Mavzu bo‘yicha savollar:
Atama va termin haqida tilshunos olimlarning fikrlari qanday?
Atamalar qaysi davrdan boshlab shakllangan?
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish va tartibga solish qachon boshlangan?
Chetdan qabul qilingan atamalar qaysi yo‘nalishda o‘rganiladi?
Topshiriqlar:
Turli davrlarda me’yor sanalgan qishloq xoʻjaligi sohasiga oid soʻzlarga misollar keltiring.
Namuna: mirob, batrak…
Shevada qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi sohasiga oid soʻzlarga misollar keltiring.
Namuna: ayram-oqar suvning eng chuqur joyi, ajavaqa-rivojlanmay
qolgan, alapi-yetilmagan xom joʻxori.
Innovatsiya, kredit, marketing kabi iqtisodiy atamalarning ma’nosini izohlang va ular ishtirokida kichik matn tuzing.
Mavzu bo‘yicha testlar:
Atamalarning shakllana boshlagan davrini ko‘rsating.
afsona, qahramonlik dostonlarida
Tunyuqoq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda
XX asrning 20-yillarida
XIX asrning 50-yillarida
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying.
Termin – … maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lib, ishlab chiqarish, fan va texnika tilida mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir.
umumadabiy tilning
og‘zaki va yozma nutqning
tilning
ilmiy uslubning
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish va ularni tartibga solish boshlangan yillarni belgilang.
XX asrning 50-yillarida
XIX asrning 70-yillarida
XX asrning 20-yillarida
1989-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |