Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva


I BOB. ATAMA VA ATAMASHUNOSLIK



Download 3,57 Mb.
bet2/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

I BOB. ATAMA VA ATAMASHUNOSLIK

  1. SOHAVIY ATAMA VA SO‘ZLARNING KELIB

CHIQISHI VA ULARNING VAZIFAVIY XUSUSIYATLARI
Tayanch so‘z va iboralar: atama va termin, tarixiylik, sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, o‘zlashtirish, milliylashtirish, dubletlar, parallellar, o‘rin egallash, xalqaro atamalar, kasb-hunar atamalari, sohaviy me’yorlashgan atamalar.
Begona tildan so‘z olmoqdan qutulgan til yo‘q. Ammo uning me’yorini bilish lozim”
M.Behbudiy
Bugungi kunda atamashunoslikning nazariy va amaliy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, atamalar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik dolzarb muammodir. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada chuqurroq tadqiq etish, ularni atamashunoslikning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha o‘rganish, bugungi kunning muhim masalalaridan biriga aylandi.
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lugʻat boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalrning oʻzbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qoʻllanishini ta’minlash dolzarb vazifa boʻlib turibdi”1.
2019-yilning 4-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” gi PQ-4479-son qarori qabul qilinishi mamlakatimizda davlat tilini yanada rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish va bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi. Mazkur qarorda mamlakatimiz ta’lim tizimida davlat tili sifatida oʻzbek tilining qoʻllanilish doirasini yanada kengaytirish, oʻzbek tiliga farzandlarimizning mehr-muhabbatini oshirish hamda tildagi ilmiy termin va tushunchalarni toʻgʻri tizimlashtirish, ularni amaliyotga keng tadbiq etish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Hozirgi kunda chetdan kirgan soʻz va terminlarning muqobilini izlash, uni kundalik muomalaga kiritish, mavjud boʻlgan soʻz va terminlarni faollashtirish, keng qo‘llash zarurdir.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
«Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda, – deb qayd etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» kitobining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu tarzda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, kasb-hunar leksikasning ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q. …termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi».
Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to‘xtalamiz.
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan2. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko‘raylik:
Chag‘ri berib qushlatu,
Toyg‘an izib tishlatu,
Tilki, to‘ng‘iz toshlatu
Ardam bila o‘klalim.

Mazmuni: (Yigitlarga) chag‘ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, Ov itini (qushlarning) izidan solib tishlataylik. Tulki, to‘ng‘iz(lar)ni tosh bilan uraylik, Yutuqlarimiz bilan maqtanaylik. Yana:


Yigitlarig ishlatu,


Yig‘ach yamish irg‘atu.
Qulan, kiyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.

Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik, Qulon, kiyik ovlataylik, (So‘ng) bayram qilib ovunaylik.


Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, kamon, o‘q otish, mergan, merganlik, eshkak, suzish, o‘zish, o‘yin, tepish, tepki, to‘p, to‘r, chovgon, qanot, qilich, yoki shaxmatga oid shatranj, shohmot/shaxmat, shoh/shax, farzin, rux, fil, ot/asp, piyoda/sipoh, mot, pot/pat, dona, oq, qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko‘plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.
H.Dadaboyevning “XI-XIV asrlar turkiy tillar yozma yodgorliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy terminologiya” mavzusida yaratilgan tadqiqot ishida oʻzbek tilidagi, jumladan, turkiy tillardagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy teritoriyaning paydo boʻlishi va tilda qoʻllanish muammolari atroflicha oʻrganilgan. Tadqiqotda Oʻrta Osiyo hududidagi turkiy xalqlar tillaridagi yurt, ulus, baliq (“shahar” ma’nosida), yasaq (“huquq, qonun” ma’nosida), ordu, qazi, ogriliq, jaza, yugʻrush(“vazir” ma’nosida) singari bir nechta ijtimoiy-siyosiy terminlar ishlatilganligi, Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab”, Sayfi Saroyining “Guliston bit-turkiy”, Rabgʻuziyning “Qissasi Rabgʻuziy” kabi asarlaridan olingan terminlar misollar bilan dalillab berilgan. Terminlarning paydo boʻlish tarixiga, ularning yasalish qonuniyatlariga hamda boshqa tillardan oʻzlashtirilgan terminlar hisobiga boyishi masalalariga ham alohida toʻxtab oʻtilgan3.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatidan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, H.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.
Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi:

  1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.

  2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.


Xususiy

Umumiy



Bonus, kredit, krizis, investitsiya



Emissiya, boysent, bond, indent

Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kopillyar hodisalar singari atamalar yoki ximiyaga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo‘llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan birorta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi. E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, imlo, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohat, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2. Forscha-tojikcha: bastakor, doya, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3.Ruscha-baynalmilal: abzas, agronomiya, agroximiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realizm, romantizm, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
a)lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, akkomodatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, alternatsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
b) yunoncha: allegoriya, allomorf, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonim, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun iqtisodiy terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarni o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Fanning yana bir maqsadi hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan iqtisodiy terminlarni to‘plash va tizimlashtirishdan ham iboratdir.
Hozirgi bosqichda, ya’ni yuqori saviyadagi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmet va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal etish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:
1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zarurdirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi.
Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda olimlarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda.
Haqiqatan ham keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.
Terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning ayrimlarini ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan bo‘lardi. Shuning uchun ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtayi nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoxud birikmadir. Chunki har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi.
Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos maxsus terminlari bilan ish ko‘radi. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning turli soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan.
Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish urushdan keyin, asosan, 50-yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.
1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi. Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an’anasini davom ettirib, ko‘rsatilgan “Byulleten”ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi.
Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e’lon qilindi.
Atamaqo‘m mana shu tamoyillariga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlarni chiqara boshladi.



Dunyo tillarining umumiy soni hozirgi davrda 6 mingga yaqin ekanligi qayd etiladi. Bu tillarning har birining o‘z tarixi, jamiyat hayotida tutgan o‘rni bo‘lib, ular o‘zaro munosabat, hamkorlik, bir-biridan so‘z qabul qilish va o‘zlashtirish kabi xususiyatlarga ega. Bu masalalar, ayniqsa, boshqa tillardan kirib kelayotgan yangiliklarni, moddiy hayot sohasiga kirib qolgan obyektlarni iloji boricha, bir so‘z tarzida o‘zlashtiradi. Unga mahalliy tilda izoh berilib o‘tirilmay, o‘sha yangi narsa, hodisa yoki yangi tushuncha o‘z holicha qabul qilinadi. Masalan, dizel, konteyner, kompyuter, internet, onlayn. So‘z o‘zlashtirilayotgan tilda o‘zlashayotgan so‘zning sinonimi yoki ekvivalenti bo‘lishi va uning parallel qo‘llanilish holati ham obyektiv jarayondir. Masalan, buxgalter-hisobchi. Bunday o‘zlashmalar bir xil denotatni anglatadi, degan gap emas. Ular o‘zlarining juz’iy ma’no bo‘yoqlari, qo‘llanilish o‘rni va maqsadlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ayrim o‘zlashmalarning ma’nosi o‘zlashayotgan tilda yana bir sifatlovchi talab qiladi. Shu ortiqchalik ko‘pincha o‘zlashmaning o‘zi qo‘llanilishiga olib keladi. Masalan, broyler-go‘shtdor jo‘ja.
2020-yilda chop etilgan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 mingga yaqin o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalari, fan, madaniyat, texnik va qishloq xo‘jalik sohalariga oid terminlar, tarixiy atamalar jamlangan. Masalan, broker, depozit, lizing, menejer, menejment, konsalting, diler kabi bir qancha yangi so‘zlar shular jumlasiga kiradi.



Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish