2.2-§. Tadqiqotlar obyekti va usullari
Tadqiqotimizning obekti Oltinko‘z (Chrysopa carnea) - samarali hammaxo‘r yirtqich kushanda hasharotdir. Oltinko‘zning faqat lichinkalari samara beradi. U barcha hayotiy shakllar: tuxum, qurt, g‘umbak bilan oziqlanishi mumkin. Ammo oltinko‘zning lichinkalarini boqib etkazish qiyin bo‘lgani uchun (g‘uj joylashganida ular bir - birini eb qo‘yishi mumkin), odatda uning tuxum yoki etuk zoti (imago) tarqatiladi. O‘zbekiston iqlim sharoitida oltinko‘zning qariyb 11 turi aniqlangan.
Bu xil oltinko‘zlar tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va daraxtlarda ham uchraydi. Bu turlar orasida keng miqyosda tarqalgani oddiy oltinko‘z (Chrysopa carnea Steph) bo‘lib, hamma aniqlangan turlarning deyarli 90 foizini tashkil etadi. Oltinko‘zlar tillasimon och yashil tusli, juda nozik hasharotlar toifasiga kiradi.
Ularning ancha keng, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanadigan qanotlari yoyilganda 19-30 mm gacha etadi. Ular yorug‘lik tomonga yaxshi uchadilar. Endigina qo‘yilgan tuxumlari och yashil tusli bo‘lib, keyin esa asta - sekin qorayadi. Urg‘ochi zotlari tuxumlarini o‘simliklarning shohiga, bargiga yoki shona tugunchalariga bittadan yoki to‘p - to‘p qilib, nozik ipsimon asosga qo‘yadilar.
Hozirgi paytda oʻsimliklarni biologik himoya qilishda keng qoʻllanilaѐtgan entomofaglar orasida oltinkoʻz alohida oʻrinni egallaydi.
Oltinkoʻz hasharotidan samarali foydalanish uchun avvalo bu kushandaning biologik xususiyatlari va qoʻllash texnologiyasini chuqur bilish lozim. Oʻzbekiston sharoitida asosan oddiy oltinkoʻz (Chrysopa carnea) va yetti nuqtali oltinkoʻz (Chrysopa septempunctata Wegrn) koʻp qoʻllaniladi.
Oddiy oltinkoʻz toʻr qanotli, koʻzlari yaltiroq turuvchi oʻrtacha kattalikdagi yashil hasharot boʻlib tanasining uzunligi 20-25mm, qanotlarini ѐyganda 30-40mm ni tashkiletadi. Tuxumlari ovalsimon boʻlib qilsimon poyacha ustida boʻladi.
Lichinkasi uzunchoq boʻlib tanasini oʻrta qismi yoʻgʻon boshi va orqa tomoni ingichka boʻladi. Boshida oʻroqsimon baquvvat jagʻlari boʻladi. Oltinkoʻz lichinkalari kompodiysimon boʻladi. Lichinkani rangi och sariq tusda, keyinchalik sariq qoʻngʻir rangda baʼzan koʻkish qoʻngʻir tusga kiradi. Oltinkoʻz gʻumbagi yumaloq oq tusli pilla ichida boʻladi.
Oddiy oltinkoʻz tabiatda diapauzaga kirgan imago (otalangan va otalanmagan) holda daraxtlar ѐriqlarida, oʻsimlik qoldiqlari ostida binolarning ichida qishlaydi.
Erta bahorda sutkalik harorat 11-16ºS boʻlganda bu hasharotlar qishlash joylaridan chiqadi. Oddiy oltinkoʻzni qishlashdan chiqishi tahminan mart oyining 2-oʻn kunligiga toʻgʻri kelsa, ularning gʻoʻzaga tuxum qoʻyishi may oyining 2-3 oʻn kunliklariga toʻgʻri keladi, imagosi 35-45 kun yashab, shu davr ichida 250 dan 500 qadar tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 5-6 kun ichida lichinka chiqadi. Lichinkalar jagʻlarini oʻsimlik bitlari, oʻrgimchakkana, kichik ѐshdagi koʻsak qurtlari va ularning tuxumlariga sanchib ularning ichiga hazm suyuqligini yuboradilar soʻngra yarim hazm boʻlgan oziqani soʻradi. Bir kunda lichinka 7-30 ta, oʻz haѐti davomida 500-600 zararkunanda hasharot va kanalarni qirishi mumkin.
Gʻumbagidan 6-8 kunda imago chiqadi. Bir avlodini rivojlanishi 25-35 kun davom etadi. Oddiy oltinkoʻz yiliga 4-5 avlod berib rivojlanadi. Oltinkoʻz biolaboratoriyalarda koʻpaytirish yoʻli bilan qoʻllanil-moqda. Qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik usulda kurashda oltinkoʻzni toʻgʻri qoʻllash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mart oyining 1-2 oʻn kunliklarida 1 m² begona oʻtda 2 ta oʻsimlik biti kuzatilganda (1 ga yerda 20000ta boʻladi) oltinkoʻz 1:30 nisbatda qoʻyiladi. Gʻoʻza tripsiga qarshi bir dalada 20 ta namuna koʻrilib (3x20-60 ta oʻsimlik) zararkunanda kuzatilsa 1:1 nisbatda entomofag chiqariladi. Aprel oyining 2-3 oʻn kunligida gʻoʻza bitlari koʻrina boshlaydi. Shu davrda oltinkoʻz tuxumlari 1:1 nisbatda chiqariladi.
Oʻrgimchak kanaga qarshi oltinkoʻz ancha ertaroq may oyining boshlarida dastlabki oʻchoqlari koʻrinishidan boshlab chiqariladi. May oyining oxiridan boshlab oʻsimlik bitlariga qarshi oltinkoʻz 1:30 nisbatda chiqariladi.
Agar 10 m² maydonda 1-2 ta koʻsak qurti tuxumi ѐki kichik qurtlari kuzatilsa, entomofagni zararkunanda tuxumiga nisbatan 1:15 ѐki zararkunanda qurtiga nisbatan 1:1 nisbatda chiqariladi. Oltinkoʻz nam havoni yaxshi koʻradi. Shu sababli sugʻorilgan dalalar va ariq yoqalarida koʻp uchraydi.
Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyoda oltinko‘zning 24 turi aniqlangan. Jumladan O‘zbekistonda,
Chrysopa carnea Steph,
Ch. septempunktataW,
Ch. abbreviata Curt. ,
Ch. albolineata L,
Ch. vittata W. kabi turlari keng tarqalgan.
Oltinko‘z va uning lichinkalari o‘z o‘ljalarini yeyishga nixoyatda o‘ch bo‘lgan va joydan-joyga tez ko‘chib, epchil harakat qiladigan xo‘ra xashoratdir.
U xammaxo‘r bo‘lib bo‘g‘imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari va kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi.
Ushbu tadqiqotni universitet laboratoriyasida olib bordik. Guruhli usulda ko’paytish metodidan foydalandik. Oltinko’z qurtlarini guruhli usulda o’stirish uchun muayyan qoidalarga rioya etish talab qilindi. Ozuqani mo’l-ko’l qilib berish kerak. Laboratoriyadagi sharoit qurtlar uchun hamisha optimal bo’lishi lozim: harorat 20-27°, havo namligi 50-70%. Qurtlarni guruhlab parvarishlash kannibalizmdan to’liq holi qila olmaydi, shuning uchun ularni yarim litrli shisha bankaga 50 tadan oshirmay joylash shart. Har bir bankaga 100-200 tagacha hasharot joylashtirilsa, zichlik oshishi oqibatida qurt chiqishi 18-20% kamayadi. Oltinko’zlarni qurtlik davrida tarqatish ko’zda tutilganida uni guruhlab boqish yaxshi samara beradi.
Biolaboratoriya va biofabrikalarda oltinko’zni ommaviy tusda urchitish borasidagi muammolardan biri – qurtlarni ozuqa bilan ta’minlash masalasidir. Oltinko’zni boqish uchun mum kuyasi, hamda don kuyasi tuxumidan (sitotroga) foydalandik.
Shuningdek tadqiqotimizda oltinko’zni don kuyasida ko’paytirish usulidan ham foydalandik. Oddiy oltinko’zni bu usulda ko’paytirishda oltinko’z lichinkalari uchun ozuqa sifatida don kuyasining tuxumlaridan foydalaniladi. Buning uchun 3 litrli shisha balonlarga 100 grammdan olma qoqi va uning ustiga yangi qo’yilgan don kuyasi tuxumidan 1-2 gramm solinadi. So’ngra har bir shisha balonga oltinko’zning 3-4 kunlik tuxumlaridan 120 ta solinadi. Tuxumdan chiqqan oltinko’z lichinkalari don kuyasi tuxumlari bilan oziqlanadi. 3-4 kundan so’ng shisha balonlarga qo’shimcha 100 gramm olma qoqi va 1-2 gramm don kuyasi tuxumi solinadi. Oltinko’z lichinkalari shisha balon ichida g’umbakka aylanib, sharoitga qarab 16-20 kundan keyin etuk zotlari uchib chiqadi. Ulardan tuxum olish uchun 100 tadan alohida balonlarga solinib, oziqlantirib turiladi.
Oltinko’zni biolaboratoriyada ko’paytirishning yana bir samarali usuli Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, bu texnologiya bugungi kunda ko’pgina biolaboratoriyalarda qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |