Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Nazorat savollar: 
1. Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima?
2. Issiqxona sabzavot ekinlari yorug‘likka talabchanligiga ko‘ra qanday 
guruhlarga bo‘linadi?
3.Yorug‘lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz?
4. Elektr yordamida qo‘shimcha yoritish va elektr nurida o‘sadigan ekin nima?
5.Me’yoridan ortiq yorug‘likni kamaytirish uchun qanday choralar qo‘llaniladi?
7-Mavzu. Gidropon issiqxonalar va ularni tuzilishi 
 
Reja; 
1. Gidropon turlari va ularning tavsifi. 
2.
Plyonkali gidroponika me’yorida oziqlantirish tartibotini yaratish. 
3.
Kichik hajmli gidroponika uchun foydalaniladigan substratlarni qo‘llash 
xossalari va xususiyatlari bilan tavsiflash. 
 
 
 
 
Uslubning qisqacha tarixi 
Gidropon uslubda yetishtirishda ildiz joylashgan 
muhit sifatida tuproq o‘rnida ishlatiladigan turli xildagi materiallar o‘simlik uchun 
ko‘proq tayanch bo‘lib xizmat qiladi, o‘simliklarni oziq-lantirish mineral tuzlarning 
suvdagi eritmasi yordamida amalga oshiriladi. Gidroponika tushunchasi grekcha 
hydor
– suv, nam va 
ponos
– mehnat, ish so‘zlaridan kelib chiqqan. O‘simliklarni 
gidroponikaga qarama-qarshi holda tuproqda yoki yerda o‘stirishni endi geoponika 
(geo – yer grekcha so‘zdan olingan) deb atalmoqda. 
O‘simliklarni tuproqsiz, sun’iy sozlanadigan sharoitda o‘stirish, oddiy issiqxona 
tuprog‘ida o‘sitirishga nisbatan afzalligi bor. Bunda issiqxona maydoni oqilona 
foydalaniladi, ildizdan oziqlanishi sharoiti yaxshilanadi, qulay suv-havo tartiboti 
sharoiti yaratiladi. Bu uslub himoyalangan yerlarda ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga katta imkonyatlar ochadi. 
Tayanch iboralar:
Gidroponika – bu umumiy tushuncha bo‘lib, 
o‘simliklarni harakatlanib (aylanib) turadigan suv muhitida tuproqsiz yetish-
tirish uslublarida qo‘llaniladigan termin. Gidroponika, kichik xajmli 
gidroponika, oziqa, substratlar
 


46 
O‘simliklarni tuproqsiz muhitda o‘stirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqar-ishida 
o‘simliklar oziqlanishini o‘rganish natijasida yuzaga kelib va u XVII-XIX asrning 
mashhur fiziolog olimlari nomlari bilan bog‘liqdir. K.A. Timiryazev o‘simliklarni 
tuproqsiz sharoitda o‘stirishni ommalashtirish maqsadida 1896 yilda Nijegorod 
yarmarkasida ko‘rgazma tashqil etgan. 
Gidroponika atamasini Kaliforniya universiteti professori U. Gerike kiritgan, 
sanoatlashgan gidroponika rivojlanishi uni nomi bilan bog‘liqdir. U 1929 yilda suv 
o‘simligi uslubini qo‘lladi. U 1 m
2
dan yil mobaynida 60 kg pomidor olishga 
muvaffaq bo‘lgan. Bu AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va 
xususan Yaponiyada takomillashtirishga asos bo‘lib xizmat qildi va 1946 yil Tokio 
yaqinida eng katta maydoni 22 gektar bo‘lgan gidroponik majmua-si qurilgan edi. 
MDH mamlakatlarida amalda gidroponikani qo‘llashga V.A. Chesnokov va 
Ye.N. Bazirinalarning 1935-1940 yillarda Sankt-Peterburg universitetida o‘tkazgan 
ishlari yordam berdi. Ular rasmiy o‘g‘itlar va texnik tuzlar asosida oziqa eritma-sini 
ishlab chiqdilar, u hozirgi davrgacha sanoatlashgan gidropon qurilmalarida 
qo‘llanilmoqda. 1950-1960 yillar mobaynida ko‘pchilik ilmiy-tadqiqot institutlari 
gidroponika usulini takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar o‘tkazdilar. 
Birinchi marta gidroponika uslubini MDH sanoat miqyosida qo‘llash 1959 yilda 
“Teplichniy” (Moskva shahri) sovxozining qishki angar issiqxonasida amalga 
oshirilgan. O‘tgan asrning 70-80 yillarida Sobiq SSRI da 120 ga issiq-xonalarda 
gidroponika uslubi qo‘llanilgan. Ularni ko‘pchilik qismi – 80 ga Ukrainada qurilgan. 
Bu davrda O‘zbekiston Qo‘yliq issiqxona kombinatida 4 ga maydonli gidroponli 
issiqxonadan foydalanilgan. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish