Hasharotlarning o‘simliklarga zarar yetkazishini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
Hasharotning o‘simliklarga tayyorgarlik ko'rmasdan zarar yetkazishi, ya’ni hasharotlar o‘simliklarning u yoki bu qismi yangiligida, ya’ni o‘sib turganda oziqlanadi. Bunday hasharotlarga chigirtkasimonlar, ko‘pchilik kapalaklar lichinkasi, arrakashlar va ba’zi bir qo‘ng‘izlar kiradi.
O'simliklarning skelet qismlari — tanasi, novdasi va shoxlarini zararlashi. O‘simliklarning yog‘ochlik, lub yoki po‘stlog‘ida uzun mo‘ylov qo‘ng‘izining lichinkalari turli xil yo‘l hosil qiladi. Hasharot lichinkalarining o‘simlikning novda, tana va shoxlari ichida oziqlanishi natijasida shu qismlarning shakli o‘zgaradi. Bunday zararlanishga novda, tana va shoxlar deformatsiyasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |