O’simliklarni yig’ish va gerbariylar tayyorlash. Gerbariylar ahamiyati. Gerbariylar turli-tuman madaniy va yovvoyi o’simliklar , kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan o’simliklar bilan tanishish va ularni o’rganish uchun zarur.
Zarur asboblar. Bir juft talaba qo’lida quyidagilar bo’lishi shart:
1. O’simliklarni yer ostki organlarini kovlab olish uchun iskana pichoq, kovlagich yoki tesha. Tikanli o’simliklar uchun tok qaychi va suv ostidagi o’simliklar uchun esa ilmoqli tayoqcha.
2. Botanika papkasi, unda o’simliklarni solish uchun kerakli miqdorda gazeta yoki qog’oz bo’lishi kerak.
3. Polietilen qopcha, unga o’simliklar joylashtiriladi.
4. Vaqtinchalik etiketkalar tayyorlash uchun kichikroq yon daftarcha.
5. Dala kundalik daftari.
6. Qalam yoki sharikli ruchka, cho’ntak lupasi, qalamtarosh.
7. Yig’ilgan gerbariy materiali keyinchalik laboratoriya sharoitida o’rganiladi.
Gerbariy etiketkasi tayyorlanib,unga joy nomi va vaqti, o’simlik nomi va gerbariy yiqqan kishini ismi va familiyasi yoziladi.
Tabiatda o’’simliklarni yig’ish qoidasi:
I. Gerbariy sifatida begona o’simliklar daraxt va butalarning alohida shoxchalari va shu hududda ko’p miqdorda uchraydigan boshqa o’simliklar olinadi.
2. Gerbariylar kunning hohlagan vaqtida, odatda, ob-havo quruq bo’lgan davrda olinadi. Nam havoda yig’ilgan gerbariylar qorayib qoladi.
3. Gerbariy uchun zararlangan yoki zararlanmagan, gullab turgan o’simliklar ildizi bilan olinadi. Daraxt, butalarni shoxchalari kesib olinadi.
4. O’simliklarni er ostki organlari tuproqdan tozalangan bo’lishi kerak. Yo’g’on ildizlarni uzunasiga o’rtasidan bo’lib, yarmi qoldiriladi.
5. O’simlik haqidagi ma’lumotlar etiketkaga yoziladi va u gerbariy qogoz’ida saqlanadi.
6 . Yig’ilgan o’simliklar gerbariy papkasida saqlanadi.
O’simliklarni quritish va preslash. Yig’ilgan o’simliklar laboratoriya sharoitida gerbariy papkasidan, gerbariy turlarida yoki pressga ko’chiriladi.
Gerbariy turlari po’lat simlardan tayyorlanadi. Quritilayotgan o’simliklarni vaqti-vaqti bilan olib, shamollatib turish kerak. Qurigan o’simliklar alohida joyda saqlanadi. O’simliklarni aniqlash va qog’ozga tikish. Yigilgan gerbariylar avval aniqlanadi. Bunda o’simlikni sistematik o’rni, ya’ni oilasi, turkumi va turi ko’rsatiladi. O’simlikni aniqlashda maxsus aniqlagichdan foydalaniladi. Gerbariylarni qog’ozga tikishda oddiy tikuv iplaridan foydalanish mumkin. Imkon darajasida qattiq qog’oz (masalan, rasm daftari) dan foydalanish maqsadga muofiqdir. Yelim,skoch yordamida ham o’simliklarni qog’ozga yopishtirish mumkin.
|