Hisobvaraqlar tizimi. Hisobvaraqlar tizimi hisob obyektlarini ularning iqtisodiy belgiariga qarab guruhlashtirishga asoslangan. Hisobot davri mobaynida xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida turli-tuman muomalalar sodir bo‘ladi. Ular hisobvaraqlar tizimidan foydalanib, xo‘jalik muomalalarining ma’lum iqtisodiy mazmuniga qarab umumlashtiriladi.
Bu tizim buxgalteriya hisobini ikki tomonli tizimda yuritiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalar, xususiy firmalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan yagona hujjat hisoblanadi.
Ilmiy matnni yozish boʻyicha tavsiyalar
Tayyorgarlik bosqichi.
Bu bosqichda quyidagilarni bajarish zarur:
• axborotlarni toʻplash (oʻqish, kuzatish, suhbatlashish, soʻrovnoma oʻtkazish va hokazo);
• Siz ushbu mavzu boʻyicha aytishingiz mumkin boʻlgan masalaga doir gʻoyalarni toʻplash va tahlil etish;
• bu haqda qanday qilib yaxshiroq yozish mumkinligi haqida bosh qotirish (klaster, konseptual sxema va boshqalarning qurilishi).
1-bosqich
Ishning qoralama nusxasi – variantini tuzish
Bu bosqichda quyidagilarni bajarish zarur:
• qoralamalarda yozish;
• faqat oʻzining gʻoyalariga e’tibor qilish, hozircha shakl , bayon qilish qoidalari haqida bosh qotirmaslik;
• orada qator qoldirib yozish: tuzatish paytida yangi matnni yozish uchun joy qoladi.
2-bosqich
Tuzatish
Bu qoralama variantni yaxshilash bosqichi. U qoralamaga qaydlar qilish, tuzatishlarni kiritishdan iborat boʻladi. Bunda siz qoralamaning tuzatish kiritish kerak boʻladigan joylarini belgilash uchun koʻrsatkichlardan foydalanishingiz, qoʻshimcha varaqchalar qistirish va boshqa usullardan foydalanishingiz kerak boʻladi.
Tuzatish paytida quyidagi savollarni berishingiz kerak:
• Matnning butun mazmuni bosh mavzuga tegishlimi?
• Unda qoʻshimcha axborot talab etiladigan joylar yoʻqmi?
• Asosiy fikrni ta’kidlash uchun qaysidir soʻzlarni qoʻshish/tushirib qoldirish kerak emasmi?
• Fikrlar aniq yoki yuzaki bayon qilingan emasmi?
• Matn mantiqan tuzilganmi?
• Kirish qismi aniq yozilganmi?
• Xulosa ishonarlimi, u mohiyatga mosmi?
• Yakuniy qism matnning boshlanishi bilan bogʻlanganmi?
3-bosqich
Tahrir qilish yoki korrekturani oʻqish
Ushbu yakunlovchi bosqich matnning qoralama vaiantini tuzish va tuzatishdan keyin boshlanadi. Sizning vazifangiz matnda orfografik, grammatik va uslubiy xatolar boʻlmasligidan iborat. Buning uchun Siz oʻzingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak:
• Hamma soʻzlar ham toʻgʻri yozilganmi? (Yozilishiga ishonchingiz komil bo‘lmagan soʻzlarning tagiga chizing va ularni lug’atga qarab tekshiring).
• Hamma gaplar ham tugallangan fikrni bildiradimi?
• Choʻzilib ketgan gaplar yoʻqmi, ularni alohida gaplarga boʻlish kerak emasmi?
• Tinish belgilari: vergullar, tire, ikki nuqta, nuqtali vergullar toʻgʻri qoʻyilganmi?
• Barcha xatboshilarda chekinish qoʻyilganmi? (Har qanday yangi fikr xatboshidan boshlanishi kerak).
Ilmiy matnlarni yozishda duch keladigan qiyinchiliklar:
a) til boʻyicha (grammatik, leksik);
b) mazmunni berish bilan bogʻliq qiyinchiliklar (mantiqiylik, bayonning bogʻliqligi);
v) matn asosiy funksional tiplarining oʻziga xos xususiyatlari va ularni tashkil etish qoidalarini bilmaslik bilan bogʻliq qiyinchiliklar;
g) matnni rasmiylashtirish qoidalarini bilmaslik bilan bogʻliq qiyinchiliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |