49
oziqlantirish asosan oziq moddalarni ustidan sug‘orib berish usuli bilan amalga
oshiiriladi.
Xemoqo‘lturani o‘simliklarni boshqa usullarda o‘stirishga nisbatan afzal-ligi uni
hamma turdagi himoyalangan yerlarda qo‘llash mumkinligi, maxsus uskuna-larining
bo‘lmasligi, xizmat muddati tugagan substratlarni organik o‘g‘it sifat-ida
foydalanishdan iboratdir. So‘nggi yillarda uzoq muddat foydalaniladigan kokos
substratida o‘simliklarni o‘stirish keng tarqalmoqda.
Ionitoponika
– bu yetishtirishning yangi usuli bo‘lib, agregatoponikaga yaqindir.
Ionitoponika usulida yetishtirilganda substrat ikki polimer smola-dan: kationit KU-27
va anionit EDE-10P dan iborat bo‘lib, suvda erimaydigan, mustahkam va kimyoviy
chidamli, diametri 0,3-1,5 mm sariq granuldir. Kationit KU-2 o‘zining gidroksid
anionlarini mineral tuzlarning anionlariga almash-tiradigan, kuchli nordon
reaksiyalidir. Anionit EDE o‘zining OH
ionini SO
4
, NO
3
, H
2
PO
4
va boshqalar
anioniga almashtiradi.
Ionitoponikani agregatoponikadan farqi oziqa moddalarini sun’iy tuproq
vazifasini bajaruvchi, substratlar tarkibiga kirishi va faqat toza suv bilan sug‘orishni
talab qilishidir.
Ionitoponika O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi, MDH ayrim mamlakatlarida
laboratoriya sharoitida foydalaniladi.
Gidroponikani har qanday usulida oziqa eritmani qo‘llash asos hisoblana-di.
Tarkibi va oziq ionlarining nisbati har xil bo‘lgan oziqa eritmalarining yuzdan ortiq
retseptlari ma’lum. Olti ionlar (N, P
2
O
5
, SO
4
, K, Ca va Mg) yig‘in-disi katta doirada 3
dan 178 mg/ekv gacha o‘zgaradi.
Yetishtirilayotgan ekinlardan yuqori hosil olish uchun eritmada oziqa elementlari
nisbati va konsentratsiyasi optimal bo‘lishi zarur. Oziqali eritma tarkibida o‘simlik
uchun zarur bo‘ladigan barcha makro va mikroelementlar bo‘lishi kerak. Uni tuzishda
o‘stiriladigan ekin, yorug‘lik va harorat, yil fasli, o‘simlikni rivojlanish bosqichi va
boshqa ekologik sharoitlardan kelib chiqqan holda mineral oziqaning ayrim
elementlari nisbati optimal bo‘lishi hisobga olinishi kerak. Ko‘pchilik sabzavot
ekinlari uchun oziqa eritmasi konsentratsiya-si 1,2-2,2 g/l, yoki 0,12-0,22%,
nordonligi yoki pH – 5,6-6,9 bo‘lishi maqbuldir. V.A. Chesnokov va Ye.N.
Bazirinalarning eng ko‘p tarqalgan oziqa eritmasi tarki-bida oziqa elementlar miqdori
(1000 l da 1 g hisobida): kaliyli selitra – 500, superfosfat – 500, magniy sulfat – 300,
ammiakli selitra – 200, temir xlori – 6, bor kislotasi – 0,72, marganes sulfat – 0,45,
Do'stlaringiz bilan baham: