Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrobiologiya fakulteti



Download 0,49 Mb.
bet12/34
Sana11.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#346693
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
Shoxrux

O'simliklar ildizining zararlanishiga buzoqboshi va uzunburun qongizlarning lichinkalari osimlik ildizlarini ustki tomonidan kemirishi yoki har xil shakldagi ichki yollar hamda ildiz uchlarida tugunak bakteriyalarini hosil qilishi kiradi.

  • O'simliklarning generativ organlari va barg kurtaklarining zararlanishiga bazi bir kapalaklar lichinkasi osimliklar qurtini tashqi va ichki tomondan kemirishi, goza tunlamlarining goza kosagini va gullarini kemirishi, olma qurtining olma va boshqa daraxtlar mevasini zararlashi kiradi.

    O’simliklarning zararkunandalar bilan zararlanganlik darajasini aniqlash, tashxis qo’yish usullarini bilish qishloq xo’jaligi mahsulotlarini hosilini saqlab qolishda muhim hisoblanadi.Jumladan karantin ob’ekti bo’lgan sitrus oqqanoti quyidagicha organiladi.

    Sitrus oqqanotlarining tarqalishini o’z vaqtida aniqlash uchun ularni boshlang’ich ko’payish markazi, tarqalish chegaralari, stitrus ekinlari ekilgan maydonlar o’rganilib chiqiladi.Sitrus oqqanotlarining tarqalish sabablarini o’rganib chiqishda ilmiy tekshirish muassasalari, fermer xo’jaliklari, dexqon xo’jaliklari va boshqa mutasaddi korxonalarning ko’magidan, shaxsiy tomorqalarda ularning egalari yordamidan foydalanish yaxshi natija beradi. O’rganib chiqish tadbirlari, ishning hajmi, bajarilish muddatlari viloyat, tuman qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari va karantin inspekstiyalari bilan birgalikda tuzib chiqiladi. Qabul qilingan tadbirlar tegishli xo’jaliklar va ilmiy tekshirish muassasalariga etkaziladi.Sitrus oqqanotlarini tarqalishini o’rganish yilda ikki marotaba amalga oshiriladi. Birinchisi: may oyining ikkinchi yarmidan 10-15 iyungacha; ikkinchisi: avgust-sentyabr oylarida o’tkaziladi. Bu oylarda ularni aniqlash oson bo’ladi.

    Katta paykallarga ekilgan stitrus va xurmo daraxtlarini o’rganishda kamida 20%, ya’ni har beshtadan bitta daraxt, bir gektardan kam maydonlarda 50-100% daraxtlar tekshirib chiqiladi.

    Tomorqalar, ko’chalar, xiyobonlar va xovlilardagi stitrus, mevali daraxtlar, xurmo, manzarali daraxt va o’simliklarning hammasi tekshirib chiqiladi.Bitta tekshiruvchi uchun kunlik tekshirish me’yori quyidagicha taqsimlanadi:





    yirik daraxtlarda

    450 -500 ta daraxt

    tomorqalarda

    350 - 400 ta daraxt

    yo’l chetidagi manzarali butalarda

    4000 - 5000 m uzunlikda

    Daraxtlarda, butalarda stitrus oqqanotlari quyidagicha aniqlanadi: tekshiruvchi daraxt shoxlarini engil silkitib ko’radi, agar shoxdan oqqanot uchib chiqsa, barglarning orqa tomoni ko’zdan kechiriladi va zararlangan barglardan laboratoriya tekshiruvi uchun nusxa ajratib olinadi.

    Sitrus oqqanoti aniqlangan har qanday hollarda tekshiruvchi har bir maydondan zararlangan barglardan (har bir o’simlikdan 5-10 barg) yig’ib konvertlarga soladi va maxsus anketa to’ldiradi. Konvertlarning og’zini yopishtirib, yaqin o’rtadagi o’simliklar karantini laboratoriyasiga 3 kundan kechiktirmay o’rganib chiqish uchun topshiradi.

    Har bir o’rganib chiqilgan xo’jaliklarda tekshiruvchi dalolatnoma tuzadi. Aholi yashaydigan joylarda umumiy tuzilgan dalolatnomadan tashqari har bir xo’jalik rahbarining familiyasi, ismi, yashash manzili, daraxtlarning soni, ularning navi va zararlanish holati to’g’risida ro’yxat tuziladi.O’tkazilgan tekshiruvlar sifati, stitrus oqqanotiga qarshi olib borilgan ishlar natijasi o’simliklar karantini davlat inspekstiyasi tomonidan joylarda takroran tekshiriladi.

    Tekshirishlarning umumiy yakuniga qarab karantin inspekstiyasi tomonidan zararkunandalarni tarqalishiga qarshi va ularni butunlay yo’qotish bo’yicha ish rejalari tuziladi.







  • Sana

    Bajarilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot

    Amaliyot rahbarining imzosi

    To’rtinchi kun

    17.06.

    2021 yil


    Filialda olgan nazariy bilimlarimiz va amaliyot rahbarimizning bergan ma’lumotlarga ko’ra, o’simliklarga zarar etkazadigan xammaxo’r zararkunandalarning bioekologiyasi va tur tarkibini o’rgandim.

    O’rta Osiyo iqlim sharoitida o’simliklarga juda ko’p xammaxo’r (polifag) zararkunandalar ziyon yetkazadi. Amaliyotda faqat bir xil o’simlik yoki mahsulot bilan oziqlanadigan (monofag) hasharot turlari juda oz (fitonomus, tut parvonasi, uzum fillokserasi va boshq.). Odatda bir oilaga mansub o’simliklarni shikastlashi mumkin bo’lgan hasharotlarni (poliz qo’ng’izi, kolorado qo’ng’izi va b.) uchratish mumkin. Bularni oligofag deyiladi. Ko’pincha esa zararkunandalar u yoki bu oziqani ko’proq yoqtirsalarda har xil o’simliklarni yoki mahsulotni shikastlashi mumkin. Ammo bularning ichida ham ashaddiylari mavjudki, ular juda ham hammaxo’r bo’lib sharoit vujudga kelib kuchli urchiganlarida xalq xo’jaligiga katta shikast yetkazishi mumkin. Bulardan eng asosiysi–to’g’ri qanotlilardir (chigirtkalar), kapalaklarning juda ko’p namunalari hammaxo’rdir. Chunonchi: tunlamlar shular jumlasidandir. Ba’zi bir yillari yaylov parvonasi ham ommaviy tusda kuchli tarqab ketishi mumkin; qo’ng’izlardan–chertmakchilar va qora qo’ng’iz; so’ruvchi zararkunandalardan: shira, o’rgimchakkana, trips, oqqanot, qalqondor va b. Bulardan tashqari, shiliqqurtlar va kemiruvchi hayvonlar (yumronqoziq, kalamush va sichqonlar) hammaxo’rdir.




    Download 0,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish