50
gidroponika uchun foydalaniladigan substratlar quyidagi qo‘llash xossalari va
xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Yuqori torf
sfangali botqoqliklarni yuqori qismidan tayyorlanadi, u past darajali
parchalanishga va kam qo‘llikga ega. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha u oqish, tolali, quruq
massa hisobiga uglevod va gumin kislotalaridan iborat 50% ga yaqin organik
moddalardan tarkib topgan. Tarkibida azot miqdori yuqori (20-30%), ammofosfor
(0,5%) va kaliy (0,15%) past. U suvni yaxshi singdirish va havoni o‘t-kazish
xususiyatiga, suvni ko‘proq shimish qobiliyatiga va yuqori buferlikka ega.
Yuqori torfni turli markali toylar va quruq presslangan plitalar ko‘rin-ishida
qo‘llaydilar, ularni qo‘llash, substratni yetkazib kelishga sarflanadigan xarajatlarni
kamaytiradi. MYuT (moxli yuqori torf) markali va «Novobalt» torfi 50 kg vaznli
toylarda keltiriladi, ular namlangandan so‘ng 250-300 kg gacha kattalashadi.
Belorussiyadagi «Seda» va «Dvina» korxonalari STP-1 va STP-2 (to‘yimli torfli
substrat) markali torfni ham toy ko‘rinishida chiqaradi, ammo ular neytrallashtirilgan,
o‘g‘itlar va shu jumladan mikroelementlar bilan ham boyitilgan. Rossiyada
«Fornosovo» (Leningrad viloyati) korxonasi kattaligi 29×29×5 sm vazni 2 kg li, quruq
presslangan va plyonkaga o‘ralgan torf plitalarini (taxtalarini) chiqaradi.
Namlangandan so‘ng ularni hajmi 3 marta kattalashadi. Rossiyada (Tver shahri) ZAO
«Sipeger-Xolding» eksklyuziv kompaniya vakili «Klasmann-Deilmann» asosan torfli
substrat chiqaradi. Adler sabzavotchilik tajriba stansiyasi tomonidan xo‘l presslangan
torf plitalar ishlab chiqarilgan.
Torfni qo‘lashni eng ratsional usuli – konteynerli ekin va lotoklarda yetishtirish.
Lotoklarda yetishtirilganda, lotok tubiga 2-3 sm qalinlikda maydalangan tosh
solish tavsiya etiladi, u substratdan drenaj suvini chiqib ketishini yaxshilaydi.
Substratni yuqori qatlami qurib va zahlanib ketishini oldini olish uchun, lotoklar
ustidan oq-qora plyonka yopish kerak. Ukrainada lotoklarni qo‘llash tajribasi shuni
ko‘rsatdiki, bunda teng miqdorda torf va agroperlit (2-5 mm fraksiyali)
aralashmasidan foydalanish juda samarali ekan. Bu substratda ildiz tizimini
rivojlanishi uchun maqbul suv-havo tartibotini oson saqlashga imkon beradi. Torf
o‘simliklarni mustahakam bog‘lovchi yuqori ko‘rsatkichli – 9-17% hajmini namlikka
ega ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Shu bois kampyuterli dastur yordamida
(drenajni) zahini mavjudligi va uni kimyoviy tarkibini kuzatib borish kerak. Qishda
drenaj sug‘orish me’yoridan 3-5% ni, bahorda va yozda esa – 10-25% va undan
ko‘proq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda torfni yo‘qligi, uni boshqa davlatlardan keltirish qiyinligi va
qimmatliligi tufayli kichik hajmli ekinda yuqori torfdan substrat sifatida deyarli
foydalanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: