8-amaliy mashg‘ulot:
Himoyalangan joylarda ko‘chat yetishtirishga oid xisoblashlar.
Parnik-issqxonalarga kerakli maydonni hisoblash.
Ko‘chat o‘stirish uchun zarur bo‘ladigan parnik va issiqxonalar maydoni ochiq
dalaga hamda issiqxonalarga sabzavot ko‘chatlari o‘tqazish rejasiga va ko‘chatning
oziqlanish maydoniga bog‘liqdir.
1 gektarga tonnel qurish uchun: 1000-1100 kg plyonka, 1300-1400 kg (6-7 ming
yoy) sim, 250-300 dona qoziqlar, 20-30 kg kanop ip zarur bo‘ladi. Poliz ekinlarini
yetishtirishda materiallarga talab 2 baravarga kamayadi.
Hisoblashlarda kattaligi 160x106 sm li romning ostidagi maydonni 1,5 m
2
deb,
kattaligi 213x107 sm li rom ostidagisini esa 2 m
2
deb qabul qilinadi. Rom o‘lchamiga
qaraganda uning ostidagi foydalaniladigan maydonning kichik bo‘lishi parnik
qutisining o‘lchami kichik bo‘lishi bilan izohlanadi.
O‘zbekistonda ochiq yerga ko‘chatlar yuqori sifatli dala yeri (40%), chirindi
(40%), oldindan kompostirilangan qirindi, sholi shuluxasi yoki qumdan (20%) tashqil
topgan tuproqlarda yetishtiriladi. Ammo 1 m3 mazkur aralashmaga quyidagi miqdorda
mineral o‘g‘itlar qo‘shiladi (g): ammiakli selitra – 300, qo‘shsuperfosfat – 400,
ammoniy sulfati – 400, kaliy sulfati – 400-500, mis kuporosi – 1,5, nordon ammoniy
molebden – 3, marganes sulfat – 2,25, natriy sulfati – 0,7, sink sulfat – 0,7.
1 ga ochiq yerga (55-60 ming dona) ko‘chat yetishtirish uchun 150-200 m2
plyonkali issiqxonalar zarur. 1 ga plyonkali issqxonani 10 sm qalinlikda tuproq
aralashmasi bilan to‘ldirish uchun 1000 m3 qorishma zarur. 1 m2 maydondan
chiqadigan maysalar 2500–3000 donani, oziqlanish maydoniga ko‘ra chiqadigan
ko‘chat soni 100 – 400 donani tashqil qiladi.
Ko‘chat sifati;
Ekishga tayyor ko‘chat sog‘lom, yaxshi chiniqtirilgan, kattaligi
bir xil, poyasi to‘g‘ri, so‘lish belgilarisiz bo‘lishi kerak. Ko‘chatning kattaligi: ilidiz
bo‘g‘imidan to barglar oxirigacha 20-25 sm (kamida 15 sm) barglar soni karamda 5-7,
pomidorda 6-8, bodring va boshqa qovoqdoshlarda 3-5 ta bo‘lishi kerak. Poyaning
yo‘g‘onlgi karamda 4-5, pomidorda 6 mm. Mexanik xususiyati qayishqoq, ko‘chat
tarkibida namlik 87-92% bo‘ladi.
276
Ko‘chatlar o‘stirish uchun parnik-issiqxona maydoniga talab ochiq dalaga ko‘chat
o‘tqaziladigan maydonga hamda urug‘ ekish normasiga bog‘liqdir. Har bir gektar
ochiq dalaga mo‘ljallanganda 300 – 400 g pomidor urug‘i, 350 – 400 g ertagi karam
urug‘i, 300 – 350 g kechki karam urug‘i, 800 – 1000 g qalampir, 500 – 600 g baqlajon
urug‘i ekish kerak bo‘ladi. Maydoni 1,5 m
2
li har bir parnik romi hisobiga urug‘
ko‘chat o‘stirilganda har bir romga 20 g karam urug‘i, 15 g pomidor, 30 – 35 g
qalampir, 20 – 25 g baqlajon urug‘i eqiladi, ko‘chat yetishtiriladigan teplitsaning har
kvadrat metriga 12 – 14 g karam, 10 – 12 g pomidor, 20 – 25 g qalampir va 14 – 18 g
baqlajon urug‘i ketadi.
1 gektar ochiq dalaga ko‘chat qilish uchun ketadigan urug‘ miqdorini urug‘ ekish
normasiga taqsimlab, parniklarning urug‘ ekish uchun romlarga yoki teplitsalarning
kvadrat metr hisobidagi maydoniga talabi aniqlanadi. Olingan natijani ochiq dalaga
o‘tqaziladigan plandagi ko‘chat maydoniga ko‘paytirilsa, ko‘chat o‘stiriladigan umuiy
parnik-issiqxona maydoni hosil bo‘ladi.
Ko‘chat o‘tqazish uchun talab qilinadigan parnik-issiqxona maydoni hisoblab
chiqarilganidan keyin, dastlab ko‘chatga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi. Buning uchun
ko‘chat maydonini, har gektarning o‘simlik qalinligini bilish kerak bo‘ladi.
Ko‘chatga bo‘lgan ehtiyoj odatda o‘simliklarning o‘sish qalinligidan 10 – 15%
ortiq bo‘ladi. Bu, ko‘chat o‘tqazilshganidan keyin ehtimol tutilgan o‘simliklarning
nobud bo‘lishiga va qayta ekish zururatiga bog‘liqdir.
Parnik-issiqxonaning maydon birligidan ko‘chat chiqishini pikirovka vaqtidagi
oziqlanish maydoniga qarab aniqlanadi, jumladan, karam uchun 5x5 va 6x6 sm,
pomidor uchun 6x6, 7x7 va 7x8 sm, qalampir uchun 4x5 va 5x5 sm, baqlajon uchun
5x5 va 6x6 sm oziqlanish maydoni mavjud bo‘lishi kerak. Tuvakchalarga ko‘chat
o‘tqazishda oziqlanish maydoni birmuncha katta va bu tuvakchalarning kattaligiga
qaraydi.
Agar pikirovkalashda bitta romning maydonini yoki teplitsaning har kvadrat
metrini o‘simliklarning oziqlanish maydoniga taqsim qilinsa, qancha ko‘chat
chiqishini hisoblash mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga hisob qilinadigan emas, balki
yaroqli ko‘chat miqdori hisobga olinishi lozim, ya’ni bunda nobud bo‘lganidan boshqa
haqiqiy ko‘chat chiqishi ko‘zda tutilishi kerak. Hisob qilinganiga nisbatan 90 % ini
yaroqli ko‘chat deb qabul qilinadi. Masalan, oziqlanish maydoni 5x6 sm li baqlajon
ko‘chati pikirovka qilinganda bitta romdan chiqadigan hisobdagi ko‘chat
15000:30=500 donani, haqiqiy yaroqlili
donani tashqil qiladi.
Talab qilinadigan ko‘chat miqdori va uning bitta parnik romidan yoki teplitsaning
har kvadrat metridan qancha chiqishi ma’lum bo‘lgach (birinchi ko‘rsatkichni
ikkinchisiga taqsimlab), parnik-teplitsa maydoniga bo‘lgan ehtiyoj hisoblab chiqiladi.
277
Sabzavot o‘stirish uchun qancha parnik-teplitsa maydoni talab qilinishi yalpi
mahsulot yetishtirish plani hamda (parnikning romdan yoki teplitsaning har kvadrat
maydonidan olinadigan) hosildorlikka bog‘liq. Yalpi mahsulot yetishtirish planini
hosildorlikka taqsimlash yo‘li bilan ekin maydonga bo‘ladigan talab aniqlab olinadi.
O‘rta Osiyoda parniklarning biologik usulda isitish eng ko‘p tarqalgan, bunda bir
har xil turdagi biologik yoqilg‘ilar (ot, sigir, qo‘y echki gro‘nti, xonadon axlati,
g‘o‘zapo‘choq va boshqalar) issiqlik mabai bo‘lib xizmat qiladi. Mikroorganizmlar
ta’sirida biologik yoqilg‘ilarda parchalanish yoki yonish hodisasi ro‘y beradi, buning
natijasida issiqlik ajraladi. Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalar yordamida sodir
bo‘ladi
.
Tuproq-gro‘ntga bo‘lgan talab parnik nechog‘li chuqurlikda to‘ldirilishiga
bog‘liqdir. Teplitsa va parniklarda ko‘chat va sabzavot o‘stirilganda yuqori darajada
o‘numdor strukturali tuproq aralashmalaridan foydalaniladi. Ularning tarkibiga
chirindi, chim va dala tuprog‘i, parnik tuprog‘i va yumshat-uvchi aralashmalar kiradi.
Ko‘chatlar o‘stirishda 10 – 12 sm qalinlikda, pikirovka qilingan karam va qalampir
ko‘chati o‘stirilganda 12 – 15 sm, pomidor va baqlajon o‘stirilganda esa 15 – 20 sm
qalinlikda tuproq aralashmasi solinadi. Teplitsalarga ko‘kat ekinlar yetishtirilganda
tuproqning qalinligi 15 – 20 sm, bodring va pomidor yetishtirishda esa 25 – 30 sm
bo‘lishi kerak.
Tuproq aralashmasining tarkibi uning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq.
Ko‘chatlar uchun bir qism chim tuprog‘i yoki dala tuprg‘idan hamda bir yoki ikki
qism chirindidan aralashma tayyorlanadi. Ba’zan bu maqsadlar uchun faqat chirindi
ishlatiladi.
278
13- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |