ko‘chat ekishda tuproq namligi odatda yuqori bo‘ladi, shuning uchun ekish
oldidan va ko‘chat o‘tkazilgandan keyin sug‘orishlarga zaruriyat bo‘lmaydi.
Egatlar 70 sm oraliqda kuzda olib qo‘yiladi. Ko‘chatlar qo‘shqatorli lentasimon
usulda 90+50 sm shaklda ekiladi, buning uchun har egatning ichki yon tomonida
chuqurligi 12 sm va diametri 8-10 sm li chuqurchalar kavlanadi. Bo‘lajak bir lentaning
ikki qatori bir-biridan 50 sm oraliqda joylashadi. Lentalar orasidagi masofa (qo‘shni
lentalar orasidagi qatorlar) – 90 sm bo‘ladi.
Mart oxiri – aprel boshlarida turg‘un iliq ob-havo o‘rnatilishi
bilan gulkaram
ustidan tonnellar to‘liq ular olinib, issiqsevar ekinlar ekilgan egatlar ko‘chirib
qo‘yiladi, 5-7 kundan so‘ng esa ikkinchi marta kompleks ishlov beriladi. Birinchi
ishlovdan uni farqi, barcha qator oralarga mexanizatsiya
yordamida ishlov va oziqa
beriladi, so‘ngra bir yo‘lla traktorli okuchnik bilan egatlar olinadi. Oziqlantirilganidan
so‘ng lentaning har ikki egati bo‘ylab sug‘oriladi.
Ko‘chatlarni tuvakchasiz yetishtirish va ekish eng erta mahsulot olishga kafolat
bermaydi va iqtisodiy jihatdan ham kam samarali. 60-65 kunlik ko‘chatlar eng yaxshi
hisoblanadi. Ekish muddati va usullari gulkaramnikiga o‘xshash.
Ko‘chat
28
26
2
90
50
sm shaklda, qo‘shqatorli lentasimon usulda ekilib,
gektarga 50 ming tup o‘simlik joylashtiriladi. Ko‘chatni ekishda uni tutib ketishini
yaxshilashga e’tibor berish zarur. Ko‘chat ekilganidan so‘ng, gulkaramni
yetishtirishdagi kabi plyonkali tonnellar o‘rnatiladi, ya’ni bir tonnel bir lentaning ikki
qatori ustiga o‘rnatiladi.
Havo namligini ko‘tarish, tuproqni qizishini tezlatish va ko‘chatlarni
yaxshi tutib
olishini ta’minlash uchun tonnel o‘rnatilganidan so‘ng birinchi 3-4 kun mobaynida
ular shamollatilmay yopiq holda saqlanadi. Shundan so‘ng oftobli kunlarda
ko‘chatlarni qizib ketishidan saqlash uchun shamollatish boshlanadi. Shamollatish
jadalligi quyosh radiatsiyasiga bog‘liqdir.
Keyinchalik, lentaning tor oraliqli
egatlariga ishlov berilmaydi, chunki bu yerda
o‘simliklar bir-biriga tutashib ketadi. Keng qatorli oraliqlarga qo‘shimcha 1-2 marta
ishlov beriladi, so‘ng esa faqat sug‘orishlar o‘tkaziladi.
Karamboshning yetilishiga
ko‘ra hosili 3-4 marta teriladi. Karamboshlarni birinchi terimi may oyini birinichi
285
kunlari o‘tkaziladi.
Oqbosh karam kuzgi ekin sifatida yetishtirilganda, uni ko‘chati, ekiladigan
maydon yaqinida joylashtirilgan ochiq ko‘chatxonada yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: