Mavzu bo‘yicha savollar:
Ixtisoslikka oid so‘zlardan iborat matn tuzishda nimalrga e’tibor qaratiladi?
Axborotning bosh maqsadi nima?
Axborotning mazmuniga ko‘ra mavzulari nechta?
Ma’ruzalarga ta’rif bering.
Ilmiy ma’ruzalar qanday ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin?
Ilmiy matnnig boshqa matnlardan farqli tomonlari nimada?
Topshiriqlar:
1.Taqriz va annotatsiya yozish qoidalarini o‘rganing va mustaqil ravishda ilmiy jurnal yoki ilmiy to‘plamlardan sohaga doir maqolani o‘qing va unga taqriz va annotatsiya yozing.
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаyi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (teatr, maqola)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (teatr, maqola)da hikoya qilinadi.
Kitob (teatr, maqola)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman …
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda…
… menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg‘otdi.
Kitob ( teatr, maqola) … o‘rgatadi.
Аnnоtаtsiya – bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqda so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotatsiya boshlang‘ich hujjatda so‘z boradigan savolga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |