Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

8-amaliy mashg‘ulot: 
Himoyalangan joylarda ko‘chat yetishtirishga oid xisoblashlar. 
Parnik-issqxonalarga kerakli maydonni hisoblash.
Ko‘chat o‘stirish uchun zarur bo‘ladigan parnik va issiqxonalar maydoni ochiq 
dalaga hamda issiqxonalarga sabzavot ko‘chatlari o‘tqazish rejasiga va ko‘chatning 
oziqlanish maydoniga bog‘liqdir. 
1 gektarga tonnel qurish uchun: 1000-1100 kg plyonka, 1300-1400 kg (6-7 ming 
yoy) sim, 250-300 dona qoziqlar, 20-30 kg kanop ip zarur bo‘ladi. Poliz ekinlarini 
yetishtirishda materiallarga talab 2 baravarga kamayadi. 
Hisoblashlarda kattaligi 160x106 sm li romning ostidagi maydonni 1,5 m
2
deb, 
kattaligi 213x107 sm li rom ostidagisini esa 2 m
2
deb qabul qilinadi. Rom o‘lchamiga
qaraganda uning ostidagi foydalaniladigan maydonning kichik bo‘lishi parnik 
qutisining o‘lchami kichik bo‘lishi bilan izohlanadi. 
O‘zbekistonda ochiq yerga ko‘chatlar yuqori sifatli dala yeri (40%), chirindi 
(40%), oldindan kompostirilangan qirindi, sholi shuluxasi yoki qumdan (20%) tashqil 
topgan tuproqlarda yetishtiriladi. Ammo 1 m3 mazkur aralashmaga quyidagi miqdorda 
mineral o‘g‘itlar qo‘shiladi (g): ammiakli selitra – 300, qo‘shsuperfosfat – 400, 
ammoniy sulfati – 400, kaliy sulfati – 400-500, mis kuporosi – 1,5, nordon ammoniy 
molebden – 3, marganes sulfat – 2,25, natriy sulfati – 0,7, sink sulfat – 0,7. 
1 ga ochiq yerga (55-60 ming dona) ko‘chat yetishtirish uchun 150-200 m2 
plyonkali issiqxonalar zarur. 1 ga plyonkali issqxonani 10 sm qalinlikda tuproq 
aralashmasi bilan to‘ldirish uchun 1000 m3 qorishma zarur. 1 m2 maydondan 
chiqadigan maysalar 2500–3000 donani, oziqlanish maydoniga ko‘ra chiqadigan 
ko‘chat soni 100 – 400 donani tashqil qiladi. 
Ko‘chat sifati;
Ekishga tayyor ko‘chat sog‘lom, yaxshi chiniqtirilgan, kattaligi 
bir xil, poyasi to‘g‘ri, so‘lish belgilarisiz bo‘lishi kerak. Ko‘chatning kattaligi: ilidiz 
bo‘g‘imidan to barglar oxirigacha 20-25 sm (kamida 15 sm) barglar soni karamda 5-7, 
pomidorda 6-8, bodring va boshqa qovoqdoshlarda 3-5 ta bo‘lishi kerak. Poyaning 
yo‘g‘onlgi karamda 4-5, pomidorda 6 mm. Mexanik xususiyati qayishqoq, ko‘chat 
tarkibida namlik 87-92% bo‘ladi. 


276 
Ko‘chatlar o‘stirish uchun parnik-issiqxona maydoniga talab ochiq dalaga ko‘chat 
o‘tqaziladigan maydonga hamda urug‘ ekish normasiga bog‘liqdir. Har bir gektar 
ochiq dalaga mo‘ljallanganda 300 – 400 g pomidor urug‘i, 350 – 400 g ertagi karam 
urug‘i, 300 – 350 g kechki karam urug‘i, 800 – 1000 g qalampir, 500 – 600 g baqlajon 
urug‘i ekish kerak bo‘ladi. Maydoni 1,5 m
2
li har bir parnik romi hisobiga urug‘ 
ko‘chat o‘stirilganda har bir romga 20 g karam urug‘i, 15 g pomidor, 30 – 35 g 
qalampir, 20 – 25 g baqlajon urug‘i eqiladi, ko‘chat yetishtiriladigan teplitsaning har 
kvadrat metriga 12 – 14 g karam, 10 – 12 g pomidor, 20 – 25 g qalampir va 14 – 18 g 
baqlajon urug‘i ketadi. 
1 gektar ochiq dalaga ko‘chat qilish uchun ketadigan urug‘ miqdorini urug‘ ekish 
normasiga taqsimlab, parniklarning urug‘ ekish uchun romlarga yoki teplitsalarning 
kvadrat metr hisobidagi maydoniga talabi aniqlanadi. Olingan natijani ochiq dalaga 
o‘tqaziladigan plandagi ko‘chat maydoniga ko‘paytirilsa, ko‘chat o‘stiriladigan umuiy 
parnik-issiqxona maydoni hosil bo‘ladi. 
Ko‘chat o‘tqazish uchun talab qilinadigan parnik-issiqxona maydoni hisoblab 
chiqarilganidan keyin, dastlab ko‘chatga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi. Buning uchun 
ko‘chat maydonini, har gektarning o‘simlik qalinligini bilish kerak bo‘ladi. 
Ko‘chatga bo‘lgan ehtiyoj odatda o‘simliklarning o‘sish qalinligidan 10 – 15% 
ortiq bo‘ladi. Bu, ko‘chat o‘tqazilshganidan keyin ehtimol tutilgan o‘simliklarning 
nobud bo‘lishiga va qayta ekish zururatiga bog‘liqdir. 
Parnik-issiqxonaning maydon birligidan ko‘chat chiqishini pikirovka vaqtidagi 
oziqlanish maydoniga qarab aniqlanadi, jumladan, karam uchun 5x5 va 6x6 sm, 
pomidor uchun 6x6, 7x7 va 7x8 sm, qalampir uchun 4x5 va 5x5 sm, baqlajon uchun 
5x5 va 6x6 sm oziqlanish maydoni mavjud bo‘lishi kerak. Tuvakchalarga ko‘chat 
o‘tqazishda oziqlanish maydoni birmuncha katta va bu tuvakchalarning kattaligiga 
qaraydi. 
Agar pikirovkalashda bitta romning maydonini yoki teplitsaning har kvadrat 
metrini o‘simliklarning oziqlanish maydoniga taqsim qilinsa, qancha ko‘chat 
chiqishini hisoblash mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga hisob qilinadigan emas, balki 
yaroqli ko‘chat miqdori hisobga olinishi lozim, ya’ni bunda nobud bo‘lganidan boshqa 
haqiqiy ko‘chat chiqishi ko‘zda tutilishi kerak. Hisob qilinganiga nisbatan 90 % ini 
yaroqli ko‘chat deb qabul qilinadi. Masalan, oziqlanish maydoni 5x6 sm li baqlajon 
ko‘chati pikirovka qilinganda bitta romdan chiqadigan hisobdagi ko‘chat 
15000:30=500 donani, haqiqiy yaroqlili 
donani tashqil qiladi. 
Talab qilinadigan ko‘chat miqdori va uning bitta parnik romidan yoki teplitsaning 
har kvadrat metridan qancha chiqishi ma’lum bo‘lgach (birinchi ko‘rsatkichni 
ikkinchisiga taqsimlab), parnik-teplitsa maydoniga bo‘lgan ehtiyoj hisoblab chiqiladi. 


277 
Sabzavot o‘stirish uchun qancha parnik-teplitsa maydoni talab qilinishi yalpi 
mahsulot yetishtirish plani hamda (parnikning romdan yoki teplitsaning har kvadrat 
maydonidan olinadigan) hosildorlikka bog‘liq. Yalpi mahsulot yetishtirish planini 
hosildorlikka taqsimlash yo‘li bilan ekin maydonga bo‘ladigan talab aniqlab olinadi. 
O‘rta Osiyoda parniklarning biologik usulda isitish eng ko‘p tarqalgan, bunda bir 
har xil turdagi biologik yoqilg‘ilar (ot, sigir, qo‘y echki gro‘nti, xonadon axlati, 
g‘o‘zapo‘choq va boshqalar) issiqlik mabai bo‘lib xizmat qiladi. Mikroorganizmlar 
ta’sirida biologik yoqilg‘ilarda parchalanish yoki yonish hodisasi ro‘y beradi, buning 
natijasida issiqlik ajraladi. Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalar yordamida sodir 
bo‘ladi
.
Tuproq-gro‘ntga bo‘lgan talab parnik nechog‘li chuqurlikda to‘ldirilishiga
bog‘liqdir. Teplitsa va parniklarda ko‘chat va sabzavot o‘stirilganda yuqori darajada 
o‘numdor strukturali tuproq aralashmalaridan foydalaniladi. Ularning tarkibiga 
chirindi, chim va dala tuprog‘i, parnik tuprog‘i va yumshat-uvchi aralashmalar kiradi. 
Ko‘chatlar o‘stirishda 10 – 12 sm qalinlikda, pikirovka qilingan karam va qalampir 
ko‘chati o‘stirilganda 12 – 15 sm, pomidor va baqlajon o‘stirilganda esa 15 – 20 sm 
qalinlikda tuproq aralashmasi solinadi. Teplitsalarga ko‘kat ekinlar yetishtirilganda 
tuproqning qalinligi 15 – 20 sm, bodring va pomidor yetishtirishda esa 25 – 30 sm 
bo‘lishi kerak. 
Tuproq aralashmasining tarkibi uning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. 
Ko‘chatlar uchun bir qism chim tuprog‘i yoki dala tuprg‘idan hamda bir yoki ikki 
qism chirindidan aralashma tayyorlanadi. Ba’zan bu maqsadlar uchun faqat chirindi 
ishlatiladi. 


278 
13- jadval 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish