Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Sovuqbardosh ekinlarni yetishtirish texnologiyasi



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Sovuqbardosh ekinlarni yetishtirish texnologiyasi 
Gulkaram.
Plyonkali tonnellarda yuzaga keladigan o‘ziga xos mikroiqlim sharoiti 
yetishtiriladigan 
navlarga 
ma’lum 
talablarni 
qo‘yadi: 
haroratni 
keskin 
o‘zgaruvchanligiga va past haroratga, yuqori namlik va kasalliklarga chidamli, 
tezpishar va boshlang‘ich davrda qiyg‘os hosil beradigan; yuqori hosil va 
karamboshlarni sifati yaxshi bo‘lishi kerak. 
ToshDAU izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, plyonkali tonnellar ostida yetishtirishda 


284 
gollandiyaning Gudman F
1
va yaponiyaning Kashmer F
1
tezpishar duragaylari 
boshqalarga nisbatan yaxshi natija berar ekan. 
Plyonkali tonnellarda gulkaramni yetishtirishda ko‘chatini sifati va yoshiga 
alohida e’tibor beriladi. 
Gulkaram ko‘chati odatda tuproqqa pikirovka qilib yoki 6×6×6 sm, yoki 
4,5×4,5×4,5 sm o‘lchamli 40% chirindi, 40% chim tuproq va g‘ovaklashtiruvchi 
mater-iallardan tayyorlangan oziqali kubik va tuvakchalarda yetishtiriladi. 1 m
2
yuzaga 10-12 g urug‘ 1 sm chuqurlikka ekilib 2000-2500 dona maysa olinadi, ular 
unib chiqqanidan 12-15 kun o‘tgach pikirovka qilinadi. Ko‘chat pikirovkasiz usulda 
yetishtirilsa, 1 m
2
ga 3 g urug‘ sepiladi. 
Gulkaram plyonkali tonnellar ostida kichik maydonlarda yetishtiriladi. Shuning 
uchun uning ko‘chatlari kuzda tayyorlab qo‘yilgan egatlarga qo‘lda ekiladi. Erta 
muddatda ko‘chat ekishda tuproq namligi odatda yuqori bo‘ladi, shuning uchun ekish 
oldidan va ko‘chat o‘tkazilgandan keyin sug‘orishlarga zaruriyat bo‘lmaydi. 
Egatlar 70 sm oraliqda kuzda olib qo‘yiladi. Ko‘chatlar qo‘shqatorli lentasimon 
usulda 90+50 sm shaklda ekiladi, buning uchun har egatning ichki yon tomonida 
chuqurligi 12 sm va diametri 8-10 sm li chuqurchalar kavlanadi. Bo‘lajak bir lentaning 
ikki qatori bir-biridan 50 sm oraliqda joylashadi. Lentalar orasidagi masofa (qo‘shni 
lentalar orasidagi qatorlar) – 90 sm bo‘ladi. 
Mart oxiri – aprel boshlarida turg‘un iliq ob-havo o‘rnatilishi bilan gulkaram 
ustidan tonnellar to‘liq ular olinib, issiqsevar ekinlar ekilgan egatlar ko‘chirib 
qo‘yiladi, 5-7 kundan so‘ng esa ikkinchi marta kompleks ishlov beriladi. Birinchi 
ishlovdan uni farqi, barcha qator oralarga mexanizatsiya yordamida ishlov va oziqa 
beriladi, so‘ngra bir yo‘lla traktorli okuchnik bilan egatlar olinadi. Oziqlantirilganidan 
so‘ng lentaning har ikki egati bo‘ylab sug‘oriladi. 
Ko‘chatlarni tuvakchasiz yetishtirish va ekish eng erta mahsulot olishga kafolat 
bermaydi va iqtisodiy jihatdan ham kam samarali. 60-65 kunlik ko‘chatlar eng yaxshi 
hisoblanadi. Ekish muddati va usullari gulkaramnikiga o‘xshash. 
Ko‘chat 
28
26
2
90
50



sm shaklda, qo‘shqatorli lentasimon usulda ekilib, 
gektarga 50 ming tup o‘simlik joylashtiriladi. Ko‘chatni ekishda uni tutib ketishini 
yaxshilashga e’tibor berish zarur. Ko‘chat ekilganidan so‘ng, gulkaramni 
yetishtirishdagi kabi plyonkali tonnellar o‘rnatiladi, ya’ni bir tonnel bir lentaning ikki 
qatori ustiga o‘rnatiladi. 
Havo namligini ko‘tarish, tuproqni qizishini tezlatish va ko‘chatlarni yaxshi tutib 
olishini ta’minlash uchun tonnel o‘rnatilganidan so‘ng birinchi 3-4 kun mobaynida 
ular shamollatilmay yopiq holda saqlanadi. Shundan so‘ng oftobli kunlarda 
ko‘chatlarni qizib ketishidan saqlash uchun shamollatish boshlanadi. Shamollatish 
jadalligi quyosh radiatsiyasiga bog‘liqdir. 
Keyinchalik, lentaning tor oraliqli egatlariga ishlov berilmaydi, chunki bu yerda 
o‘simliklar bir-biriga tutashib ketadi. Keng qatorli oraliqlarga qo‘shimcha 1-2 marta 
ishlov beriladi, so‘ng esa faqat sug‘orishlar o‘tkaziladi. Karamboshning yetilishiga 
ko‘ra hosili 3-4 marta teriladi. Karamboshlarni birinchi terimi may oyini birinichi 


285 
kunlari o‘tkaziladi. 
Oqbosh karam kuzgi ekin sifatida yetishtirilganda, uni ko‘chati, ekiladigan 
maydon yaqinida joylashtirilgan ochiq ko‘chatxonada yetishtiriladi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish